Ortib boruvchi va pasayuvchi qaytim tamoyili. Kapital qo'yilmalarni oshirib borish proportsional ravishda mulkdan foydalanishdan qaytimini ma'lum chegaragacha o'sishiga olib keladi. Bu chegaradan keyingi o'sish kapital qo'yilmalar ortishidan past bo'ladi.
Ortiqcha mahsuldorlik tamoyili. Mulkka qilingan investitsiyalar ushbu investitsiyalar bilan bog’liq sarf-harajatlarni qoplashdan tashqari daromad keltirishi lozim.
Mulk elementlarini va ularga bo'lgan huquqlarni ajratish (mulkiy huquqlarni taqsimlash) tamoyili.Mulkiy huquqlarni shunday modifikatsiyalashtirish (qo'shish, ajratish) zarurki, buning natijasida mulk ob'ektining umumiy qiymati maksimal bo'lishi kerak.
Mulk qiymatlari va narxlarining shakllanishi bozori va uni (ya'ni MQNBni) milliy real iqtisodiyot (MRI) bilan regulyativ bog’liqligi hamda qiymat va narxning ekvivalentligi, o'zaro transformatsiyalanishi bilan bog’liq tamoyil Yuqoridagi barcha tamoyillar kontekstida quyidagi tamoyillar ham ahamiyatli: Baholash maqsadli vazifa hisoblanadi va qo'yilgan aniq maqsad talablariga bog’liq bo'ladi.
Hisoblash yo'li bilan aniqlangan mulk obyekti qiymatining baholash sanasi haqqoniy bo'ladi, chunki ushbu qiymat mulk bozori kon'yunkturasi, undan foydalanish ko'lami, ma'naviy eskirishi va shunga o‘xshashlarga bog’liq holda o'zgarib turishi mumkin.
Baholanayotgan mulk obyekti baholanishining boshlanishigacha va kutilayotgan foyda tahmin qilinguniga qadar mulk obyekti turi identifikatsiyalangan bo'lishi kerak.
Quyidagilar mulk obyekti qiymatini baholashning tayanch mezoni hisoblanadi: turmush davri, sotuv hajmi, baholanayotgan mulk obyektidan foydalangan holda mahsulotni ishlab chiqishga va realizatsiya qilishga ketgan harajat, pul oqimi, balans va sof foyda oqimlari, korxonaning baholanayotgan ob'ektdan foydalanish jarayonida olingan yoki olinishi mo'ljallanayotgan boshqa moliyaviy ko'rsatkichlari. Mulk obyekti qiymati kelajakda baholanayotgan mulkdan foydalangan holda ishlab chiqilgan mahsulotni sotishdan olinadigan daromadning (foydaning) qismi sifatida hisob-kitob qilinishi kerak;
Qiymatning narx emasligini, ularning ekvivalentligini, o'zaro davriy transformatsiyalanishi va transferlanishini hisobga olish lozim.
O'zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g’risida”gi Qonunning 11-“Baholashni o'tkazishning majburiyligi” - moddasida belgilanishicha, “Baholashni o'tkazish davlatga to'la yoki qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan takdirda, shu jumladan:
baholash obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, hususiylashtirnsh, ishonchli boshqaruvga toshiirish yoki ijaraga berish maksadida ularning qiymati aniqlanayotganda;
baholash ob'ektlaridan garov narsasi sifatida foydalanilayotganda;
baholash obyektlari sotilayotganda yoki o’zga shaxsga boshqacha tarzda o’tkazilayotganda;