Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
5 Daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa). Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi. IX.Yangi mavzu bayoni Toshkentning qadimgi obidalari.Bugungi Toshkent shahri 2200 yillik tarixga ega. Arxeolog olimlar Toshkent shahrining qadimgi о‘minianiqlash maqsadida uzoq yillar davomida ish olib bordilar. Nihoyat, uning hozirgi temiryo‘1 vokzali yaqinida, Salar kanali sohilidajoylashganligini aniqladilar. Toshkentning bu dastlabki о‘mi tarixga «Ming o‘rik» va «Ming o‘rik tepa» nomlari bilan kirgan. Bunga keyinchalik shahar xarobasi o‘rnida katta o‘rikzor barpo etilganligi va u «Ming o‘rik» deb atala boshlanganligi sabab bo‘lgan.Shahar VI asrda Choch (Toshkent) viloyatining markaziga aylangan.
«Toshkent» atamasi haqida.Milodning dastlabki asrlariga oid Xitoy manbalarida Toshkent «Shi» nomi bilan tilga olingan. Bu nom «Tosh shahar» degan ma’noni anglatgan. Buyukbobomiz Abu Rayhon Beruniy owning «Hindiston» nomli asarida «Toshkent» atamasini ishlatgan.
Toshkent dastlab atrofi devor bilan o‘ralgan, qo‘rg‘on ko‘rinishida bunyod etilgan. U «Choch», arablar bo‘ysundirgach, arab alifbosida «ch» harfi yo‘qligi uchun «Shosh», «Shoshkent», «Madinat ash-Shosh», «Binkat» nomlari bilan atalgan. Shahar atrofi kuchli mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Keyinchalik shahar ichi ark va shahristonga ajratilgan. Arkda hukmdor saroyi va ibodatxona joylashgan. Shahaming amaldorlar yashaydigan qismi shahri ston, hunarmandlar yashaydigan qismi esa rabot deb atalgan.
Toshkent xalqaro karvon savdo yo‘lida joylashganligi tufayli shaharda hunarmandchilikning turli sohalari yuksak taraqqiy etgan.
Arxeolog olimlar shahar hududidan turli mamlakatlarning tanga pullarini topishgan. Bu esa Toshkentning qizg‘in savdo markazi ham bo‘lganligini tasdiqlaydi. Toshkent mustaqil O‘zbekiston davlatining poytaxti.Toshkent shahri 1991-yildan boshlab mustaqil O‘zbekiston davlatining poytaxtidir. Toshkentning poytaxtlik maqomi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 6-moddasida ham yozib qo‘yilgan. Toshkent bugungi kunda nafaqat Markaziy Osiyoning, ayni paytda dunyoning ham eng go'zal shaharlaridan biriga aylandi. Mustaqillik yillarda barpo etilgan bir-biridan hashamatli me’moriy binolarki shining aqlini lol qoldiradi. 2009-yilda Amir Temur xiyobonining quyosh chiqish tomonida qurilgan muhtasham «O'zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyi o'zining go'zalligi va salobati bilan kishilarni hayratga solib turibdi.
Toshkent dunyoda «Non shahri», «Do'stlik va tinchlik shahri» nomlari bilan ham shuhrat qozongan.
Xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan 2009-yilda Toshkentning 2200 yilligi nishonlandi. Ayni paytda Toshkent shahri O'zbekiston Prezidenti farmoniga ko'ra davlatimizning oliy ordeni - «Mustaqillik» ordeni bilan mukofotlandi. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov yubiley tantanalarida so'zlagan nutqida Toshkentni: «Tarixi boy, buguni go'zal, kelajagi buyuk shahar», deb atadi.
V.Baholash: Darsda faol o`quvchilar baholanadi?
IV Yangi mavzuni Mustahkamlash.