Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
5 Daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa). Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi. IX.Yangi mavzu bayoni O’zbekiston davlat mustaqilligining dunyo mamlakatlari tomonidan tan olinishi.O‘zbekiston o‘zdavlat mustaqilliginie’lonqilgach, uning davlat mustaqilligi dunyo davladari tomonidan tan olindi. Mustaqil O‘zbekiston dunyodagi barcha davlatlar bilan teng asosda hamkorlik qilishni boshladi. Bu - O‘zbekiston tanlaganyon edi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tanlangan yo‘1 haqida bunday degan edi: «O‘zbekiston hech kimdan sadaqa so‘ramaydi, faqat tengma-teng hamkorlikka tayyor».
0‘zbekiston, avvalo, Rossiya Federatsiyasi bilan har tomonlama hamkorlik qilishga katta e’tibor berdi. Har ikki davlat o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari haqida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma bugungi kunda har ikki davlat manfaatlariga xizmat qilmoqda. Rossiya Federatsiyasi 0‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori hamdir. 2010-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi salkam6,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etganligi buning dalilidir.
O‘zbekiston Osiyoning Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi eng rivojlangan davlatlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ya oldi. Mamlakatimizda bu davlatlar ishtirokida tashkil etilgan ko‘plab qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular bilan savdo-iqtisodiy aloqalar tobora rivojlanib bormoqda. Chunonchi, 2010-yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi salkam 3 mlrd. AQSH qollarini tashkil etdi. O'zbekiston Xitoy bilan Osiyoda mustahkam tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasida ham yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Islom Karimovning 2011-yil aprel oyida Xitoyda bo'lishi har ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Janubiy Koreya Respublikasi ham O'zbekistonning Osiyodagi yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi. Janubiy Koreya bilan hamkorlik O'zbekistonning dunyoda yengil avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatga aylanishida muhim rol o'ynadi. Janubiy Koreyaning DEU kompaniyasi bilan hamkorlikda Asaka shahrida avtomobil zavodi qurildi.
yil 26-mart kuni birinchi avtomobil ishlab chiqarildi. Shu tariqa O'zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-davlatga aylandi.
2009-yilda O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi savdo aylanmasi 1,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
O'zbekiston Yaponiya bilan ham o'zaro manfaatli hamkorlik qilib kelmoqda. Mamlakatimizda o'ndan ortiq O'zbekiston - Yaponiya qo'shma korxonasi faoliyat ko'rsatmoqda.
O'zbekiston 2011-yilda Yaponiyada ro'y bergan kuchli yer qimirlashi oqibatlarini bartaraf etishda Yaponiya xalqiga beg'araz yordam ko'rsatdi.
O'zbekiston dunyoning eng qudratli davlati AQSH bilan ham hamkorlik qilib kelmoqda. Ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar tobora rivojlanib bormoqda. O'zbekiston AQSHning qator kompaniya va korporatsiyalari bilan, jumladan, «Jeneral Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Bu korporatsiya bilan hamkorlikda «Asaka» zavodida turli modellardagi zamonaviy yengil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. 2010-yilning dekabr oyida AQSH davlat kotibi Xillari Hinton O‘zbekistonga keldi. Islom Karimov va Xillari Klinton o‘rtasidagi suhbatda o‘zaro va xalqaro munosabatlaming eng muhim jihatlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar a’zosi. О‘zbekiston 1992-yilning 2-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Bu hodisa О‘zbekistonning xalqaro miqyosda tanolinishi bo‘ldi.
Shu kundan e’tiboran О‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosiga aylandi. BMT binosi oldida unga a’zo davlatlar bayroqlari qatorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ham hilpiray boshladi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1993-yilda BMTning 48-yalpi majlisida ilk bor qatnashdi va nutq so‘zladi. Bu tarixiy voqea dunyoga mustaqil О ‘zbekiston davlati borligini yana bir bor namoyish qildi.
Islom Karimov 2010-yilda BMTning XXI asrning eng dolzarb xalqaro muammolariga bag‘ishlangan yalpi majlisida ham qatnashdi.
Prezidentimiz o‘z nutqida yalpi majlis ishtirokchilari e’tiborini O‘zbekistonni tashvishga solayotgan muammolarga qaratdi. O‘zbekiston BMTning qator xalqaro tashkilotlari faoliyatida ham faol qatnashib kelmoqda. Ular ichida Siz YUNESKO va YUNISEF haqida ma’ lumotga egasiz.
О‘zbekiston YUNESKO a’zoligiga qabul qilingan. Avvalgi mavzularda bu tashkilotning O‘zbekistonda amalga oshirgan ishlari bilan tanishgansiz.
YUNESKO ta’Iim, fan va madaniyatni rivojlantirish sohasida xalqaro aloqalarni faollashtirish ishiga ulkan hissa qo‘shgan kishilami taqdirlash uchun o‘z mukofotlarini ham ta’sis etgan. YIMESKO «Aristotel» va «Buyuk Ipak yo'li» oltin medallarini ta’sis etgan.
2007-yilda Islom Karimov YUNESKOning ana shu oltin medallari bilan mukofotlangan.
O'zbekiston mintaqaviy tashkilotlar bilan ham hamkorlik qiladi. Ular ichida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) alohida o‘rin tutadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotiga Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belorussiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston va Moldova davladari a’zo. Ularning bari sobiq SSSR tarkibidagi davlatlar edi. MDHni tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - unga a’ zo davlatlar o‘rtasida uzoq yillar davomida qaror topgan iqtisodiy aloqalami saqlab qolish edi. Bunga ko‘pjihatdan erishildi ham. Ayni paytda MDH sobiq SSSR hududida fuqarolar urushi yuz berishining oldini oldi. A’zo davlatlaming o‘z mustaqilliklarini mustahkamlashda bir-biriga ko‘maklashishiga erishdi.
O‘zbekiston a’zo bo‘lgan yana bir mintaqaviy tashkilot - Shanxay Hamkorlik Tashkilotidir (ShHT). Bu tashkilot Xitoyning Shanxay shahrida Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davladari tomonidan tuzilgan. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining asosiy maqsadi o‘zaro ishonchni mustahkamlash hamdaterrorchilik, ayirmachilikva ekstremizmga qarshi kurashdan iborat.