Bugun dunyo miqyosida fan-texnikaning jadal rivojlanib borayotganligi hech kimga sir emas. Bunday o‘zgarishlar har qanday jabhada, xususan, oliy ta’lim sohasida ham evrilishlarga olib kelmoqda


PEDAGOG XODIMLARNI ISHGA QABUL QILISH BO‘YICHA MEZONLAR (Xorijiy tajriba misolida)



Download 124.13 Kb.
Page4/8
Date22.05.2024
Size124.13 Kb.
#64309
1   2   3   4   5   6   7   8
KITOB (2)
PEDAGOG XODIMLARNI ISHGA QABUL QILISH BO‘YICHA MEZONLAR (Xorijiy tajriba misolida)
Har bir oliy ta’lim muassasasining pedagog xodimni ishga qabul qilish bo‘yicha mezoni bo‘lishi kerak. Bunday mezon xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari tajribasida qo‘llangan va foydalanilayotgan mezonlar asosida ishlab chiqilishi lozim. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, xodimlarning ish jarayonida baholash indikatorlari mavjud, lekin undan ham ko‘ra muhimroq bo‘lgan ishga qabul qilish jarayoni aniq mezonlar asosida qat’iy tartib bilan o‘tkazilmaydi. Fransiya davlatida oliy ta’lim muassasalariga ishga olish talablari ikki yo‘nalishga binoan belgilangan: – universitetlar; – tadqiqot muassasalari. Ushbu ikki yo‘nalish doirasida ishga olish aniq belgilangan muayyan muddatlardagina amalga oshirilib, bu muddatlar sanasi har yili o‘zgarib turadi. Bunda vaqtinchalik emas, balki doimiy asosda ishga olish maqsad qilinadi. Nomzodlarning fuqaroligiga oid muayyan talablar bo‘lmasa-da, ularning Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlardan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Chunki bunday mamlakatlarning fuqarolari Fransiyaga erkin kirish va chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Boshqa mamlakatlarning fuqarolari Fransiyada ishlash uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lishlari talab qilinadi.



  1. Fransiya universitetlariga ishga olinish tartibi.

Fransiya universitetlarida yordamchi professor bo‘lish yordamchi o‘qituvchi sifatida yillik 198 soat dars berish demakdir. Ma’qul nomzod bir yil sinov muddati bilan ishga olinadi. Bir yildan keyin doimiy xodimlar safiga qo‘shiladi.
Tartibi
Nomzodlar Milliy universitetlar konsulligiga tegishli GALAXIE/ ANTARES portaliga ro‘yxatdan o‘tish uchun onlayn ariza bilan murojaat qilishadi. Nomzodlarga ariza raqami berilib, ariza natijasini faqat ushbu raqam orqali bilish mumkin bo‘ladi. Onlayn ariza topshirish muddati odatda sentabr oyi o‘rtalarida boshlanib, oktabr so‘ngida yakuniga yetadi. Muayyan lavozim uchun talab etiluvchi malaka talablari maxsus shifrda qayd etilib, nomzodlar ta’lim bera oladigan fan predmetlari ular ta’lim olgan soha shifriga mos bo‘lishi shart. ANTARES portaliga kirgach quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
– Identifikatsiya raqami hamda parol (ro‘yxatga o‘tish jarayonida yaratiladi);
– Dissertatsiya sarlavhasi, himoya vaqti, himoya komissiyasi a’zolari ro‘yxati;
– Nomzodning o‘qitish tajribasi, tadqiqot mavzulari, kalit so‘zlar, boshqaruv va boshqa ijtimoiy faoliyati xususida har biri 400 belgidan oshmaydigan insholar. Bular to‘ldirilgach ekranga ariza muvaffaqiyatli qayd etilgani haqida axborot va qayd raqami chiqadi. Buni nomzodlar saqlab qo‘yishlari lozim. Talablar Nomzodlar odatda noyabr oyi o‘rtalaridan dekabr oyi o‘rtalarigacha quyidagi hujjatlar paketini CD yoki qog‘oz ko‘rinishida taqdim etadilar:
1. Falsafa doktori yoki uning ekvivalenti (original va fransuz tiliga notarial tarjima nusxasi bilan birga). Bunda nomzodlar falsafa doktori yoki uning ekvivalenti bo‘lgan hujjatni fransuz tiliga tarjima qilib, tarjimaning asl matnga muvofiqligini Fransiyada rasman ro‘yxatdan o‘tgan notariusda tasdiqlatishlari lozim.
2. CV (ingliz tilida). CV da dissertatsiya mavzusi, joyi, sanasi, himoya komissiyasi a’zolari ro‘yxati, o‘qitish, tadqiqot, boshqaruv va jamoatchilik bilan ishlashga oid ish tajribasi, ilmiy nashrlari va ularga aniq-ravshan havolalar, asarlari, konferensiyalardagi taqdimotlari katalogi aks etishi yoki ilova qilinishi lozim.
3. Eng yaxshi uchta ilmiy asarlari (kitob, kitobdagi muayyan bob yoki boshqa har qanday ilmiy ish).
4. Himoya komissiyasining hisoboti. Fransiyada dissertatsiya yoqlangach himoya komissiyasi himoya to‘g‘risida hisobot taqdim etadi. Unda himoya komissiyasining dissertatsiyaning afzal va zaif tomonlari haqidagi mulohazalari o‘rin oladi. Fransiyada falsafa doktori yoki uning ekvivalentiga mansub dissertatsiyani himoya qilgan nomzodlar ushbu hujjatni topshirishlari majburiy. Xorijda tahsil olgan nomzodlar uchun bu hujjat majburiy hisoblanmasa-da, agar u bo‘lsa, ishga olish jarayonida ustunlik beradi.
5. Nomzod arizasi qayd etilgani to‘g‘risidagi hujjat. Bu hujjat olayn ro‘yxatga o‘tish jarayoni yakunlangach, monitor ekraniga chiqadi. Nomzodlar uni yozib olishlari yoki suratga tushirishlari lozim.
6. Dissertatsiya nusxasi. Nomzodlar o‘z dissertatsiya ishlarining elektron va qog‘oz shakldagi nusxalarini taqdim etishlari lozim. Ushbu hujjatlar taqdim etilgach nomzodlar GALAXIE/ANTARES portlida qayddan o‘tgan hisoblanishadi hamda portalda e’lon qilinadigan ish o‘rinlariga ariza berish imkoniga ega bo‘ladilar. Aksariyat ish o‘rinlari fevral, may oylarida e’lon qilinib, nomzodlar bir paytning o‘zida bir ish o‘rni uchun ariza bera oladilar. Alohida talablar bo‘lmagan hollarda nomzodlar oliy ta’lim muassasasiga ANTARES uchun bergan ayni hujjatlarni taqdim etishlari lozim bo‘ladi. Odatda har bir bo‘sh ish o‘rni uchun bir necha arizalar to‘g‘ri keladi. Oliy ta’lim muassasalari munosib nomzodni tanlab olish uchun maxsus komissiya tuzib, ular nomzodlar bilan intervyu belgilaydilar. Intervyu mobaynida komissiya a’zolari nomzodlarning hujjatlari hamda rezyumesiga asoslanib ularga savollar beradilar. Ishga olish natijalari GALAXIE/ANTARES portalida e’lon qilinadi.
2. Fransiyada tadqiqot institutlariga ishga olinish tartibi. Fransiyada tadqiqotchilikka oid bo‘sh ish o‘rinlari uchun ishga olishning bir qator tizimlari mavjud bo‘lib, ular o‘qituvchilik faoliyatini nazarda tutmaydi. Bunda har bir tadqiqot instituti o‘z ichki ehtiyojlari, talab va mezonlaridan kelib chiqib, nomzodlarni saralab oladi. Bunda tadqiqotchilar tadqiqot isntitutlariga tegishli onlayn portallar orqali ariza beradilar va universitetlarga ishga olinish tartibiga o‘xshash saralash bosqichlaridan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Universitetga ishga olinishdan farqli ravishda tadqiqot institutlaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga qabul qilish markazlashgan yagona ishga olish tartiboti bilan xarakterlanmagan. Koreya universitetlarida professor-o‘qituvchilik ish o‘rinlari uchun saralashlar birmuncha liberal tusga ega. YA’ni oliy ta’lim muassasasi nomzodlarga qo‘yiladigan talablarni mustaqil belgilaydi. Odatda bunday talablar o‘quv dasturi mazmunidan tashqari oliy ta’lim muassasasining nufuzi va reytingiga ham bog‘liq. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablarni quyidagicha umumlashtirish mumkin:
1. CV (rezyume). CV nomzodning ta’lim olgan muassasalari, ish tajribasi, faoliyat yuritgan muassasalari, dissertatsiya mavzusi, ko‘nikmalari, sertifikatlari, fe’l-atvorining ta’rifi qayd qilinadigan hujjat bo‘lib, u nomzod tomonidan mustaqil to‘ldiriladi. Internet tarmog‘ida CV tayyorlash uchun maxsus dastur hamda qoliplar mavjud. Shu bilan birga, aytish joizki, har bir muassasa yoki tashkilotning CV hajmi, dizayni va tafsilotlariga oid o‘z talablari bo‘lishi mumkin.
2. Magistr yoki falsafa doktori ilmiy darajasi (Koreys yoki ingliz tiliga notarial tarjima nusxasi bilan).
3. Google Scholar, Web of Science yoki Scopusdagi h-indeksi. Har bir tadqiqotchi Google Scholar, Web of Science yoki Scopusda ro‘yxatdan o‘tib, ularning maqolalaridan boshqa tadqiqotchilar iqtibos keltirishga monand ravishda indekslab boriladi. Ushbu indeksning yuqoriligi ilmiy hamjamiyat tadqiqotchining ishlari bilan yaxshi tanishligi hamda tadqiqotchi ilmiy hamjamiyat faoliyatiga sezilarli hissa qo‘shayotganini ifodalaydi. Aytib o‘tish joizki, hozirgi kunda tadqiqotchi olimlar orasida Google Scholar ma’lumotlar omborida indekslanish tendensiyasi kuchayib bormoqda. Buni Google Scholar ma’lumotlar omborida iqtiboslar bilan ishlash shartlari birmuncha soddaligi, Google Scholarda indekslanuvchi ilmiy jurnallar soni ko‘pligi va bunday nashrlarning maqola chiqarish uchun qo‘yadigan talablari murakkab emasligi bilan izohlash mumkin. Biroq jahon ilmiy hamjamiyatida Web of Science hamda Scopus ilmiy platformalarining nufuzi Google Scholarnikidan ancha yuqori. Ushbu ilmiy platformalar tomonidan indekslanadigan ilmiy nashrlarda ilmiy asarlari chop etilgan va yuqori indeksga ega tadqiqotchilarning faoliyati butun dunyo bo‘ylab ilmiy jamoatchilik tomonidan alohida ardoqlanadi. Saralash jarayonlarida ham Web of Science hamda Scopusdagi yuqori h-indeksga Google Scholardagi yuqori h-indeksdan ko‘ra ko‘proq e’tibor beriladi.
4. Ilmiy nashrlari, maqola va taqdimotlarining nusxalari.
5. Motivatsion insho. Unda nomzodning aynan nima uchun ushbu lavozimga topshirayotgani, oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga qo‘shadigan hissasi, kelajakdagi rejalari aks etgan bo‘lishi lozim. Nomzod tomonidan uning bilim va ko‘nikmalari, tadqiqot va pedagogikadagi tajribasi muassasaning ustuvor yo‘nalishi hamda umumiy faoliyatiga mosligi yaxshi ochib berilgan insholarning muvaffaqiyat qozonish ehtimoli ham yuqori bo‘ladi.
6. Ingliz tilini bilishga oid sertifikat. Ushbu sertifikat ingliz tilida ta’lim beriladigan o‘quv dasturlarida o‘qituvchilik faoliyatini olib borish uchun majburiy hisoblanadi. Shu bilan birga koreys yoki boshqa tillarda o‘qitish talab etiluvchi o‘quv dasturlari uchun majburiy hisoblanmasa-da, nomzodning ishga olish imkoniyatlarini oshiradi. Buni ingliz tilida tadqiqotchilar uchun zaruriy materiallar, ilm-fandagi eng oxirgi tadqiqot ishlari bilan tanishib chiqish imkoniyati yuqori ekanligi hamda ingliz tilida taqdim etiladigan o‘quv dasturlari shartnoma qiymati ham boshqa tillardagidan balandligi bilan izohlash mumkin.
7. Ingliz tilini o‘qitish, ingliz adabiyoti yo‘nalishlarida faoliyat yuritiuvchi nomzodlar Koreya yoki ingliz tili ona tilisi bo‘lgan boshqa mamlakat fuqarolari bo‘lishi talab etiladi. Bundan ingliz tilini o‘qi- 17 tishda oliy ta’lim muassasasi talabalarining so‘zlashuv hamda yozma ko‘nikmalarini qiyinchiliklarsiz o‘rgatish maqsad qilingan. Odatda Koreya Respublikasidagi nufuzli universitetlarning o‘z rekruting portallari mavjud bo‘lib, ishga qabul qilish ushbu portallarda onlayn ariza to‘ldirish orqali amalga oshiriladi. Masalan, Koreya Respublikasidagi Sungkyunkvan universitetining rekruting portali https:// faculty.skku.edu/ veb manzili hisoblanadi. Ushbu tizimda universitetdagi bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilib borilib, umumiy talablar bilan birga, har bir fakultetning muayyan talablari ham berib boriladi: sohalararo tadqiqot olib borish tajribasi, kasbiy malaka talablari, ixtisoslikka oid muayyan talablar va hokazo. Onlayn ariza bilan murojaat qilgan nomzodlar bilan video-konferens xizmatlari yoki shaxsan intervyu o‘tkaziladi. Intervyuda asosan nomzod taqdim etgan hujjatlar, uning rejalari, qiziqishlari hamda maosh miqdori borasidagi mulohazalari muhokama qilinadi.
AQShda ham rekruting tizimi Koreyadagiga o‘xshash. Jumladan, AQShning Kolumbiya universitetida “RAPS” — O‘quv xodimlarini ishga olish tizimi (e Recruitment of Academic Personnel System) joriy qilingan bo‘lib, har bir professor-o‘qituvchi ushbu tizim orqali ishga olinishi shart. Fakultet ariza topshirgan nomzodlarni saralash maqsadida alohida komissiya tuzib, komissiya ular orasidan eng munosiblarini tanlab oladi. Bunda nomzodlarning ta’lim va tadqiqotdagi ish tajribasi bilan birga, gender tengligi, xilma-xillik, kamchilik guruhlarni himoya qilish tamoyillari ham inobatga olinadi. Nomzodlarni saralash oldindan belgilangan hujjatlar paketi asosida emas, balki ularning ko‘nikma va tajribasini baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. Jumladan, nomzodlar quyidagi mezonlar bo‘yicha to‘rt shkalalik baholash tizimida baholanishadi:
1. Ilm-fandagi ta’siri (orqali dalillar). Bunda asosan nomzodning h-indeksi hamda ilmiy ishlaridan iqtibos olingani xususidagi boshqa dalillar, jumladan, muayyan darsliklarda uning maqolasi adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilgani va ilmiy hamjamiyatning nomzodga mansub asar va maqolalarga murojaat qilgani borasidagi boshqa faktlar inobatga olinadi.
2. Tadqiqot faoliyatidagi mahsuldorligi (orqali dalillar). Nomzodlarning ilmiy darajasi, ilmiy unvoni hamda yozgan maqolalari soni, ular chop qilingan ilmiy nashrlarning nufuzi, maqola va asarlarda foydalanilgan metodologiyalar inobatga olinadi.
3. Tadqiqotlari moliyalanganligi (orqali dalillar). Nomzodlarning o‘z tadqiqot faoliyatida davlat yo nodavlat grantlari bilan mukofotlan- 18 ganlik holatlari, davlat yoki nodavlat tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy loyihalardagi ishtiroki inobatga olinadi.
4. Hamkorlik faoliyati (bo‘yicha dalillar). Nomzodlarning hamkorlik loyihalari, hammualliflik maqolalari, qo‘shma o‘quv dasturlari va shunga o‘xshash hamkorlik bilan bog‘liq faoliyat tajribasi o‘rganiladi.
5. Magistratura talabalarini o‘qitish va ularga rahbarlik qilish qobiliyati (orqali dalillar). Bunda nomzodlarning magistratura o‘quv dasturlaridagi pedagogik yoki mentorlik tajribasiga e’tibor beriladi.
6. Bakalavr talabalarini o‘qitish va ularga rahbarlik qilish qobiliyati (orqali dalillar). Nomzodlarning bakalavr o‘quv dasturlaridagi o‘qitish, mentorlik yoki boshqa vazifalardagi ish tajribasiga e’tibor qaratiladi.
7. Kafedraning tamoyillariga mosligi. Har bir kafedraning tadqiqot va o‘qitish faoliyatida o‘z ustuvor yo‘nalishlari bo‘ladi. Misol uchun muayyan kafedra ta’lim sifatiga, boshqa biri esa o‘qitish metodikasiga ixtisoslashgan bo‘ladi. Nomzodni ishga olishda ushbu omilga ham e’tibor qilinadi.
8. Kafedra muhitiga ijobiy hissa qo‘shish qobiliyati. Nomzodning xulq-atvori kafedradagi ijtimoiy muhitga qanday ta’sir qilishi mumkinligi — ushbu bandga aloqador eng muhim jihatlardan biri. O‘quv faoliyatida muayyan salbiy qaydlarga ega nomzodlar ushbu band sababli ishga olinmasligi mumkin.
9. Ish joyidagi xilma-xillikka hissa qo‘shish imkoniyati. Nomzodlarni ishga olishda etnik, madaniy, diniy, irqiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishiga qarab diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kamchilik guruh vakillariga nisbiy ustunlik berilishi mumkin. Bunday yondashuv ma’lum guruh vakillarining akademik hamjamiyatda o‘z vakillariga ega bo‘lishini saqlab qolish maqsadida amalga oshiriladi.
10. Qo‘shimcha talablar. Muassasa yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda nomzodlarning boshqa jihatlari, misol uchun, kompyuter savodxonligi yoki muayyan dasturiy ta’minot vositasidan foydalanish ko‘nikmalarini baholashi mumkin. Ushbu mezonlar bo‘yicha baholash shkalasi quyidagicha: – baholash imkonsiz
– yomon;
– o‘rtacha;
– yaxshi;
– a’lo.
Shuningdek, nomzodlarni saralashda intervyu o‘tkazish katta ahamiyatga ega bo‘lib, AQShda buni amalga oshirishda o‘ziga xos yondashuvdan 19 foydalaniladi. Komissiya a’zolari nomzod bilan rasmiy yoki video konferens uslubida intervyu o‘tkazishi yoki nomzodni norasmiy uchrashuv, masalan, tushlikka taklif qilishi mumkin bo‘lib, bunda nomzod bilan suhbat jarayonida uning potensialini to‘liq aniqlashga xalaqit beruvchi hayajon kabi psixologik omillarni bartaraf etish maqsad qilinadi. Saralash natijalari universitetning rekruting tizimi portalida e’lon qilinadi.

Download 124.13 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page