Haridorga qo’yiladigan asosiy talablar:
1. Harid uchun yetarli daromadga ega bo’lish;
2. Bozorda halollik;
3. Transparentlilik;
4. Ishonchlilik;
5. Faollilik.
Bozorning malakaviy (professional) institutlari
Bozorning malakaviy institutlari
banklar,
birjalar,
sug’urta tashkilotlari,
investitsiya institutlari,
rieltorlar,
savdoni tashkillashtiruvchilar
va boshqalar kiradi.
5. Mulk bozori va real iqtisodiyotning regulyativ bog’liqlikdagi faoliyatini ifodalovchi tuzilmaviy model
Ushbu modelda (5.5.1-rasm): TO - MRI va MBga bir vaqtda ta'sir ko'rsatuvchi tashqi omillar; QCHK - MB indikatorlari bo'yicha chiqish ko'rsatkichlari; NCHK - real iqtisodiyot sektorlari indikatorlari bo'yicha chiqish ko'rsatkichlari; QFO va NFO - makroregulyator (M) tomonidan ishlab chiqiladigan hamda mos ravishda MB va MRI funktsiyasiga ta'sir etadigan ichki omillar; QSO va NSO - makroregulyator (M) tomonidan ishlab chiqiladigan hamda mos ravishda MB va MRI tuzilmalariga ta'sir etadigan ichki omillar. Bunda M, TOni hisobga olgan holda, QCHK va NCHK asosida ichki omillar (QFO, NFO, QSO, NSO) ishlab chiqishdan iborat bo'lgan makro darajada regulyativ muvozanatlaydigan mexanizm funktsiyasini bajaradi. Bu omillarning barchasi o'zaro sabab-oqibatlilik aloqasida bo'ladi.
7.1-rasm. Milliy real iqtisodiyot (MRI) va MBni umumiy makroregulyator (M) orqali o'zaro bog’liqlikda faoliyat ko'rsatishining tuzilmaviy modeli
Umuman MB undagi narxlar yordamida mulkni tovar sifatidagi bozor muomalasini amalga oshirish funktsiyasini (talab va taklif funktsiyasini) bajaradi. MRI mulkni tovar sifatida ishlab chiqarish va tarkroran ishlab chiqarish jarayonlaridagi muomalasini amalga oshirish funktsiyasini bajaradi. Makroregulyator (M) esa umumiy regulyativ muvozanatlashtirish funktsiyasini bajaradi.
Mohiyatiga ko'ra 7.1-rasmda aks ettirilgan model regulyatsiyali o'z-o'zidan rivojlanuvchan murakkab dinamik tizim hisoblanib, unda MB eng ideal holatda MRI bilan ekvivalent bo'ladi, demak, MRI holatini va u orqali mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy hayotda ro'y berayotgan barcha voqea-hodisalarni ekvivalent ravishda (“barometr” sifatida) aks ettiradi. Fikrimizcha, faqat shundagina MB va MRIdagi jarayonlarning o'zaro uyg’unligi, muvofiqligi va barqarorligini, mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori va mulkdorlarni hisobga olgan holda, makroregulyativ ta'minlash mumkin. Mos ravishda, MB va MRI davlatning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy siyosati doirasida o'zaro uzviy bog’liqlikda qaralishi zarur.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, milliy MRI va MB ekvivalentliligi ta'minlanishi mumkinligi to'g’risida xulosa chiqarish mumkin. Bunda modelning (5.5.1-rasm) ikkita tarkibiy qismi MRI va MB ekvivalent va tartibga soladigan tuzilmalar hisoblanadi. Bu tuzilmalarning ekvivalentligi M yordamida ta'minlanadi.
Ta'kidlash zarurki, mavjud matematik isbot, 5.5.1-rasmdagi umumiy regulyator (M) orqali o'zaro bog’liq bo'lgan har ikkala tizim (ya'ni MB va MRI) ekvivalentligini isbotlaydi. Demak, MB va MRIni “o'hshash-analoglar (ya'ni ekvivalentlar)” sifatida qabul qilish mumkin. Bunday fikrga asoslanib, mulk ko'rsatkichlari, xususiyatlari va MBda ro'y beradigan jarayonlarga xos bo'lgan qonuniyatlarni, shuningdek, MB uchun xos bo'lgan hodisalarning rivojlanishini shakllantiradigan omillarni modellashtirish va bashorat qilish, MBning o'z funktsiyalarini bajarishi va MRIdagi rolini tahlil qilish mumkin.
Bunda ta'kidlash joizki, mamlakatlar MBlarini tartibga solish aynan 5.5.1-rasmdagi model nuqtai nazardan tashkil etilishi lozim bo'lib, bu ko'p jihatdan uning shakllanishida MBni makrotartibga solishning davlat-jamiyat shakli muhim rol o'ynaydigan MB xarakteriga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Share with your friends: |