Darsning ta`limiy maqsadi: O’quvchilarga tarix fanining rivojlashishi va taraqqiy etish tarixidan ma’lumot berish. Tarix fani taraqqiyoti haqida chuqur bilim berish. O`quvchilarda mavzuga qiziqish uyg`otish, mavzuga oid bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni Vatanni sevishga, uni asrab-avaylashga o’rgatish. O’quvchi yoshlarni milliy qadriyat ruhidan tarixga va ajdolar merosiga hurmat ruhida tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, hozirjavoblikka undash.
III
O`quv jarayo- nining mazmuni
O’quvchilarga tarix faninig rivojlanish uning rivojida ajdodlarimizning qo’shgan hissasi haqida umumiy tushuncha berish
Uslub: Aqliy hujum, “Dam olish daqiqasi”, “Alifbo olamiga sayohat” “Mozaika ” metodlari.
Shakl: Kichik guruhlarda va jamoada ishlash, suhbat munozara. Vosita: Darslik, O’zbekiston Respublikasi xaritasi vatanimiz manzaralari aks ettirilgan forosuratlar. Mavzuga oid ko`rgazma, zinama-zina savollari, testlar, rag`batlantiruvchi kartochkalar.
Nazorat: og`zaki nazorat, savol – javob-
lar.
Baholash:, 5 ballik tizim asosida rag`batlantirish.