Baholash ishi va investitsiyalar


Mulkdor va baholovchining mulk to‘g’risidagi adekvat tasavvuri bilan bog’liq tamoyillar



Download 1.76 Mb.
Page56/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
Mulkdor va baholovchining mulk to‘g’risidagi adekvat tasavvuri bilan bog’liq tamoyillar
Naflilik (foydalilik) tamoyili. Mulk qiymatini baholashda foydalilik (naflik) mezoni muhim ahamiyatga ega bo'lib, bunda umumiy maqsad bo'lib baholanayotgan mulkning yaroqligi yoki foydaliligi darajasini aniqlash va miqdoriy ifodalashga xizmat qiladi.
Foydalilikni baholashda mulk obyektining ishlatilishi natijalariga kompleks ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillarni tizimli hisobga olish zarur.
Almashtirish tamoyili. Oddiy haridor mulk obyektiga, agarda balandroq risklar, qandaydir noqulayliklar va vaqt o'tishi bilan salbiy omillar yuzaga kelmasa, uni boshqa unga foydali ko'rsatkichlari bo'yicha o‘xshash ob'ekt bilan almashtirish mumkin bo'lsa, ortiqcha pul haqi to'lamaydi.
Daromad keltirishni hisobga oluvchi tamoyil. Daromad keltiruvchi mulk qiymati kelajakda mulkka egalik qilishdan olish mumkin bo'lgan joriy daromadlar qiymati summasi bilan belgilanadi.
Mulkni ishlatish xarakteri bilan bog’liq tamoyillar
Mulkni eng yahshi va eng samarali ishlatish tamoyili. Mulkni eng yahshi va eng samarali ishlatish deganda mulkni mavjud qonunlarga zid bo'lmagan holda fizik va moliyaviy jihatdan maksimal ehtimolda ishlatish va bunda ushbu mulkni ishlatishdan keladigan pul oqimlari asosida baholash uning qiymati eng yuqori miqdorini berishi tushuniladi.
Mulkni eng yahshi va eng samarali ishlatish tushunchasi baholash faoliyatida asosiylardan bo'lib, u mulk bozor qiymatini baholashning ajralmas qismi hisoblanadi.
Xissa qo'shish tamoyili. Mulk obyektiga har qanday qo'shimcha va yahshilanish elementlarini kiritish o'zini oqlaydi, qachonki buning natijasida vujudga kelgan qo'shimcha qiymat miqdori bunday elementlarni sotib olish va amalga oshirishga ketadigan sarf-harajatlar miqdoridan ortiq bo'lgan taqdirda.
Balanslashtirilganlik tamoyili. Agarda mulk ob'ekti ikki va undan ortiq tarkibiy elementlardan iborat bo'lsa, bu elementlar o'zaro funktsional bog’liqlikda va o'zaro kelishtirilgan bo'lishi zarur.

Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page