1.10-rasm. Pnevmatik usulda beton qorishmasini tashishning texnologik xemasi.
1- kompressor; 2-resiver;3- havo o‘tkazgich; 4- jumraklar; 5-qorishmani yuklash joyi(lyuk); 6-illyuzali kamera;7-pnevmoxaydagich;8- zatvor; 9- beton o‘tkazgich; 10- so‘ndirgich;
11-qolipdagi betonlashtiriladigan blok.
O‘ta murakkab sharoitlarda kranlar va lentali transportyorlar qo‘llanilish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda beton nasoslar yoki pnevmatik transport vositalari qo‘llanilishi mumkin. (1.10-rasm) Beton nasoslar yordamida beton qorishmasini vertikal yo‘nalish bo‘yicha 50 m gacha, gorizontal yunalishda 400 m masofagacha tashish mumkin. Beton nasosning asosiy ishchi organi beton qorishmasi xaydaladigan quvur bo‘lib, uzunligi 0,3–1,5 m bo‘lgan zvenolardan tashkil topadi. Beton nasoslar transport vositasi sifatida quyidagi ustunliklarga ega: beton qorishmasini uzluksiz tashilishi bois, yuqori ish unumdorlikka egaligi; tashish jarayonida beton qorishmasi strukturasi va konsistensiyasi o‘zgarmasligi va yo‘qolishlar bo‘lmasligi. Bunday turdagi transport vositalarining kamchiliklari esa, tashiladigan beton qorishmasiga bir qator alohida talablar quyilishidadir. Ya’ni qorishmaning qo‘zg‘aluvchanligi (konus cho‘qishi) 8...12 sm.dan kam bo‘lmasligi, yirik to‘ldiruvchilar o‘lchamlari asosan d
40 mm bo‘lish talab qilinadi.
Beton nasoslarning bir soatdagi ish unumdorligi quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin:
Пб/n = 60d2/4·𝑙·n·Kфик·KL·KВ , m3/soat (1.14) bu yerda: d–nasos silindri diametri, m;
𝑙–nasos porsheni harakatlanish masofasi, m;
n–bir daqiqada porshen ish sikllari soni; Kфикк–foydali ish koeffitsiyenti;
KL–beton qorishmasini tashish masofasini inobatga oluvchi koeffitsiyent; Kb–ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti.
Quvurda betonqorishmasini haydash o‘rtacha tezligi quyidagicha aniqlanadi:
(L n)Kx ,
60
m/s (1.15 )
Ushbu tezlik beton nasoslar quvvatiga bog‘liq ravishda 0,1...0,2 m/s atrofida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, beton qorishmasi yotqizilish joyida quvurlar orqali siqilgan havo yordamida yetkazilishi mumkin. Transportning bu turida ham beton nasoslar kabi o‘ziga xos ustunliklari va ayrim kamchiliklari mavjud. Beton nasoslardan asosiy farqi shundaki, qurilma va asbob–uskunalarning oddiyligi va ishonchliligidadir. Tayyor beton qorishmasi pnevmatik qurilmaga shluz–kamera orqali yuklanadi va shu tariqa qorishma tarkibiga ortiqcha havo kirishining oldi olinadi. Pnevmatik qurilmalar 0,6 mPa dan yuqori havo bosimida ishlaydilar va qorishmani gorizontal bo‘yicha 200 m masofagacha va vertikal bo‘yicha 35 m balandlikkacha transport qilishga erishiladi.
Murakkab relyef sharoitlarida qurilish maydonchalariga yo‘llar o‘tkazish imkoniyatlari bo‘lmaganda transport vositalari sifatida kabel–kranlar qo‘llanilishi yaxshi samara berishi mumkin (616- rasm). Kabel–kranlar asosan minora yoki machta ko‘rinishidagi ikkita tayanchdan, temir arqonlar (troslar) tizimi, lebedkalar va yuk aravalaridan iborat. Kabel–kranlar qo‘llashning yana bir ustunligi shundan iboratki, qurilish jarayonida ular yordamida betonlashtiriladigan bloklarni tayyorlash, armatura konstruksiyalari va qoliplarni o‘rnatish jarayonlarini ham amalga oshirish mumkin.
Kabel–kranlar beton qorishmasini badyalar yordamida kerakli joyga yetkazadi. Badyadagi beton qorishmasi tez to‘qilsa, badyaning yuqoriga sakrash xodisasi yuzaga kelishi mumkin va bu holat ish jarayoni uchun xavfli hisoblanadi. Shu sababli beton
qorishmasini bir tyokisda syokin to‘kish uchun voronkali xobotlar qo‘llanilishi tavsiya qilinadi.
Kabel–kranlarning beton qorishmasini tashish bo‘yicha ish unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
Пкр = 60q/tц·KВ , m3/soat (1.16 ) bu yerda: q–badyaning foydali sig‘im, m3 ;
KВ–ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti; tц–bir ish sikli davomiyligi, min.
Kabel–kranlar uchun ts asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, u bir qator omillarni hisobga olgan holda quyidagicha aniqlanishi mumkin:
tц = 2
(h1 h2 )2 (l1 l2 )1 t
t , min (1.17)
1 2
1 2
bu yerda: h1–badyani beton qorishmasi bilan dastlabki joydan ko‘tarish balandligi, m;
h 2-badyani qorishmani to‘kish joyiga tushirish balandligi, m;
l 1–badyani ko‘tarilgan joydan inshoot zonasigacha ko‘chirish masofasi, m; l 2–badyani inshoot zonasida ko‘chirish masofasi, m;
1 -yuk aravasining tayanch trosidagi harakatlanish tezligi, m/min;
2 - badyani ko‘tarish va tushirish tezligi, m/min;
t1–badyaga beton qorishmasini yuklash vaqti, min;
t 2–badyani beton qorishmasidan bo‘shatish davomiyligi, min.
Share with your friends: |