Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
5 daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa). Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi. IX.Yangi mavzu bayoni «Arxeologiya» so'zini dastlab miloddan awalgi IV asrda yashagan grek olimi Platon (Aflotun) ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar XVII asr boshidan boshlangan. XIX asr yirik arxeologik kashfiyotlar davri bo'lib, arxeologiya fan sifatida rivojlanib bordi. XIX asrgacha arxeologiya asosan 4 qismga bo'linib o'rganilar edi: ibtidoiy arxeologiya, Yunoniston va Rimnnng quldorlik davri yodgorliklarini o'rganuvchi mumtoz arxeologiya, o'rta asr moddiy-madaniyat yodgorliklarini o'rganuvchi umumiy arxeologiya va sharq arxeologiyasi. XX asr boshlarida ular birlashib, keng mazmunli, zamonaviy arxeologiya shakllandi.
O'zbekistonda arxeologiya fani XX asrning 20-30-yillarida shakllandi. V. L.Vyatkin Afrosiyob xarobasini (1925; 1929-30), B. P. De-nike qadimiy Termizni (1926-27), M. Ye. Masson Ohangaron vodi-ysini (1925-28), Ayritom xarobalarini (1932-33) qazib o'rgandilar. 30-yillarda keng ko'lamda qazish ishlarini A. Yu. Yakubovskly Zarafshon vodiysida (1934, 1939), M. Ye. Masson qadimiy Termizda (1936-38), V. A. Shishkin TaU Barzuda (1936-39), Varaxshada (1937-39), S. P. Tolstov, Ya. Ye. G'ulomov qadimiy Xorazm voha-sida (1937-50), A. P. Okladnikov Teshiktosh va Machay g'orlarida (1938-39), V. V. Grigoryev Qovunchitepa xarobalarida (1934-37) olib bordilar. To'plangan arxeologik materiallar O'zbekiston tarixini davrlashtirishda muhim manba bo'ldi, yangi arxeologik mada-niyatlar (Kaltaminor, Tozabog"yop. Qovunchi madaniyatlari va b.) o'rganilib, fanga kiritildi. Tpshiktosh g'oridan neandertal tipidagi odam skeletining topilishi O'zbekiston arxeologiyasida buyuk kashfiyot bo'lib, dunyo olimlarida katta qiziqish uyg'otdi.
O'zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda O'rta Osiyo davlat universitetida arxeologiya kafedrasining ochilishi (1940), O'zFA Arxeologiya boMimining tashkil etilishi (1943) katta aha-miyatga ega bo'ldi. Arxeologik yodgorliklarni tumanlarga bo'lib o'rganishda Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi. Pomir-Oloy va Pomir-Farg'ona ekspeditsiyalari katta rol o'ynadi. XX asrning 50-yillarida O'zbekiston arxeologiya ekspeditsiyasi otryadlari Toshkent vodiysida mozorqo'rg'onlarni (T.A'zamxo'jaev). Zamonbobo bronza davri qabristonini (Ya.G'ulomov), Bolaliktepa yodgorligini (L.I.Al-baum) va boshqalarni o'rganishga kirishdi. 60-yillarda Moxondaryo arxeologik otryadi Ya.G'ulomov rahbarligida Zarafshonning quyi oqimida mil.av. 4—2-ming yillikka mansub 60 dan ortiq neolit va bronza davriga oid manzilgohlar, Uchtut-chaqmoqtosh konlari (A. Asqarov, M. Qosimov, U. Islomov va T. Mirsoatov), Mo'minobod qabristoni (A. Asqarov), Samarqand makoni (D.N.Len, M. Juraqulov), Chust bronza davri qishlog'i xarobasi (V.Sprishevskiy), Dalvarzintepa (Yu. A.Zadneprovskiy), Xolchayon (G. A Pugachen-kova) va boshqa arxeologik obyektlarida keng koiamda qazishlar olib bordi. Tuproqqal'a, Varaxsha, Bolaliktepa, Afrosiyob, Quva hukmdor saroylari va ibodatxonalaming o'rganilishi, Samarqand va Mug' tog'ida qadimiy sug'd, Xorazmda xorazmiy yozuvlarining topilishi O'zbekiston madaniyatining yuqori darajaga ko'tarilganini ko'rsatadi.