Tadqiqot metodlari: Mazkur tadqiqot mavzusini ilmiy-nazariy jihatdan atroflicha yoritishda zamonaviy metodlardan va ko’p yillik samarali tajribalaridan unumli foydalanildi. Tadqiqot mavzusini yoritishda autentik audio-video usullaridan foydalanildi.
Olingan natija va uning yangiligi: Ushbu tadqiqot ishini bajarish orqali quyidagi amaliy natijalarga erishildi:
O'qituvchi shaxsan dars jarayonida matnni to’g’ri tarjima qilishi;
Talabalarga chet tilini o’rganishda nima qiyinchilik tug‘dirishi mumkin (til, mazmun, baholash) va agar qiyinchilik bo‘lsa ko’proq shu soha ustida ishlash;
Ko'p sonli materiallar mavjud,ammo tanlangan adabiyotning estetik qiymatini tushunish va oson va tez o’rganaladigan adabiyotlardan foydlanish kerakligini bilish lozim. O‘quvchilarni nima qiziqtirishi, ularni emotsional hayajonlantirishi va boshqalar;
Amaliy ahamiyati:Tаdqiqоt nаtijаlаri umumiy o’qishni o'rgatish jarayonida haqiqiy matnlardan foydalanishning dolzarbligi,ularning ahamiyati -autentik materiallarning funksionalligi ularning qayta ishlashga qaratilganligidir. autentik materiallar foydalanilganda, matnlar o'quvchilarni tabiiy til muhitiga cho'mdiradi va shunga mos ravishda ko'p sonli yetakchi metodistlarning xulosalariga ko'ra, asosiy omillardan biri chet tilini muvaffaqiyatli o'rganish uchun xizmat qiladi. Tаdqiqоt uchun tо’plаngаn til mаteriаllаri vа ulаrning tаhlilidаn umumiy tilshunоslik, sоtsiоlingvistikа vа psixоlingvistikа, leksikоlоgiyа, kоgnitiv tilshunоslik kurslаri bо’yichа mа’ruzаlаr о’qitishdа, filоlоgiyа fаkultetlаri tаlаbаlаri uchun esа о’quv qо’llаnmаlаri, dаrsliklаr, lug’аtlаr tuzish uchun hаm nаzаriy hаm аmаliy аhаmiyаtgа egа.
Tatbiq etish darajasi:Tadqiqot ishining tatbiq etish darajasi muammoning aniq qo’yilganligi, chet tillarini o’rgatish bo’yicha olimlarning nazariy fikrlariga tayanilganligi, tadqiqotda zamonaviy materiallardan va so’nggi metodlardan o’rganishlar holda chiqarilgan xulosalarning til ko’nikmalari, kommunikativ kompetensiya., tasniflash qiyoslash va statistik tahlil usullari orqali isbotlanganligi bilan belgilanadi.