Idndekslar tarkibi va ular haqida ma’lumot. Ushbu mavzuda biz xalqaro mulkka egalik qilish huquqi indekslari orqali uchta asosiy komponent va o’nta o’zgaruvchi haqida ma’lumotga ega bo’lib olamiz. Hamda ushbu mavzuda 2010-yilda davlatlarning xalqaro mulkka egalik qilish huquqi indekslarini va bu metodologiyaga sharxlarni o’z ichiga oladi.
Nihoyat, ushbu mavzuda izlanishlarning ba’zi bir kamchiliklari va kelajakdagi moljallar ko’rib chiqiladi.
Konsepsiya.Har qanday indeksning maqsadi bir mamlakat yoki yoki boshqa bir yuridik shaxslarning rivojlanish darajasinihisoblashdan iborat. IPRI(International Property Rights Index) indeksi mulkka egalik qilish huquqining rivojlanish darajasini hisoblaydi.Izlanishlarning maqsadi uchun zarur mulkka egalik qilish konseptsiyalarini ishlab chiqishda mualliflar mulkka egalik qilish to’g’risidagi bir qancha adabiyotlarni ko’rib chiqishgan.
Qo’shimcha ravishda, mualliflarekspertlar va amaliyitchilarning mulkka egalik qilish huquqi to’g’risidagi takliflarini o’rganganlar.
Quyidagilar IPRI ning asosiy komponentlari hisoblanadi:
1. Qonuniy va siyosiy muhit
2. Moddiy mulkka egalik qilish huquqi
3. Intellektual mulkka egalik qilish huquqi
Bu indeks qonuniy va siyosiy muhitning bir qancha o’lchovlarini o’z chiga oladi. Boshqa ikkita komponentlar moddiy va intellektual mulkka egalik qilish huquqlari iqtisodiy rivojlanishga turtki bo’luvchi mulkka egalik qilishning ikki ko’rinishi sifatida aks etadi.
O’zgaruvchilar.2011 yildagi xalqaro mulkka egalik qilish huquqi indeksi(IPRI) asosiy uchta komponentga bo’linuvchi o’nta o’zgaruvchini o’z ichiga oladi. Bular: Qonuniy va siyosiy muhit (LP), Moddiy mulkka egalik qilish huquqi (PPR) va Intellektual mulkka egalik qilish huquqi (IPR).
Mualliflar tomonidan ko’p miqdordagi mulkka egalik qilish huquqlari o’zgaruvchilarga bog’liq deb hisobga olinsa ham, yakunda IPRI mulkka egalik qilish huquqi himoyasi va uning mustahkamligiga to’g’ridan to’g’ri bog’liq bo’lgan asosiy faktorlarga e’tibor qaratadi.
Yakuniy darajalarni belgilash boshqa faktorlarni hisobga olgan holda hisoblangan muqobil darajani belgilashga juda o’xshash.
IPRI hisoblash har bir mamlakat uchun 11 ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
IPRI ning strukturasi:
1. Qonuniy va siyosiy muhit(LP)
• Sud mustaqilligi
• Qonun qoidalari
• Siyosiy barqarorlik
• Korrupsiya nazorati
2. Moddiy mulkka egalik qilish huquqi (PPR)
• Moddiy mulkka egalik qilish huquqining himoyasi
• Mulkning ro’yxatga olinishi
• Qarzlardan foydalanish imkoniyati
3. Intellektual mulkka egalik qilish huquqi (IPR)
• Intellektual mulkka egalik qilish huquqining himoyasi
• Patent himoyasi
•Mualliflik huquqini buzish
Qonuniy va siyosiy muhit(LP)
Xatto har taraflama o’ylangan mukammal mulkka egalik qilish huquqi ham qat’iy qonun qoidalar va mustaqil sud faoliyati ko’rsatilmasa rivojlana olmaydi.
Shuningdek, siyosiy barqarorlik va korrupsiyaning kamligi ham mulkka egalik qilish huquqining kuchli darajada o’rnatilishuga turtki bo’ladi. Shu sababli bu sub-komponentlar o’rnatilgan.
Qonuniy va siyosiy muhit komponenti
Sud erkinligi.Bu o’zgaruvchi sudning siyosiy va iqtisodiy guruhlar ta’siridan qay darajada erkinligini ifodalaydi.
Sudning erkinligi esa bu xususiy mulkni himoyalashda markaziy rolni o’ynaydi.1