Baholash ishi va investitsiyalar


Mulk qimmati, qiymati va narxini baholash bilan bog’liq nazariy konsepsiyalar va yondashuvlar



Download 1.76 Mb.
Page20/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
3. Mulk qimmati, qiymati va narxini baholash bilan bog’liq nazariy konsepsiyalar va yondashuvlar

Mulkning qiymati, narxi va qimmati (qimmatliligi) kategroiyalari mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan mavjud tadqiqotlar ushbu kategoriyalarni baholash bilan bog’liq nazariy kontseptsiyalar va yondashuvlarni o'rganish va tizimlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Zero, iqtisodiyot ilm-fanida ushbu kategoriyalar bilan bog’liq uzoq asrlar davomida jamlangan nazariy g’oya va qarashlarni, ularni baholash va boshqarish kontseptsiya va yondashuvlarini baholovchi va rieltorlar tomonidan bilish, ularning amaliy faoliyati metodologiyasi va sifatini oshiradi, undagi qabul qilinadigan qarorlarning ilmiy asoslanishi va ishonchligini ta'minlaydi.


Falsafiy hamda 1-ma'ruza va 3-ma'ruzalar materiallaridan kelib chiqib, qimmat to'g’risida quyidagi fikr muhim: “Asrlar davomida qimmat nazariyasi ma'lum darajada umumlashgan, lekin differentsiatsiyalashmagan, bilimlar doirasida rivojlangan bo'lib, ular to'g’risidagi boshlang’ich iqtisodiy doktrinalarning mualliflari ruhoniy-teologlar, huquqshunos va moralistlar hisoblanadi. Bu mualliflar tovar narxlarining empirik ravishda kuzatilmaydigan mazmunini, birlamchi asosini topishga intilishgan. Bu asos ular tomonidan buyumlarning adolatli narhi (justum pretium), ichki (intrinsic) yoki tabiiy (naturale) qimmati deb nomlangan. Ushbu intilishlar negizida qimmat substantsiyasi sifatida “tovarda moddiylashgan” mehnat to'g’risidagi gipotezasi yotadi.”. Ushbu fikrda iqtisodiyot ilm-fanining ikkita fundamental masalasi mujassamlashgan:
- iqtisodiy substantsiya va iqtisodiy qimmat yoki qiymat hamda “ishlab chiqarish vositalarida” “mehnat uchun ijtimoiy zarur xarajatlarni moddiylashtirish” to'g’risdagi fikrlar;
- bunday xarajatlarni “mehnat mahsuliga” (K.Marks bo'yicha qiymatga tenglashtirilgan “substantsiya” ko'rinishida bo'lgan) o'tkazish fikri.
Bu fikrlarning barchasi va ularning hosilasi bo'lmish formulalar (masalan, “ishlab chiqarish narxi o'zida nafaqat istemol qilingan, balki qo'llanilgan kapitalni ifodalaydi” va h.k.) hozirgacha xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyasi tizimlarida yashamoqda. Zero, hanuzgacha birlamchi manbalar bo'yicha ba'zi terminologik noaniqliklar mavjud.
Qimmat nazariyasi (aksiologiya) - qimmatliklar tabiati haqidagi, ularning reallikdagi o'rni, qimmatliklar olami (dunyosi) tuzilmasi, ya'ni turli qimmatliklarning o'zaro, ijtimoiy va madaniy omillar bilan, shahs tuzilmasi bilan bog’liqligi to'g’risidagi falsafiy ta'limot.
Bu nazariya, avvalambor, ijtimoiy falsafaning predmetidir (nazariy va amaliy iqtisodiyotning emas). Zero, amaliy iqtisodiy faoliyat, jumladan, baholash va rieltorlik faoliyatlari ham, to'liqligicha ijtimoiy hayotni tartibga soluvchi qimmat kategoriyasining yo'nalishlari va qoidalari tizimiga tortilgan (singdirilgan).
Qimmat falsafaviy va sotsiologik adabiyotlarda keng qo'llaniladigan termin bo'lib, uning vositasida real fenomenlarining mazmunan insoniylik va sotsium ila ahamiyatliligiga qaratiladi.
Qimmat atrof dunyo obyektining munosabatlar subyektiga (insonga, uning guruhiga, umuman jamiyatga) ijobiy yoki salbiy ahamiyatli ekanini ifodalaydi. Bunda qimmat bu obyektning xossalari bilan emas, balki ularni inson faoliyati sohasiga, insonning talab va manfaatlari tizimiga, ijtimoiy muosabatlarga jalb qilinganligi bilan belgilanadi. Bunday ahamiyatlilikni baholashning usul va mezonlari o'z ifodasini ma'naviy va printsiplar va me'yorlarda, qoidalarda, ideallar va maqsadlarda topadi. qimmatlilik munosabatlari obyektlari quyidagilar bilan baholanadi: yahshilik yoki yomonlik, haqiqat yoki yolg’on, ruhsat etilgan yoki ma'n etilgan, adolatli yoki adolatsiz kabi va shularga o'xshash boshqa fikrlar.
Karl Popper qimmat tushunchasiga quyidagicha ijtimoiy metodologik mazmun bergan: har qanday mashtabdagi ijtimoiy tizim barcha tomonidan qabul qilingan qandaydir “umumiy qimmatliklarning” mavjudligini nazarda tutadi.
Iqtisodiyot nazariyasida qimmat tushunchasi tarixan foydalilik tekisligiga o'tkazilgan bo'lib, unda “talab” iste'molchi tarafidan (uning nuqtai nazaridan) qaraladi, “taklif” esa ishlab chiqaruvchi tomonidan qaraladi. Shu munosabat bilan, hamda yuqorida (1-mavzu va 3.1-ma'ruzadagi) aytilganlar asosida, ta'kidlash mumkinki, xo'jalik faoliyatga nisbatan qo'llanilgan qimmatlilikning me'yoriy o'lchashlar (aksiometriya) metodologiyasi vaqt birligi ichida o'zgaruvchan qoidalar tizimidan iborat. Har qanday qimmatlilikni (jumladan, pulda ifodalangan va bozor tomonidan qabul qilingan qiymat, narx) ijtimoiy (jumladan, halqaro) munosabatlar mahsuli deb tan olish - bu baholash va rieltorlik faoliyatlarining asosli ekanligini yoqlovchi yagona postulatdir. Hozirda aynan shu postulatga mulk qiymatini baholash va narxini shakllantirishning amaliy metodologiyasi asoslanadi. Zero, baholovchilar nuqtai nazaridan xo'jalik faoliyatining konkret fakti bo'lib qiymat emas, narx va xarajatlar qaraladi. Bunda “baholash” tushunchasi buxgalterlik hisobi moddalari (schetlari) bo'yicha xarajatni o'lchashni emas, balki “qiymat yoki qimmatlilikni o'lchash” mazmunini anglatadi.
Narxning qanchalik obyektivligi, qiymatning qanchalik realligi va adolatliligi hamda ularning qanchalik o'zaro bog’liqligi darajasi tegishli usul va mezonlar (kriteriylar) asosida baholanadi.
Mulk qiymatini baholash uchun belgilovchi mezon bo'lib uning foydaliligi hisoblanadi. Bunda foydalilik texnik, yuridik, funksional, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, informatsion, ekologik omillar nuqtai nazaridan baholanadi.
Hozirda qiymat va narxning mazmunini ochib beruvchi quyidagi nazariy yondashuvlar mavjud:
- mumtoz (klassik) yondashuvga (A.Smit, D.Rikardo) asosan qiymat va narx - tovarning (unga bo'lgan huquqlarning) pulda ifodalangan bahosi;
- neoklassik yondashuvga asosan qiymat va narx - tovarning foydaliligini baholovchi vosita;
- zamonaviy neoklassik yondashuvga asosan (A.Marshall) narx - ishlab chiqarish xarajatlarining pulda ifodalangan chegaraviy foydaliligi hamda talab va taklif nisbati;
- zamonaviy mulk to'g’risidagi multifanga asosan qiymatni baholash nazariyasiga ko'ra, qiymat narx emas, ularning bahosi esa ular to'g’risidagi sifatiy va miqdoriy xulosa. Chunki qiymat ekspertlar bahosi, narx bozor kon'yunkturasining natijaviy bahosi. Zero qiymat va narx o'zaro transformatsiyalanish xususiyatiga ega bo'lib, ular ideal holda teng bo'lishi mumkin. Odatda bu hol kamdan-kam uchraydi, uchrasa ham, ular muvozanati omillarning o'zgaruvchan ta'sirida tezda buziladi.

Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page