Baholash ishi va investitsiyalar



Download 1.76 Mb.
Page16/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
 - predmetni saqlab qolishning jami ehtimoli (predmetning butun hayot davrining qancha foizini egalik qiluvchi o‘zida saqlab qolishni ko‘rsatadi);
 - predmetning qiymati;
 - o‘zga potensial egalik qiluvchilardan himoya qilish xarajati;
 - predmetni qo‘lga kiritish xarajatlari.
Mulkning xizmat funksiyasi shuningdek, egalikning barcha davrlaridagi xarajat yig‘indisidan ortadigan istalgan berilgan davrdagi olinadigan umumiy foyda ko‘rinishida keladi. Bu fikr quyidagicha ifodalanadi:

 va 


Bu yerda: mulkdorning istalgan davrdagi oladigan xizmat foydasini ko‘rsatadi, va butun davr mobaynidagi olinadigan jami xizmat foydasini ko‘rsatadi. Shuning uchun,  yuqoridagi ga ekvivalent hisoblanadi. Shunga o‘xshash holda,  istalgan davrda narsani saqlab qolish ehtimoli;  istalgan davrda narsani ishlatish qiymati;  o‘sha davr mobaynida narsani himoya qilishga ketadigan xarajatlar; va o‘sha davrda narsani qo‘lga kiritish xarajatlarini ko‘rsatadi.


Shu narsa aniqki, saqlab qolish ehtimoli va foydalanish qiymati mulkdorning foydasi bilan o‘zaro ijobiy bog‘liq o‘zgaruvchilar bo‘lsa, qo‘lga kiritish va himoya qilish xarajatlari mulkdorning foydasi bilan o‘zaro salbiy bog‘liq. Shuning uchun qonun hujjatlarini ishlab chiquvchilarga beriladigan birinchi savol bu, chiqarilayotgan mulkiy qonunlar qanday qilib va qay darajada ushbu o‘zgaruvchilarga ta’sir qiladi. Bu model avvlambor qonun chiqaruvchilarning mulkiy qonunchilik rejimini tashkillashtirishda faqatgina bitta tanlovga egaligini tahmin qiladi. Tegishli ravishda, ular ikkilamchi tanlov, ya’ni mulkiy qonunchilik rejimi bo‘lishiga yoki mulkiy qonunchilik rejimi bo‘lmasligi bilan yuzma yuz kelishadi. Keyinchalik, biz mulkiy qonunchilikning ideal tarkibi muammolarini murakkabroq tahlil qilamiz.
Asosiy mulk tizimi uchta bosh tashkiliy qismlardan iborat deb faraz qilamiz. Birinchidan, u muayyan qonuniy maqomni yaratadi. Bu qonuniy maqom shundan dalolat beradiki, aktiv bu qandaydir bir narsa, misol uchun mulkdorga “tegishli”. Ikkinchidan, qonunchilik tizimi ushbu maqom ma’nosini aniqlab beradi. Ya’ni, qachonki narsa mulkdorga tegishli bo‘lsa, mulkdor berilgan huquqlar, hokimiyat va imtiyozlar guruhidan bahramand bo‘ladi. Uchinchidan, qonunchilik tizimi mulkiy qoidabuzarliklarga nisbatan muayyan amaliy oqibatlarini biriktiradi. Masalan, qonunchilik tizimi qonunbuzuvchilarga nisbatan jazolarni tayinlashi mumkin. Barcha qonunbuzarliklar aniqlanadi va jazolanadi degan xulosaga kelish, argument maqsadida, shart emas.
Mulkiy institutning muhokama qilinayotgan to‘rtta o‘zgaruvchilarning har biriga ta’siri qanday bo‘ladi? bilan boshlaymiz, narsalarni qo‘lga kiritish xarajati. Gipotezalashtirilgan mulk tizimi, axbarotning ikki turiga tegishli bo‘lgan operatsiya xarajatlarini o‘zgartirish orqali  ga ta’sir ko‘rsatadi: maqomga tegishli axborot va operatsiyalarga ko‘maklashuvchi ikkilamchi axborot. Tabiiy holda, maqomni yaratish aktivlar haqida yangi turdagi axborotni yaratadi, masalan, ular kimga tegishli. Maqomni yaratish, biroq, aktivarga tegishli axborotga juda kamtarona ta’sir ko‘rsatishi amri mahol. Buning sababi maqomning o‘zinigina yaratish mulkdorning himoya xarajatlarini kamaytirmaydi. Qo‘shimcha tartibotsiz, mulkdor degan maqom juda kichkina mustaqil ma’noga ega. Bundan kelib chiqqan holda, xarajatga ta’sir bu tarkibot mexanizmi samaradorligiga asoslanadigan kontingentdir. Boshqacha qilib aytganda,  ga asosiy ta’sir – bizning gipotezalashtirilgan mulkiy tizimimiz tomonidan yaratilgan axborot maqomi – tizimning boshqa o‘zgaruvchi Dga ta’siriga asoslanadi, boshqalardan obyektni himoya qilish xarajatlari.
Biz himoya qilish xarajatlari qismiga tezda qaytamiz. Birinchidan, qonuniy huquq sifatida mulkni rasmiylashtirishning ikkilamchi axborot ta’sirini muhokama qilish muhimdir. Qonuniy himoyaning mavjudligi aktiv egalariga operatsiyalarga tegishli egalik qiluvchining joylashgan joyi, uning huquqlari, dunyoning boshqa mamlakatlari bilan potensial almashuv shartlari kabi axborotni bo‘lishish imkonini beradi. Bunday axborotning borligi uchinchi shaxslar uchun qidiruv va operatsiya xarajatlarini keskin kamaytiradi. Natijada, mulkni sotib olishning jami xarajatlari kamayadi. Shunda ham, bo‘lishi mumkin bo‘lgan kompensatsiyalash ta’siri mavjud. Mulkni samarali himoyasi bo‘lmagan bir holda, mahfiylik aktiv egalari orasida egalikni saqlab qolish maqsadida asosiy himoya vositasi sifatida qo‘llanilgan bo‘lar edi. Aktivlar haqidagi axborotni berkitish, potensial oluvchilar qidiruv xarajatlarini oshirishga va shu bilan birga hozirgi mulkdorning aktivlarni saqlab qolish ehtimolini oshirishga olib kelar edi. Shuning uchun, tartibot choralari bo‘lmagan holda, aktivlarni qo‘lga kiritish xarajatlariga nisbatan mulk tizimining sof ta’sirini aniqlash murakkabdir. Agarda mulk tizimi tartibot mexanizmini o‘z ichiga olsa, axbarot bozori kengayadi, bu esa o‘z navbatida obyektlarni xarid qilish xarajatlarini kamaytirgan bo‘lar edi.
Himoya xarajatlari ( ), albatta, mulk tizimining tartiboti orqali yanada bevosita ta’sir ostida bo‘ladi. Shaxsiy mulk egalariga ommaviy tartibot mexanizmlari yaratilgan holda, mulk egalari ommaviy himoya mexanizmlarini o‘zlarining shaxsiy himoyalariga almashtirishlari mumkin. Ommaviy himoya qanchalik yaxshi bo‘lsa, shaxsiy sarmoyalar shunchalik kam bo‘ladi. Shuning uchun, markaziy qonuniy tartibot aktiv egalari uchun himoya xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Bunday natija, xatto shaxsiy mulk huquqlarining qonuniy tartiboti kutilgan 100% samaraligidan ham kam bo‘lgan holda imkoniyatga ega bo‘ladi.
Shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra, mulkiy huquqlarni qonuniy tartiboti mulk egalarining o‘zlarining mulklarini saqlab qolish imkonini oshiradi -  . Qonuniy tartibotdan kelib chiqqan yuqori himoya hozirgi mulkdorlar uchun ularning aktivlarini xohishsiz yo‘qotish oldini oladi. Shuni inobatga olish kerakki, maqomni tan olish va qonuniy tartibot mavjudligi bozor operatsiyalarida ixtiyoriy aktiv ko‘chishlari sonini ko‘paytiradi. Shuning uchun, ixtiyoriy almashinuvning paydo bo‘lishi o‘rtacha egalik qilish davrini ancha qisqartirishi mumkin. Lekin ixtiyoriy almashinuvlar aktivlar qiymatini oshishiga sabab bo‘lgani uchun (sotuvchi hamda xaridor foydasini oshirgan holda), egalik davrining potensial qisqarishi sof foydali samarasini beradi.
Mulk tizimining foydalanish qiymatiga ta’siri  ijobiydir.Biroq, u foydalanish qiymatini murakkab funksiya qilib ifodalamaydi. Turli parametrlar: foydalanish daromadi, foydalanish xarajatlari, o‘zlashtirish egri chizig‘i, aktivlar orasidagi moslashuv, va egalikdan yoki foydalanishdan mulkchilikni ajratish qobiliyati kabilar foydalanish qiymatiga ta’sir ko‘rsatadi. Mulkiy tizimning mavjudligi bu parametrlarga bir xil tarzda ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu parametrlarning o‘zaro bog‘liqlik ta’sirlarini ko‘rsatuvchi foydalanish funksiyasini o‘rnatish va taqdim etishdan ko‘ra, ushbu mavzu mulkiy tizim orqali yaratilgan keng ta’sirlarni tekshiradi. Foydalanishdan daromad o‘z ichiga aktivdan olinadigan jami kirim oqimini mujassamlashtiradi. U o‘ziga mulkiy va nomulkiy elementlarni oladi.
Foydalanishdan daromad qonunchilik tartiboti instituti bilan birga oshishi mumkin. Qonuniy himoyani va tegishli o‘ziga-o‘zi yordam himoya choralariga ishonchni kamaytirishni qo‘llanilishi, aktivlardan foydalanishni va foydalanishdan keladigan tegishli daromadni ko‘paytirishi kerak. Qonuniy himoyaning vujudga kelishi nafaqat aktivlardan foydalanishni yanada ochiq va tez-tezligini ta’minlaydi, balki shuningdek u mulkdorlik va egalik qilishni vaqtinchalik ajratish imkonini beradi. Mulk himoyasisiz, aktiv egalari egalikni qo‘ldan chiqarishga qattiq moyil bo‘lar edi, chunki egalik qilish ularning yagona tan oladigan qiziqishi bo‘lib hisoblangan bo‘lar edi.
Egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan ishlar aktiv egalarini aktivni qaytib ololmaslik xataridan kompensatsiyalash maqsadida yetarli xavfsizlik choralari bilan ta’minlash lozim.Potensial egalik qiluvchilar aktiv egalarini tegishli darajadagi qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlamaslikni ma’qul ko‘rgan bo‘lar edi, iloji bo‘lsa ularning qimmatli qog‘ozlari hech qachon qaytib kelmasa. Binobarin, mulkchilik va egalikni yoki foydalanishni, lizingni, garovga qo‘yishni va litsenziyalashni ajratishni qamrab olgan barcha mulkiy kelishuvlar barterga asoslangan bo‘lar edi. Biroq bunday barterlar, juda ham kam va amalga oshirilishi qiyin bo‘lardi, chunki talab qilinadigan qiymatli o‘zaro istalgan obyektlar yo‘q bo’lishi mumkin yoki ularni yetkazib berish amalda bo‘lmasligi mumkin.
Mulkchilik va egalikni (yoki foydalanish/ishlatish) bo‘lishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy ajratish, aktivlardan foydalanish qiymatini bir qancha tegishli yo‘llar orqali oshiradi. Birinchidan, bu, aktivlarni hozircha xarid qila ololmaydigan qimmatroq foydalanuvchilarga o‘tkazish imkonini beradi. Ushbu fenomenga ko‘pgina shaxarlardagi taksi egalarining boshqa haydovchilarga taksidan foydalanish huquqini berishi misol bo‘la oladi. Ishlab chiqarish uskunalarini yoki tijorat va turar joy ko‘chmas mulklarini lizingga berish bunga yana bir misol bo‘la oladi. Biroq, agarda egalikdan vaqtincha ozod qilinishga ruhsat beruvchi shaxsiy mulk huquqlarining tan olish va tartibot tizimisiz, bunday keng tarqalgan amaliyotlar hamma joylarda ham bo‘lmagan bo‘lar edi. Taksi xaydovchisi taksidan daromad olishda qobiliyatliroq bo‘lishi mumkin, taksi mulkdori esa ishni tashkillashtirishda qobiliyatliroq bo‘lishi mumkin. Shu sababli haydovchining vaqtinchalik egalik qilishi aktivdan keladigan daromadni kuchaytiradi. Ikkinchidan, aktivlarni qobiliyatliroq foydalanuvchilarga o‘tkazish imkoni deyarli o‘zgarishsiz ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi. Misol uchun, qobiliyatli mexanik albatta uskunani qobiliyatsiz ishchiga nisbatan kamroq xarajat ketadigan holda ishlatishi mumkin. Birgalikda bu ikkita omillar-yuqori daromad va kam xarajat-mulkchilik va egalik qilishni vaqtincha ajratishdan keladigan foydani oshishini ko‘rsatadi.
Barqaror mulkdorlik shuningdek, aktivni qanday qilib eng yaxshi ishlatishni o‘rganishdan kelib chiqib, sof foydalanish qiymatini oshirish imkonini beradi. Barqarorlikning foydani oshirishga qaratilgan ta’sirlari o‘zlashtirish egri chizig‘i bilan birga bir qator turli matnlarda kelishi mumkin. Ko‘p miqdordagi jihozlarga ega bo‘lgan qimmatbaho aktivni misol qilib oling, masalan avtomobil. Vaqt o‘tishi bilan va qayta-qayta ishlatilishi sababli mashina haydovchisi mashinaga tegishli antiqa turli ikir-chikirlarni o‘rganib oladi. Misol uchun, u mashina tormozlari o‘rtacha bosimda o‘zini eng yaxshi ko‘rsatishini, akselerator pedali esa ozgina bosilganda ham zo‘r ishlashini o‘rganib oladi. Bunday bilimni vaqt o‘tishi bilan egallash, mashinadan maksimal darajada foyda olish imkonini beradi. Albatta, o‘rganishdan keladigan foyda aktiv murakkabligi bilan o‘zaro ijobiy bog‘langan. Shuning uchun, kompaniyadagi konveyer uskunaning turli qismlarini yig‘gan bir holda, egalik qilish huquqining barqarorligi vaqt o‘tib foydalanishda ko‘proq samarani beradi. Tabiiyki, hech kim kompaniyaning xodimini uskunaning iqtisodiy imkoniyatlarini shu zahoti bilib olishiga kafillik bera olmaydi. Haqiqatdan ham, murakkab uskunalarni boshqarish odatda uzoq o‘rganish davrini talab qiladiva odatda uskuna shu zaxoti foydali ishga tushurilmaydi. Qabul qilayotgan kompaniya o‘z ishchilariga har bir mahsulot bilan tanishib chiqish imkonini berishi kerak, sababiki ular bu mahsulotni konveyerda uning boshqa qismlari bilan qanday aloqaga kirishishini tushinishlari kerak. Barqaror mulkchilik ishchilarni bunday bilim olish imkoniyati bilan ta’minlaydi. O‘ylash mumkinki, mulk himoyasidan kelib chiqqan uzoq muddatli egalik qilishsiz, o‘rganishni talab qiladigan murakkab aktivlarga sarmoya kiritish ancha kamaygan bo‘lar edi.
Barqaror mulkchilikning ustunlik tomonlaridan yana biri bu raqobatbardoshlikdir. Turli aktivlarga mulkchilik qilish davri uzaygan sari, potensial muvofiqlik boshqa aktivlardan foydani chiqarish imkoniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, mashina o‘tirgichini xarid qilishdan foyda nafaqat ushbu o‘tirgichga davomiy egalik qilish, balki mashinaning o‘ziga egalik qilish davridan kelib chiqadi. Shuning uchun mulkchilik tizimining aktiv qiymatini oshirishi ijobiy ko‘paytiruvchi ta’siriga ega bo‘ladi. Chunki oshirilgan qiymat boshqa tegishli aktivlarga taqsimlanadi.
Shuningdek, mulkchilik tizimi aktivdan foydalanish qiymatini, aktivni himoyalash imkoniyatida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganda ham, oddiygina mulkchilik maqomini taqdim qilish orqali oshirishi mumkin. Ya’ni, aktiv egasi, jamiyat uni obyektning huquqiy egasi deb tan olishini anglagandan ham qandaydir qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Meer Den-Koen tomonidan “mulkchilik qiymati” deb nomlanganbu qiymat, markaziy tartibot tomonidan yaratilgan qiymatdan butunlay alohidadir. Misol uchun, uy egaligini ko‘rib chiqamiz. Mulkchilik tizimining ta’siri xavfsiz egalik qilishdan kelib chiqqan tartibot qiymatidan tashqariga tarqaladi. Mulkchilik maqomining o‘zi uy egasiga mustaqil qiymat yaratadi. Den-Koen “egalikdan zavqlanish” qiymatini mulkdorarning butilka qopqoqlarini yig‘ishdan yoki boshqa foydasiz narsalarni yig‘ishdan olinadigan foyda sifatida izohlaydi; uning fikricha bu hollarda yig‘uvchi narsalarning o‘zini baholagani sababli bu narsalarga egalikni baholamaydi, lekin buning o‘rniga u narsalarni baholaydi, chunki u ularga egalik qiladi.
V. Mulkning jamiyatdagi qiymatiShu yergacha bob mulkchilik tizimi obyektlari egalariga ularning foydasini oshirish imkoniga ega bo‘lishini ko‘rsatdi. Biroq, qonun chiqaruvchilar uchun mulkchilik tizimini yaratish faqatgina uning alohida shaxslarga ta’siriga bog‘liq emas. Balki, qonun chiqaruvchilar jamiyataro mulkchilik tizimini yaratish va shu bilan birga mulkchilik tizimining umuman yo‘qligi shaxsiy va jamoat foydasini oshirishi yoki yo‘qligini aniqlashlari lozim. Jamiyataro mulkchilik tizimining kerakliligini tahlil qilishning birinchi qadami bu oldingi bajarilgan tahlillarni shaxs darajasidan jamiyat darajasiga kengaytirishdir. Jamiyat miqyosida muamoni hal qilish shuni ko‘rsatadiki, muayyan tarmoqlar, yechilmagan muammolar, hamda miqyos va daraja iqtisodiyoti mulkchilik maqomini jamoat ta’rifi ham, mulkchilik huquqlarini jamoat tartiboti ham ta’minlanishi lozimligini taklif qiladi.
Mulkchilik tizimi aloqa tarmog‘iga tenglashtirilishi mumkin, qaysiniki qiymati har bir qo‘shimcha a’zo bilan oshib boradi va shu bilan birga har bir a’zoning tarmoqdan oladigan qiymati muvofiq ravishda oshib boradi. Boshlash uchun, mulkchilik maqomidan foyda mulkchilik tizimining jamiyatda qanchalik darajada taniqliligi va ishlatilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Tabiiyki, mulkchilik tizimi jamiyatda qanchalik ko‘p tarqalgan va qabul qilingan bo‘lsa, u shunchalik mulkchilik maqomini kuchaytiradi. Mulkchilik tizimidan xabardor va undan to’g’ri foydalana oluvchi odamlar soni ortishi bilan, mukchilikka tegishli axborot manbalari soni ham oshib boradi.Shu bilan birga, jamiyatning mulkchilik maqomini belgilash va undan to’g’ri foydalana olishni rivojlantirish imkoniyati oshib boradi. Va aksincha, mulkchilik tizimidan undan to’g’ri foydalana olmaganodamlar soni qisqarsa, raqobatchi tizimning mulkchilik maqomi to‘g‘risidagi to’g‘ri kelmaydigan signallarni yuborishi imkoniyati kamayadi. Mulkchilik tizimi aloqa tarmog‘iga o‘xshashligi yaqqol bo‘lib turibdi.
Bundan tashqari, mulkchilik maqomi tekinxo‘rlarga o‘lja vazifasini bajaradi. Kimningdir huquqlari jamiyat miqyosida tan olinibdi degan ovoza orqali mulkchilik huquqlari aniqlangan holda, xatto mulkchilik xizmatiga to‘lamaydiganlar ham mulkchilik konsepsiyasidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Misol uchun, agar,mulkchilik huquqi kabi narsa bor yoki uni obyektga mehnat sarmoyasini kiritish yo‘li orqali olish mumkin degan gaplar jamiyatda tarqalgan bo‘lsa, obyektga o‘z mehnatini sarmoya qilgan har bir kishi o‘zining mulkchilik huquqini ta’minlaydi.Qonuniy mulkchilik tizimi, boshqacha qilib aytganda, qonunchilik tizimining ko‘pgina boshqa qismlari kabi jamoatniki deb hisoblanishi mumkin. Uning xizmatlarini iste’mol qilish tanlanadigan emas, va istemolchilarni uning xizmatlaridan foydalanishdan cheklab qo‘yishning samarali yo‘li yo‘q. Haqiqatdan ham, jamoat mulkini tasvirlaganda uni “marjinal shaxsiy sof mahsulotlar marjinal jamiyat sof mahsulotlaridan ortta qoladigan, chunki qo‘shimcha xizmatlar uchinchi shaxslarga ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan to‘lovni olish murakkab bo‘lgan hollar” deb tasvirlaganda Alfred Pigu, intellektual mulkni nazarda tutgan edi.
Mulkchilik tizimining jamoat tartibotijamoat mulki deb hisoblanadi. Huquqbuzarlik, huquqbuzarlarni ushlash, shuningdek ularni javobgarlikka tortish va jazolashni monitoring qilish orqali mulkchilik huquqlarini ta’minlash mulk qiymatini kuchaytirishga olib keladi. Umuman olganda, mulk egalarini tekinxo‘rlik orqali tartibot foydalaridan baham ko‘rishdan chiqarib tashlash mumkin emas. Ta’kidlash joizki, mulk egalari tartibot foydalaridan holi qilingan joylarda – misol uchun, tartibot zich tartibli jamoada ijtimoiy jazolash orqali amalga oshiriladigan joylarda –mulkchilik tizimini ta’minlashga kam talab bo‘ladi.Bu fikr Demsetz kuzatuvlarining asosida yotadi, ya’ni mulkka tegishli ijtimoiy aloqalar jamoat mulkchilik tizimi maqsadga muvofiq bo‘lishidan oldin ancha qimmat bo‘lishi lozim.
Mulkchilikni aniqlash va tartibotmiqyos iqtisodiyotidan foyda olishi mumkin. Mulkchilik huquqlarini tartiboti huquqbuzarliklarni monitoring qilishni va ularni ushlash, hukm qilishni o‘z ichiga oladi. Biron huquqbuzar bir nechta mulk egalariga tahdid solgan bir paytda, mulkchilik huquqlarini markazlashtirilgan tartiboti bunday tovarlarni arzonroq ishlab chiqarishi mumkin.
Monitoring huquqbuzarlarni ularning rejalarini amalga oshirishi va ularning tizimdan tashqariga chiqishini oldini olishga qaratilgan bo‘lsada, markazlashgan mexanizmlar, shuningdek, iqtisodiy samarali bo‘lishi kerak.Markazlashtirilgan payqash qayta huquqbuzarliklarni sudlash xarajatlarini kamaytiradi va mutaxassislarni shaxsiy mulk egalariga qaraganda huquqbuzarlarni yanada samaraliroq ta’qib qilish imkonini beradi. Xususan, ta’qib qilish va sudlash tajribaga asoslangan va miqyos iqtisodiyoti bilan tavsiflanadi. Ta’qib qilish ham sudlash ham qonunchilik tizimida chuqur bilimni va har bir alohida holat bo‘yicha tegishli tanishuvni talab qiladi.Shuningdek, sud qarorlarimulkchilik huquqlariga yangicha tarkib va ma’no beradi. Qo‘shimcha qilib aytganda, miqyos iqtisodiyoti monitoring va ta’qib qilish orasida mavjud bo‘lishi mumkin. Turli monitoring qobiliyatlari huquqbuzarlarni ta’qib qilish xarajatlarini kamaytiradi. Shu kabi, berilgan jamiyatning jismoniy va ijtimoiy tashkillashtirish bilan tanish bo‘lish mulk huquqbuzarlarini ta’qib qilish xarajatlarini kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi. Shuning uchun, iqtisodiy istiqbol nuqtai nazaridan, monitoring va ta’qib qilishda bir xil agentlarga ega bo‘lish o‘zining kuchli tomonlariga ega.
Ba’zilar mulkchilik tizimi umuman olganda salbiy foydani keltirib chiqaradi, ya’ni u oqibatda ijtimoiy tinchlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb bahslashishlari mumkin. Bu kabi da’volarni, biroq, empirik ma’lumotlar bilan taqqoslash murakkabdir. Bir qator izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, mulkchilik tizimlari mamlakatlarning makroiqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Haqiqatdan ham, bu ishlar shuni ko‘rsatadiki, uzoq muddatli o‘sish barqaror mulkiy huquqlarni yaratish va himoyalash bilan chambarchas bog‘liq. Bundan tashqari, oxirgi o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, barqaror mulkiy institutlar shartnomaviylarga qaraganda iqtisodiy o‘sish uchun muhimroqdir. Ushbu bobdagi nazariya bilan bog‘liq holda, izlanish shuni taklif qiladiki, mulkchilik tizimi mulkchilikda barqaror egaik huquqlarini yaratish va himoyalash orqali ijtimoiy tinchlikni rag‘batlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Shuningdek, Duglas Norz kabi allomalar empirik ishlarga nazariy asos soldilar.
Yanada qiziqarli savol, bu mulk himoyasining optimal darajasi qanday bo‘lishi kerak? Ta’kidlash joiz, mamlakat ijtimoiy optimal darajaga qaraganda ko‘proq mulk himoyasini ta’minlashi mumkin, va haqiqatdan ham, u hozirda shunday qilayotgan bo‘lishi mumkin. Afsuski, mulkchilik tizimi yoki mulkchilikni himoya bilan ta’minlash xarajatlarini istalgan bir holda aniq o‘lchash yoki alohidagi aktiv va mulkdor sinfi mulki foydasini aniq baholash oson emas. Umumiy mulkiy izlanishlarda tizim foydaliligi va operatsiya xarajatlari orasidagi aloqa chuqur o‘rganilishdan holi bo‘lsa ham, xarajat va foyda tahlili intellektual mulk adabiyotlarida keng tahlil qilingan. Fanning klassik izoxida, Uilyam Nordxausshuni ko‘rsatdiki, patent himoyasining optimal davomiyligi innovatsiya uchun rag‘batlantirish foydasi bilan monopoliyadan kelib chiqqan sof yo‘qotuvlarni muvozanatlashtiradi.Afsuski, haqiqiy hayotda bunday muvozanat qayerda joylashganini aniqlash uddasidan chiqilmadi. Shuningdek, mulk himoyasining optimal darajasiga erishish uchun kerak bo‘lgan o‘zaro bitimni to‘g‘ri aniqlab beruvchi empirik izlanishlarni ko‘z oldimizga keltirishimiz murakkabdir.

Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page