Bugun dunyo miqyosida fan-texnikaning jadal rivojlanib borayotganligi hech kimga sir emas. Bunday o‘zgarishlar har qanday jabhada, xususan, oliy ta’lim sohasida ham evrilishlarga olib kelmoqda



Download 124.13 Kb.
Page7/8
Date22.05.2024
Size124.13 Kb.
#64309
1   2   3   4   5   6   7   8
KITOB (2)
MEHNAT BOZORIGA INTEGRATSIYASI
Bugungi kunda barcha jabhalarda mehnat bozorining globallashayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa kadrlar tizimini jahon mehnat bozoridagi tendensiyalarga moslashtirish ehtiyojini tug‘diradi. CV — jahon mehnat bozorida o‘z o‘rnini topgan hujjat hisoblanib, deyarli barcha xususiy hamda davlat tashkilotlari undan standart hujjat sifatida foydalanib kelmoqda. Ish topish portallari, kasbiy faoliyatga aloqador ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, “LinkedIn”, “Indeed”, “Craiglist” va boshqa nufuzli veb-sahifalar ish beruvchi hamda nomzodlar o‘rtasidagi muloqotoldi hujjat sifatida elektron CVdan foydalanishmoqda. Ushbu portallarda, garchi soddaroq yo‘sinda bo‘lsa-da, CV yaratish funksiyalari ham mavjud. Bu esa mehnat bozorida har qanday kadrning o‘z o‘rnini topishi uchun CV yaratish va CV bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishini taqozo qiladi. Obyektivka hujjatlari xususida esa ayni gapni aytish qiyin. Ushbu hujjat O‘zbekistondagi davlat tashkilotlari bilan chegaralanib qolgan bo‘lib, uni onlayn shakllantirish, ishga olish jarayonini raqamlashtirishda optimal hujjat sifatida foydalanish istiqbollari yuqori emas. O‘zbekistonda ish beruvchiga xodimning o‘zi haqida axborotnoma tayyorlashi sohasida raqamlashish uchun dastlabki qadamlar qo‘yilgan. Bu borada o‘zbek tilidagi dastlabki onlayn xizmatlar paydo bo‘lgan. Biroq hatto bunday onlayn xizmatlar ham rezyume (www.mehnat.uz) hamda CV (www. oneapp.uz) yaratishni taklif etishmoqda. Buni CV va rezyume tuzilmalarining sodda mexanizm asosida ishlashi, bu esa taqdim etiladigan ma’lumotlarni xilma-xil tarzda ifoda etishi hamda turli dizayn andozalarida taqdim qilishi ularning jozibadorligini oshirayotgani bilan izohlashimiz mumkin. Shunday ekan, namunaviy ma’lumotnomalarni (obyektivka) CVga standart hujjat sifatida almashtirish va buni davlat tashkilotlari, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalari kadrlar tizimlarida amalga joriy qilish zamon talabi deyishimiz mumkin.
TARKIBI
Ish tajribasi, faoliyat yuritgan tashkilotlari, tahsil olgan muassasalari, xorijiy til hamda axborot texnologiyalariga oid ko‘nikmalari kabi asosiy ma’lumotlardan tashqari CVga ish beruvchini qiziqtirishi mumkin bo‘lgan boshqa axborotlarni kiritish ham mumkin. CV xizmatlarining keng tarzda raqamlashgani va xilma-xil andozalarga egaligi bunday hujjatlarga istalgan axborotni batafsil kiritish imkoniyatini beradi. Misol uchun, “Europass” CV andozalarida foydalanuvchi nafaqat qaysi oliy ta’lim muassasasida tahsil olgani, ixtisosligi, balki qanday kurslar, fan-predmetlari o‘tilgani, ulardagi baholari, yakuniy imtihon natijalari, loyihalarini ham kichik joyda qayd qila oladi. YA’ni, CVni yaratish texnologiyasi bunga imkon beradi. Mamlakatimizda foydalanib kelinayotgan ma’lumotnomalarga (obyektivka) esa faqat oliy ta’lim muassasasi nomi, tahsil olgan davri hamda asosiy ixtisosligi haqida ma’lumot kiritish mumkin. “Europass” CVlarining xorijiy til ko‘nikmalariga oid bandiga so‘zlashuv, yozish, o‘qish va tinglash ko‘nikmalarini alohida ustunlarda ko‘rsatish mumkin, bizda foydalaniladigan obyektivka ma’lumotnomalarida esa bunday funksiya mavjud emas. “Europass” CVlarida ishtirok etgan loyihalarini batafsil qayd etish imkoniyati bor. Bizda foydalaniladigan obyektivka ma’lumotnomalarida esa bularni qayd etish, ayniqsa, tafsilotlari haqidagi axborotlarni kiritish foydalanuvchilar uchun bir qancha qiyinchiliklar va chalkashliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Qisqa qilib aytiladigan bo‘lsa, CVni ishlab chiqish texnologiyasi takomillashib borayotgani uning tarkibini xilma-xillashtirish hamda batafsil axborot taqdim etish potensialini oshirib bormoqda. Obyektivka ma’lumotnomalari esa ayni shunday texnologik progressdan uzilib qolganligi sababli uning tarkibi mehnat bozori talablari, bugungi kundagi bozor iqtisodiyoti voqe’ligini to‘laligicha aks ettira olmayapti. Bu esa obyektivka ma’lumotnomalarida beriladigan ma’lumotlarning yetarlicha tafsilotga ega bo‘lmay qolishidan tashqari, ushbu hujjat tarkibida potensial xodimning mehnat faoliyatini baholashga taalluqli bo‘lmagan hamda bugungi kunda shaxsiy hayot daxlsizligining buzilishi sifatida qabul qilish mumkin bo‘lgan ortiqcha ma’lumotlarni kiritishni talab qilish amaliyoti davom etishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan, nomzodlar obyektivka ma’lumotnomasiga oilaviy statusi, ota-onasi, aka-ukasi va boshqa oila a’zolarining tug‘ilgan yili, joyi, ma’lumoti, ish joyi, egallab turgan lavozimiga oid ma’lumotlarni kiritishi talab qilinadi. Bunday ma’lumotlar esa xodimning mehnat faoliyati va muayyan vakansiyaga munosiblik darajasini baholashda hamda ish faoliyati mobaynida xodimning kasbiy ko‘nikmalariga binoan uni yo‘naltirib borishda asqatishi dargumon.
Shu bilan birga, potensial xodimlarning shaxsiy hayotigagina taalluqli bo‘lgan bunday ma’lumotlarning obyektivka ma’lumotnomalariga kiritilishi xodimlarni saralashda ularning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab yondashish, ajrashgan yoki boquvchisiz qolgan xodimalarni ishga ol- 28 maslik kabi diskriminatsion yondashuvlar urchishiga olib kelmoqda. Bunday axborot turlarining obyektivka ma’lumotnomalariga kiritilishi muayyan shaxslarda psixologik travma holatlariga olib kelishi, muayyan oila a’zosining qilmishi xodim kelajagiga raxna solishi hamda hamkasblar va xodim o‘rtasidagi kelgusi munosabatlar noto‘g‘ri stereotiplar ustiga qurilishiga yetaklash ehtimollari ham, afsuski, yo‘q emas. Shunday ekan, bugunda xorij tajribasida keng qo‘llanilayotgan shaxsiy daxlsizlik tamoyillarini mamlakatimizda ishga olishda talab qilinadigan ma’lumotnoma tizimiga faol tatbiq qilish bu sohani isloh qilishdagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Quyida CV, rezyume hamda obyektivka ma’lumotnomalaridagi фарқлар берилади



Download 124.13 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page