Bugun dunyo miqyosida fan-texnikaning jadal rivojlanib borayotganligi hech kimga sir emas. Bunday o‘zgarishlar har qanday jabhada, xususan, oliy ta’lim sohasida ham evrilishlarga olib kelmoqda



Download 124.13 Kb.
Page5/8
Date22.05.2024
Size124.13 Kb.
#64309
1   2   3   4   5   6   7   8
KITOB (2)
Buyuk Britaniyada professor-o‘qituvchilarni ishga olish tartibi AQShnikiga o‘xshash bo‘lsa-da, sezilarli farqlanishlarni ham kuzatish qiyin emas. Professor-o‘qituvchilar Buyuk Britaniyada odatda ta’lim yo‘nalishi, ko‘nikmalari hamda ish tajribasiga aloqador umumiy hujjatlarni (Falsafa doktori (PhD) diplomi, dissertatsiya ishi, ilmiy faoliyatiga oid maqolalar, CV va shu kabi hujjatlar) topshirish bilan birga, quyidagi mezonlarni baholash asosida saralab olinadi: Birinchi mezon — tadqiqot faoliyati. Bunda nomzodlarning tadqiqotchilik faoliyati Tadqiqotchilik yutuqlarining andozasi (Research Excellence Framework) nomi bilan mashhur baholash mezonlari asosida baholanadi. Quyidagi ishlar baholash obyekti bo‘lishi mumkin:
а) asarlar yo ulardagi boblar;
b) ilmiy jurnallardagi maqolalar;
v) hunarmandchilik buyumlari, binolar;
g) raqamli mahsulotlar, arxivlar, filmlar;
d) tadbirlar, ko‘rgazmalar;
ye) tadqiqotga oid hisobotlar va boshqa tadqiqot faoliyatiga taaluqli mahsulot va ish namunalari.
Ilmiy tadqiqot faoliyati namunalari quyidagi mezonga binoan baholanadi:
a) tadqiqot mahsuldorligi (ilmiy ishlar soni) — 65%;
b) tadqiqot impakti (h-indeks?) — 20%;
v) atrof-muhit va ekologiyaga munosabati — 15%. Umumiy ball 100 ballni tashkil etadi.
Ikkinchi mezon — pedagogik faoliyati. Nomzodning umummilliy talabalar so‘rovnomasi hamda sifatni baholash agentliklari tomonidan o‘tkazilgan auditlardagi natijalari, staji va hokazolar. Uchinchi mezon — jamoatchilik bilan ishlash tajribasi. Bunda nomzodning ijtimoiy tarmoq hamda internetda qay darajada faolligi, konferensiya va majlislarda ishtirok etish tajribasi va bunga aloqador faktlar tekshiriladi. 20 PhD Buyuk Britaniyada professor-o‘qituvchilarni ishga olinishning yana bir xususiyati unda Fransiyadagi kabi pedagogik va tadqiqotchilik faoliyatining professor-o‘qituvchilar faoliyatida alohida o‘ringa egaligi hisoblanadi. AQShda oliy ta’lim muassasasida akademik faoliyat uchun professor-o‘qituvchilarni ishga olishda ularning pedagogik faoliyati tadqiqotdan ajratilmaydi hamda ularning akademik mustaqilligini ta’minlash maqsadida ish o‘rni doimiy sifatida kafolatlanadi (1-shakl). 1-shakl. AQShda professor-o‘qituvchilarning akademik faoliyat sxemasi Buyuk Britaniyada esa ishga olishda tadqiqotchilik faoliyati pedagogik faoliyatdan ajratilganini ko‘rishimiz mumkin (2-shakl). Akademik mehnat bozori Ish o‘rnining doimiy kafolatlanishi Professor yordamchisi Professor 21 2-shakl. Buyuk Britaniyada akademik faoliyat sxemasi Bunda oliy ta’lim muassasasiga ishga olingan shaxs muayyan muddat mobaynida tadqiqotchilik yoki pedagogik faoliyatini olib borgach ma’ruza o‘qish huquqiga ega bo‘ladi. Keyinchalik esa sa’y-harakatlariga binoan lavozimi oshirib boriladi. Shunday qilib, Buyuk Britaniyada professor-o‘qituvchi o‘z karyerasini tadqiqotchilik yoki pedagogikadan birining ustiga qura olishi mumkin. Bunda akademik karyera yo‘lini tanlagan nomzodlar tadqiqotchilik dasturi bo‘yicha qabul qilinsa, ular dars berishdan butkul ozod etilmaydi, balki tadqiqotchilik ularning asosiy yo‘nalishini tashkil etib, muayyan muddatdan so‘ng talabalarga ma’ruza soatlari o‘tish orqali pedagogik faoliyatni ham olib borishi mumkin. Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, xorijda oliy ta’lim muassasasiga ishga olinish mexanizmlari quyidagi umumiy xususiyatlarni qamrab oladi: Professor Yetakchi ma’ruzachi Ma’ruzachi PhD Pedagogik faoliyat Tadqiqotchilik faoliyati
1. Ишга олиш аниқ механизм асосида тартибга солиниб, бу номзодларнинг энг yaxshilari ishga olinishini ta’minlab, uchinchi tomonlarning keraksiz aralashuvi holatlarining oldini oladi.
2. Ishga olishda nomzodlarning tadqiqotchilik potensiali, ya’ni ilmiy ishlari va ilm-fanga aloqasi, jumladan, h-indeksi, dissertatsiyasining tarkibi hamda tadqiqotchilikka oid tajribasi obdan tekshiriladi. Buni xorijda tor ixtisosliklar salmog‘ining oshishi sababli umumiy ixtisosliklarga ega kadrlarning muassasa tadqiqotchilik faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlarga mos kelmay qolayotgani bilan izohlash mumkin. Masalan, dissertatsiyasini ta’lim sifatini kafolatlash yo‘nalishida yoqlagan nomzod ta’lim berish metodikasiga oid tadqiqotlarni rivojlantirish va kadrlar tayyorlashni o‘ziga ustuvor vazifa qilib olgan oliy ta’lim muassasasi talablariga mos kelmasligi mumkin. Chunki u asosan sifatni tayyorlash sohasiga kadrlar yetishtirishda o‘z qobiliyat va tajribasidan maksimal foydalanish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga, nomzodlarning, ayniqsa, Web of Science va Scopus ilmiy axborot omborlaridagi indeksini ham alohida urg‘ulash lozim. Ushbu xalqaro bazalarda yuqori indeksga ega bo‘lish bugungi kunda muayyan tadqiqotchi faoliyatini baholashning oltin mezonlaridan biri sifatida amaliyotga keng tatbiq qilinmoqda.
3. Aksariyat xorijiy davlatlarda mamlakat va muassasa kesimida rekruting tizimi elektronlashtirilgan va ishga ariza topshirish, sarlash hamda qabul qilish tartibi yagona elektron portallar orqali amalga oshiriladi. Bunday islohot bizning oliy ta’lim tizimimizda ham shaffoflikni ta’minlash hamda ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish uchun muhimdir.
4. Nomzodlarning ingliz tilini bilish ko‘nikmalari ishga olish jarayonida ijobiy baholanadi. Buni hozirgi kunda internet tarmog‘idagi ilm-fanga oid materiallarning asosan ingliz tilida nashr qilinayotgani hamda ingliz tilining bunda salmog‘i tobora oshib borayotgani bilan izohlash mumkin. Ayni paytda, ingliz tili ilmiy hamjamiyatda asosiy muloqot tiliga ham aylanib ulgurdi.
5. Oliy ta’lim muassasalarida nomzodlarni saralashda CV (Curriculum Vitae) so‘raladi. Buning boisi CV yordamida nomzodning nafaqat o‘quv hamda kasbiy tajribasi, tamomlagan va faoliyat yuritgan muassasalari xususida, balki uning qiziqishlari, psixologik-emotsional portreti, hobbi hamda ko‘nikmalari xususida axborotga ega bo‘lish mumkin. Bu esa nomzodlarni saralab olish jarayonidagina emas, balki nomzod ishga olinganidan keyin ham uning qobiliyatlaridan maksimal darajada foydalanishda, jumladan, yangi loyihalarga jalb qilishda muhim o‘rin tutadi.



Download 124.13 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page