Baholash ishi va investitsiyalar



Download 1.76 Mb.
Page46/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
8.2-rasm. Muvozanat modeli

Modelda taklifning egri chizig’ii taklif etilayotgan baрolash чizmati hajmi (miqdori) va uning narxi orasidagi nisbatni ko'rsatadi. Taklif egri chizig’i yuqoriga qarab yo'nalgan, chunki Pa qanchalik yuqori bo'lsa, baholash xizmatlari shunchalik ko'proq ko'rsatiladi.


Grafikda har ikkala chiziqning kesishuv nuqtasi MQBXBdagi narxning muvozanat holatni (oniy vaqtda) ko'rsatadi, ya'ni taklif qilingan baholash xizmatlari talabga mos keladi. Unda bir ekzogen parametrning o'zgarishi boshqa ikki endogen parametrga ta'sirini ko'rsatadi. Masalan, baholash xizmatining sifati va Mning oshishi baholash xizmatiga bo'lgan talabni ortishiga olib keladi.
Shunga o'xshash, baholash xizmatining narxini ko'tarilishi uning taklifini pasaytiradi. Bunda baholash xizmati narxining muvozanat nuqtasi (miqdori) ko'tariladi, xizmat sonining muvozanat miqdori esa kamayadi. Shunday qilib, model yordamida MQBXBga M yoki baholash xizmati narxining o'zgarishi qanday ta'sir ko'rsatishini tahlil qilish mumkin.
Aytish joizki, keltirilgan model shartlidir, faqat MQBXBning umumiy jihatlarini hisobga oladi.
Boshqarish nazariyasiga asosan V i A nisbatini MQBXBning o'tkazish funktsiyasi sifatida ifodalash mumkin, ya'ni:
W(Qd, Qs ) = B/A (4)
Ushbu ifoda MQBXB potenciali quvvatini ham ko'rsatishi mumkin. Masalan, W(Qd, Qs)ning kamayishi MQBXBning sifat darajasini pastligidan dalolat beradi. Agar W(Qd, Qs ) va A o'zgaruvchilarning qiymatlari ma'lum bo'lsa, B o'zgaruvchini MQBXBning iqtisodiy modeli bo'yicha natijaviy funktsiya deb qabul qilish mumkin. Bu funktsiya MQBXBning iqtisodiyotdagi rolini, baholash xizmatlarini raqobat va kon'yunktura (talab va taklif) ta'siri asosida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonlarini regulyatori sifatida ham ifodalaydi.
Ma'lumki, barcha mamlakatlarda MQBXBdagi barqarorlik, xavfsizlik va raqobatbordoshlilikni ta'minlash hamda talab va taklifning ob'yektiv hajmlari va narxlariga erishish muhim masala hisoblanadi. Ushbu masalaning ahamiyatini anglash uchun 5.1.3-rasmda ko'rsatilgan modeldan foydalanish mumkin.
Umuman olganda, jahonda nechta mamlakat bo'lsa, o'shancha miqdorda MQBXB modellari mavjud. MQBXB modellarining bunchalik ko'pligi asosan ta'sir etuvchi omillarga bog’liq ravishda mamlakatlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish modellaridan, xalqning mentalitetidan va h.k. kelib chiqadi.
Vaholanki, barcha turdagi MQBXB modellari 6.1.1-rasmdagi sxema shaklida mujassamlashgan. MQBXBga omillar ta'siri 2.4-ma'ruzada keltirilgandek bo'ladi.
MQBXB axborot ta'minoti va transparentligi masalalari mulk bozorinikiga o'xshash bo'ladi.
MQBXB asosiy ko'rsatkich(indikator)lari uning va mulk turlari bo'yicha mazmunan farqlanadi, ammo shaklan o'xshash bo'ladi. Masalan, ko'chmas mulklar qiymatini baholash xizmatlari bozorida ko'rsatilgan hizmatlar hajmi, ko'char mulklar qiymatini baholash hizmatlari bozorida ko'rsatilgan hizmatlar hajmi, biznes qiymatini baholash hizmatlari bozorida ko'rsatilgan hizmatlar hajmi, baholovchi tashkilotlar soni, baholash tashkilotlari ko'rsatgan hizmatlari (licenziyalari doirasida) hajmi, baholovchi tashkilotlar reytingi, mulklar qiymatini baholash hizmatlari bozorida ko'rsatilgan hizmatlar umumiy hajmini YAIMga nisbati (%) va h.k., hamda mulklar qiymatini baholash xizmatlari bozorining qiymatiy kapitalizatsiyalashuvi darajasi (YAIMga nisbatan, %). Ushbu ko'rsatkich(indikator)lar mulk turlari, davrlar va hududlar kesimida bo'lishi mumkin, ularni baholashda, tahlil qilish va prognozlashtirishda 6-mavzuda keltirilgan turli indikatorlardan, yondashuv va usullardan foydalanish mumkin.



Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page