Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar


IV. Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan yuqumli bo‘lmagan asosiy kasalliklar bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash



Download 75.3 Kb.
Page9/10
Date01.11.2023
Size75.3 Kb.
#62463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PQ-4063 18.12.2018
12 12.01.1999, Sertificate Coursera
IV. Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan yuqumli bo‘lmagan asosiy kasalliklar bo‘yicha
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash


22.

Quyidagilarni amalga oshirish orqali respublika birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining arterial gipertoniya, qandli diabet, bronxial astma, o‘pka surunkali obstruktiv kasalliklari va boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha klinik protokollari, standartlari hamda tavsiyalarining talablarini joriy qilish:
sog‘liqni saqlash organlarining bosh mutaxassislari, umumiy amaliyot vrachlari va patronaj hamshiralarini o‘qitishni tashkil qilish;
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida davolash-diagnostika xizmatlarini ko‘rsatish, laboratoriyalarni reaktivlar bilan jihozlash, bemorlarni asosiy dori vositalari bilan ta’minlash;
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan asosiy dori vositalarini davlat tomonidan kafolatla�gan hajmdagi tibbiy yordam ro‘yxatiga kiritish;
birlamchi-tibbiy sanitariya yordami muassasalarining sifat ko‘rsatkichlari va muassasaning yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyati ko‘rsatkichlarini shakllantirishni nazarda tutgan holda statistik hisobotlar yuritishni qayta ko‘rib chiqish va maqbullashtirish;
tibbiyot o‘rta bo‘g‘ini xodimlari tomonidan aholini vrachdan oldin ko‘rikdan o‘tkazish punktlarini tashkil qilish;
yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalingan bemorlarni o‘zlarini parvarishlash va salomatlik holatini nazorat qilishga o‘qitish;
sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish bo‘yicha, shu jumladan ishonch telefonlari va “tezkor aloqa tarmog‘i” orqali qisqa maslahatlar berish

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019 — 2022-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Har bir bemor uchun xavfli omillar va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha salomatlik profilini (ovqatlanish xarakteri, tamakiga qaramlikning mavjudligi, tana vazni indeksi, arterial bosim, qondagi qand va xolesterin darajasi va boshqalar) yaratishni nazarda tutuvchi dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga joriy qilish.

Dasturiy ta’minot

2022-yil
1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

24.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘llab-quvvatlovchi kuratorlik tizimi orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida uzluksiz baholash va xizmatlar sifatini orttirish mexanizmlarini joriy qilish:
tibbiy xodimlar xizmatlarini baholashning standart usullari, sifat ko‘rsatkichlari va indikatorlar to‘plamini ishlab chiqish;
tibbiy xizmatlar sifatini oshirishda yagona yondashuvni ta’minlash maqsadida mutaxassis-kuratorlarni qo‘llab- quvvatlovchi kuratorlik tamoyillariga o‘rgatish;
tibbiy xodimlar faoliyatida tizimli va shaxsiy muammolarni, bo‘shliqlarni aniqlash hamda ish sifatini oshirish va o‘z ustida ishlash bo‘yicha tavsiyalar berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil
1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)

25.

Quyidagilarni amalga oshirish orqali yuqumli bo‘lmagan kasalliklar sohasida ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish:
faoliyat natijalari va sifatini baholash indikatorlari to‘plamini o‘z ichiga olgan ijtimoiy xizmatlar paketini ishlab chiqish;
tibbiy va ijtimoiy soha xodimlari uchun tibbiy-ijtimoiy yordamning yangi reglamentlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
tibbiy va ijtimoiy soha xodimlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan aholining yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha birgalikda ishlashni tashkil qilish bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqish va joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil
1-dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)

V. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollik
darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini takomillashtirish


26.

Aholi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini, shu jumladan, muayyan nomli oziq-ovqat mahsulotlarini amalda iste’mol qilinishini tahlil qilish hamda iste’molchilarning ushbu oziq-ovqat mahsulotlariga munosabatlarini baholashni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli monitoringni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil 1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK (T. Jalilov)

27.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni epidemiologik monitoringini amalga oshirish protokolini ishlab chiqish:
epidemiologik monitoring ko‘rsatkichlari ro‘yxati;
ko‘rsatkichlarni jamlash va tahlil qilishda ishtirok etuvchi muassasalar ro‘yxati;
ko‘rsatkichlarni tahlil qilish metodologiyasi;
ko‘rsatkichlarni to‘plashning davriyligi va boshqalar.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2019-yil
1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)

28.

Tibbiyot muassasalarining hisobga olish va hisobot hujjatlariga yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning xavfli omillari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni kiritish orqali ushbu kasalliklar bo‘yicha tibbiy-statistika hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish.
Asosiy kasalliklar (qandli diabet, xavfli o‘smalar, onkologik kasalliklar, miokard infarkti, insult va boshqalar) bo‘yicha kasalliklarning tobora avj olishini, ular asoratlarining rivojlanishini kuzatib borish imkoniyatini beruvchi registrlarni ishlab chiqish va joriy qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

Tasdiqlash — 2019-yil
1-aprel
Amalga oshirish — 2021-yil
1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

29.

O‘zbekiston aholisi orasida xalqaro qabul qilingan standart metodologiya asosida keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkazish, shu jumladan:
HBSC tekshiruvi — maktab yoshidagi bolalar orasida salomatlik sohasida fe’l-atvorni o‘rganish;
GYTS tekshiruvi — maktab o‘quvchilari orasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning tarqalganligini o‘rganish;
STEPS tekshiruvi — katta yoshdagi aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavfli omillarining tarqalganligini o‘rganish;
anemiya (temir moddasi, V12 vitamini yetishmasligi), yod yetishmasligi, foliy kislotasi va A vitamini yetishmasligining tarqalganligi va sabablarini o‘rganish;
aholi tomonidan tuz iste’mol qilish darajasini o‘rganish.

Chora-tadbirlar kompleksi

Tasdiqlash — 2019-yil
1-iyun
Amalga oshirish — 2019 — 2022-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Quyidagilarni amalga oshirish yo‘li bilan sog‘lom muhitni barpo qilish bo‘yicha jamoatchilik monitoringi tizimini joriy qilish:
jamoat joylari va jamoat transportida tamaki va alkogoldan xoli bo‘lgan muhitni yaratishga qaratilgan qonunchilikka rioya qilinishining jamoatchilik monitoringini o‘tkazish metodologiyasi va vositalarini ishlab chiqish;
jamoatchilik va vakolatli organlarni jamoatchilik monitoringi natijalaridan xabardor qilish;
sog‘lom turmush tarzini olib borishga ko‘maklashayotgan savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, park hududlari va boshqa obyektlar hamda alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish va iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzayotganlar reytingini tuzish va Internet tarmog‘ida e’lon qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2022-yillar

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (R. Kamilov),
O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev),
“Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov),
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev)


Download 75.3 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page