Chizmachilik



Download 5.17 Mb.
Page27/76
Date27.01.2024
Size5.17 Mb.
#63356
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76
cxhizmachilik asoslari
Dars-ish-aks-qirqim, Kurs ishi mavzu “Yig\'ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyala (1)
93-rasm.

94-rasm.


Tekislikning proyeksiya tekisliklariga nisbatan vaziyatlari. Tekisliklar fazoda berilishiga qarab, proyeksiya tekisliklariga nisbatan asosan ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:

  1. Umumiy vaziyatda;

  2. Xususiy vaziyatda;

Agar berilgan tekislik proyeksiya tekisliklaridan birontasiga ham parallel yoki perpendikulyar bo‘lmasa, umumiy vaziyatdagi tekislik deyiladi (94-rasm). Bunday tekislik proyeksiya tekisliklari bilan ham kesishadi va yuqorida aytilganidek izlari hosil bo‘ladi.
Umumiy vaziyatda berilgan tekisliklarning proyeksiyalari o‘z haqiqiy kattaligida proyeksiyalanmaydi.
Agar berilgan tekislik proyeksiya tekisliklariga perpendikulyar yoki parallel bo‘lsa, xususiy vaziyatdagi tekislik deb yuritiladi.
Berilgan tekislik proyeksiya tekisliklaridan birontasiga perpendikulyar bo‘lsa, shu proyeksiya tekisligi nomi bilan proyeksiyalovchi tekislik deb yuritiladi. Masalan: Berilgan P tekislik gorizontal tekislikga (PH ) perpendikulyar, demak P gorizontal proyeksiyalovchi tekislik deb ataladi va shu tekislikga to‘g‘ri chiziq holatida proyeksiyalanadi. Undagi yotgan barcha nuqta, to‘g‘ri chiziq va shakllar shu tekislikning gorizontal izida yotadi (95-a,rasm).
Epyurda 95-b,rasmdagidek tasvirlanadi. Xuddi shunday, berilgan R tekislik frontal proyeksiya tekisligiga (RV) perpendikulyar bo‘lsa, frontal proyeksiyalovchi tekislik deyiladi (96-a,rasm). 96-b, rasmda epyur tasvirlangan.



95-rasm.

96-rasm.

97-rasm.

Berilgan Q tekislik profil proyeksiya tekisligiga (QW) perpendikulyar bo‘lsa, profil proyeksiyalovchi tekislik deyiladi (97-a,rasm).


Uchala proyeksiyalovchi tekislikda yotuvchi uchburchak ham proyeksiya tekislikka to‘g‘ri chiziq bo‘lib proyeksiyalanadi.
Agar berilgan tekislik bir vaqtning o‘zida ikkita proyeksiya tekisligiga perpendikulyar bo‘lsa, unda uchinchi proyeksiya tekisligiga albatta parallel bo‘ladi va unda yotgan nuqta, to‘g‘ri chiziq yoki har xil shakllar (masalan HAVS ) parallel proyeksiya tekisligiga o‘z haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi. Shu bilan birga berilgan tekislik qaysi proyeksiya tekisligiga parallel bo‘lsa, shu tekislik nomi bilan, masalan, gorizontal tekislik (98-rasm), frontal tekislik (99-rasm), profil tekis-lik deb ataladi (100-rasm).


Download 5.17 Mb.

Share with your friends:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page