Baholash ishi va investitsiyalar



Download 1.76 Mb.
Page65/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
funksional tamoyil - u mehnat taqsimoti jarayonini namoyon qiladi, ya'ni ixtisoslashganlik darajasi tashkilotning o'sishi bilan rivojlanadi (9.2.-rasm). Bunda tashkilot o‘xshash faoliyat turlarini yagona bo'linmaga (ixtisoslashgan brigada, korhona (seh) maydoni va h.k.) birlashtirishga harakat qiladi, ya'ni tashkilotning gorizontal o'sishi kuzatiladi;





Skalyar (chiziqli) tamoyil tashkilotning vertikal aloqalar bo'ylab o'sishi bilan bog’liq. Bunda ikkita asosiy jihat ajratib ko'rsatiladi - yagona rahbar tamoyili, unda bo'ysunuvchi faqatgina bitta rahbarga bo'ysunadi va qat'iy ierarhiya (9.3.-rasm) tamoyili, unga muvofiq ierarhiyada uzilishlar va kesishuvlar hush kurilmaydi;

boshqarish me'yori tamoyili bitta rahbar qo'l ostidagi ishchilar optimal sonini belgilaydi. Odatda, ko'p bosqichli strukturada (turi - matritsali) bitta rahbarga 4-6 ta ishchi to‘g’ri keladi, bu esa boshqarilishning past me'yori va yuqori ierarhik zinapoyani (9.5-rasm), hamda bitta rahbar qo'l ostidaga boshqaruvning yassi tuzilmasida - ko'proq ishchilar bo'lishini keltirib chiqaradi.

Matritsali tuzilmani boshqaruv amaliyotidan ko'ra ko'proq boshqaruv nazariyasiga tegishli deyish mumkin, chunki uni amaliyotga tadbiq qilish juda qiyin.
Matritsali tuzilmada ishchi bitta emas, balki bir nechta tashkilotning turli hil loyiha yoki faoliyat turlarini nazorat qiluvchi rahbarlarga bo'ysunadi.


2. Boshqarishning neoklassik nazariyasi
Boshqarishning ushbu modelning maqsadi ishchilarning o'z faoliyatlariga qiziqishlarini oshirish evaziga mehnat unumdorligini o'sishini ta'minlashdir. Yaponiyada bu “1-tamoyil” bo'lib, unda:

  • ishchilar uchun etika qoidalarining birligi;

  • to'liq bandlik siyosati (umrbod ishga olish);

  • ishning xilma-xilligini oshirish;

  • shaxsiy rag’batlantirish;

  • noixtisoslashgan kareraning rivojlanishi;

  • qaror qabul qilishda shaxsiy (konsensus asosida) ishtirok;

  • aniq (raqam ko'rsatkichlariga asoslangan) nazorat o'rniga noaniq (qadriyatlar tizimining o'rnatilishi) nazorat o'rnatilishi;

  • madaniyatning rivojlanishi;

  • ishchilarni baholashga holistik yondashuv.

Neoklassik maktab ilmiy boshqaruv haqidagi klassik tushunchalarni takomillashtirdi, ishlab chiqarishni tashkillashtirishni va boshqaruvning iqtisodiy usullarini o'zaro bog’ladi, istalgan masalani yechish jarayonini beshta bosqichga bo'ldi: masalani belgilash > tizimning matematik modelini ishlab chiqish > modelni qo'llagan holda masalani yechish > modelda yechimni aprobatsiyalash > topilgan yechimni amalga oshirish.

Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page