Baholash faoliyatining jahon va O'zbekiston tajribalarining tizimli tahlili asosida mulk qiymatini baholash tamoyillarini quyidagicha guruhlab tasniflash mumkin
Baholash faoliyatining jahon va O'zbekiston tajribalarining tizimli tahlili asosida mulk qiymatini baholash tamoyillarini quyidagicha guruhlab tasniflash mumkin: 1) bozor muhiti bilan bog’liq tamoyillar;
2) mulkdor va baholovchining mulk to‘g’risidagi adekvat tasavvuri bilan bog’liq tamoyillar;
3) mulkni ishlatish xarakteri bilan bog’liq tamoyillar;
4) mulk qiymatlari va narxlarining shakllanishi bozori va uni (ya'ni MQNBni) milliy real iqtisodiyot (MRI) bilan regulyativ bog’liqligi hamda qiymat va narxning ekvivalentligi, o'zaro transformatsiyalanishi bilan bog’liq tamoyil.
Bozor muhiti bilan bog’liq tamoyillar Talab va taklif tamoyili. Mulkning bozor qiymati fundamental omillar ta'siri bilan bir qatorda bozorda talab va taklifning o'zaro ta'sirini, sotuvchi va haridorlar raqobati harakteri va ularning bir-biriga zid keluvchi manfaatlari va psihologiyasi hisobga olingan holda baholanadi. Ushbu qiymat miqdori odatda bozorga boshlang’ich (start) narx sifatida taklif etilishi, lekin bu narx bozor kon'yunkturasiga (talab va taklifga) qarab o'zgarishi mumkin.
Raqobat tamoyili.Bozor omillari undagi jarayonlarga regulyativ ta'sir ko'rsatish xossasiga ega. Masalan, bozordagi talab foydani hosil qiladi, o'z navbatida foyda esa raqobatni keltirib chiqaradi. O'ta yuqori foyda olish imkoni yoki monopollashtirish jarayoni raqobat mexanizmi buzilishiga olib keladi va bozorni kuchini susaytirib qiymatning adolatligi darajasini va narxning ob'ektivligini yo‘qotadi.
Tobelik (tashqi ta'sir) tamoyili. Mulk obyektining qiymati unga ta'sir etuvchi tashqi va ichki omillarga bog’liq.
O'zgarish tamoyili. Mulkning bozor qiymati va narxi vaqt birligi davomida o'zgarib boradi va ular miqdori yoki bahosi konkret sana va vaqtga belgilanadi. Bunda mulk va unga nisbatan tashqi sharoitlar ham har doim o'zgarib boradi.
Mos kelish tamoyili.Mulkning adolatli (maksimal) qiymati qachonki mulkning o'zi va uning ishlatilishi xarakteri bozorning iste'mol talablariga, undan kutilayotgan hodisa va nafga mos kelganda shakllanadi.