2. Mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorining iqtisodiyotdagi o'rni, ahamiyati va unda davlatning roli
Hozirda mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori (MQBXB) va baholash faoliyati alohida nazariyasiga va yuqori darajada tartiblashtirilgan samarali infratuzilmaga va dinamik muhitga ega bo'lib, zamonaviy iqtisodiyot rivojini qiymatiy belgilaydigan murakkab tizim sifatida namoyon bo'lmoqda. Bu esa mulkdorlarning mulkiy huquqlari va munosabatlari hajmi va samarasini keskin o'sishiga olib keldi.
Umuman olganda, zamonaviy MQBXB yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o'z muhitiga ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo'luvchi murakkab tizim ekanligi bilan iqtisodiyot rivojida ahamiyatlidir. Chunki MQBXB baholagan qiymatisiz mulkning huquqiy va iqtisodiy fantomlarini boshqarish, mulkiy munosabatlarni samarali amalga oshirish va ishonchli biznes (jumladan, investitsion) qarorlar qabul qilish mumkin emas. Zero, hozirda MQBXB mulkdorlarning mulkiy huquqlari qiymatini belgilaydi va boshqarilishiga yordamlashadi, mulk bozori ob'yektiv narxlarini va mulkdorlar jamg’armalari real qiymatini shakllanishiga hizmat ko'rsatadi. Shuning uchun ham MQBXB mulk bozori (MB) bilan birgalikda (ular o'zaro ekvivalent va bog’langan bozorlar bo'lgani, mos ravishda, ular orasida 3.2.1-rasmda sxematik ko'rsatilganidek qiymatni narxga va, aksincha, narhni qiymatga transformatsiyalanishi printsipi amal qilishi, sababli) iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyati 5.3.1-rasmdagi tuzilmaviy-funktsional model yordamida makro-, mezo-, mikro- va nano pog’onalarda namoyon bo'ladi. Umuman aytganda, MB va MQBXB bir birining o'zaro bog’liqlikdagi faoliyatisiz ma'noga ega emas. Demak, bu bozorlar faqat birgalikda 5.3.1-rasmdagi model bo'yicha mulkiy huquqlar sub'yektlarining FHO bo'yicha mulkiy munosabatlari amalga oshirilishini ta'minlashi sababli, ular (ya'ni, “MB-MQBXB” juftligi) iqtisodiyotda markaziy o'ringa ega. Bunda real iqtisodiyotning “MB-MQBXB” juftligi bilan bog’liqlikdagi faoliyati davlat tomonidan regulyatsiya qilinadi.
Share with your friends: |