VI. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomill�shtirish
31.
|
O‘rta tibbiy xodimlarni tayyorlash, ixtisoslashtirish va malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish, shu jumladan:
o‘quv dasturlarining tarkibida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning xavfli omillari profilaktikasi, bemorlarni o‘zlarini parvarishlash va salomatlik holatini nazorat qilishga o‘rgatish, shuningdek, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlaridagi fanlar ulushini ko‘paytirish;
o‘rta tibbiy xodimlarni “Diabetik oyoq yuzi bo‘yicha tibbiy hamshira — podiatr”, “Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha maslahatchi”, “Tamakidan voz kechish bo‘yicha maslahatchi”, “Bronxial astma bo‘yicha maslahatchi” va boshqa yo‘nalishlarda ixtisoslashtirish va sertifikatlash dasturlarini ishlab chiqish.
|
O‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish
|
2020-yil
1-iyul
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)
|
32.
|
Etakchi xorijiy sog‘liqni saqlash muassasal�ri (shu jumladan Qozog‘iston Respublikasi Jamiyat sog‘lig‘ini saqlash oliy maktabi) bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish orqali oliy tibbiy ta’lim muassasalari tibbiyot-profilaktika yo‘nalishidagi kafedralari o‘qituvchilarining jamiyat salomatligi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sog‘lom ovqatlanish, diyetologiya masalalari bo‘yicha malakasini oshirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
|
2020-yil
1-dekabr
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
|
33.
|
Oliy tibbiy ta’lim muassasalari tibbiyot-profilaktika yo‘nalishidagi soha kafedralari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Jamiyat sog‘lig‘ini saqlash maktabi va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va ularni xalqaro talablarga moslashtirish.
|
O‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish
|
2019-yil
1-iyul
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)
|
34.
|
Tibbiyot institutlarining tibbiy-profilaktika yo‘nalishidagi soha kafedralari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamiyat sog‘lig‘ini saqlash maktabining o‘quv dasturlarini Yevropa mintaqasining jamiyat sog‘lig‘ini saqlash maktablari assotsiatsiyasi (ASPHER — The Association of Schools of Public Health in the European Region) tomonidan akkreditatsiya qilinishini ta’minlash.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
|
2022-yil
1-yanvar
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)
|
35.
|
Xalqaro standartlarni inobatga olgan holda nutritsiologiya, diyetologiya va jamiyat sog‘lig‘ini saqlash sohalaridagi mutaxassislarni malaka talablarini qayta ko‘rib chiqish.
|
Malaka talablari
|
2019-yil
1-iyul
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev)
|
VII. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasini ta’minlash, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash,
jismoniy faolligini oshirish sohasida axborot-ma’rifiy faoliyatni takomillashtirish
|
36.
| Sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik darajasini oshirish, sog‘lom turmush tarzini olib borish, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilinishidan voz kechish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish va ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet tarmog‘i hamda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, jismoniy faollik darajasini oshirish bo‘yicha bannyerlar, plakatlar, bukletlar va boshqa axborot-ma’rifiy materiallarni tayyorlash, shu jumladan, ularni savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, tibbiy va ta’lim muassasalari, shahar va tumanlarning markaziy ko‘chalari, odamlar ko‘p to‘planadigan joylar, jamoat transportida joylashtirish yo‘li bilan tarqatish. |
Axborot-ma’rifiy materiallar
|
2019 — 2022-yillar
|
Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
37.
|
Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, jismoniy faollik darajasini oshirish bo‘yicha videoroliklarni tayyorlash va televideniyada (kuniga praym-taym soatlarida kamida 1-marta) hamda Internet tarmog‘i orqali namoyish qilish, uyali telefon foydalanuvchilariga har kuni sms-xabarlarni jo‘natish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2019 — 2022-yillar
|
Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
38.
|
Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlayotgan mutaxassislar va mashhur insonlar ishtirokida teleko‘rsatuvlar tayyorlash.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2019 — 2022-yillar
|
Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
39.
|
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ta’lim muassasalari, savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqa tashkilotlarda sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik darajasini oshirish va sog‘lom turmush tarzini olib borish bo‘yicha davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2019 — 2022-yillar
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), “Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
40.
|
“Sog‘lom hayotga qadam tashla!”, “Sog‘lom muhitni (tamaki va alkogoldan xoli) tanlaymiz!” shiorlari ostida konsertlar, teatr tomoshalari, sport musobaqalarini o‘tkazish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2019 — 2022-yillar
|
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)
|
41.
|
Har yili “Sog‘lom mahalla”, “Sog‘lom maktab”, “Sog‘lom korxona” va h.k. tanlovlarini o‘tkazish.
Tanlov g‘oliblarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Tanlov natijalari asosida sog‘lom turmush tarzini olib borish ko‘rsatkichi bo‘yicha mahalla, maktab, tashkilotlarning reytingini tuzish va Internet tarmog‘ida joylashtirish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi
|
2019 — 2022-yillar
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev),
“Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|