Fan Tarixdan hikoyalar I. Mavzu



Download 4.89 Mb.
Page50/156
Date11.01.2023
Size4.89 Mb.
#60342
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   156
5 синф тарих
DARSNING BOSQICHLARI

T.r.

Bosqichlar

Mazmuni

Uslublar

Vaqti

I.

Tashkiliy
Ishlar

Salomlashuv.
Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash

og‘zaki
muloqot

3
Daqiqa




II.

Dars
mazmunini tushuntirish

Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi
mavzuni tushuntirish.

tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.

25 daqiqa




III.

O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash

Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.

Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi

12
Daqiqa

IV.

Dars
yakunlarini chiqarish

Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.

O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.

5
Daqiqa

O‘quv mashg‘ulotining borishi


I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni
Ishlab chiqarish texnikasi nima? Ishlab chiqarish texnikasi deyilganda inson mehnatini yengillashtiradigan va mehnat unumdorligini juda ko'p marotaba oshirishga imkon beradigan mehnat qurollari tushuniladi.
Texnikaning avvalgi mehnat qurollaridan asosiy farqi — ishlab chiqaiishda inson qo'l mehnatini nihoyatda kamaytirishidayoki unga umuman o'rin qoldirmasligidadir. Bunday misollami ko'plab keltirish mumkin. Motiga, omoch, plug, charxpalak, urchuq, charx, to'quvchilik dastgohlari, shamol tegirmoni va boshqalar odam qo'l mehnatini eng ko'p darajada yengillashtirishga imkon beradigan texnikani yaratish yo'lidagi urinishlar edi.
Sanoatda ishlab chiqarish texnikasining paydo bo‘lishi sabablari. Sanoat xo'jalikning texnikayordamida xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan sohasidir. Sanoatda ishlab chiqarish texnikasining qo'llanishi XVIII asrga kelib dastlab Angliyadayuz berdi. Bunga qanday omillar sabab bo'lgan?
Bu davrda Angliyada ishlab chiqarish gurkirab rivojlanmoqda edi. U yirik harbiy dengiz va savdo flotiga ega bo'lgan. Bu hoi unga chet ellarga katta miqdorlarda tovarlar chiqarib sotish imkonini bergan. Angliya ishbilarmonlari chet ellarga yanada ko'proq, birinchi navbatda, eng xaridorgir to'qimachilik sanoat mahsulotlarini olib chiqib sotish va undan katta boylik orttirishga intilganlar. Ayni paytda Angliya o'zi bosib olgan o'lkalar hisobiga ulkan xomashyo man- balariga ham ega bo'lib olgan edi. Buning natijasida Angliya ishbilarmonlarining boyliklari tobora ortib borgan. Oqibatda, ularning qo'lida keng ist’emol tovarlari ishlab chiqarish mumkin bo'lgan fabrikalar qurish va unda ilg'or texnika yutuqlaridan foydalanish imkonini beradigan darajada pul mablag'i to'plangan. Shu tariqa Angliyada ishlab chiqarish texnikalari (mashinalar) ixtiro qilish davr talabiga aylangan.
Buyuk ixtirolarning boshlanishi. Angliyada ishlab chiqarish texnikasidagi ixtirolar dastlab to'qimachilik sohasida boshlandi. Bunga sifatli matolarga talabning tobora ortib borishi sabab bo'ldi. Bu talabni faqat ishlab chiqarish texnikasi (mashinalar) yordamidaginaqondirish mumkin edi. Dastlabki ixtiro XVIII asrda amalga oshirildi. Shu asrda mexanik va to‘- quvchi Jon Key to‘quv dastgohini ixtiro qildi.
Bu ixtirogacha to‘quvchi o‘rmakni g‘altak iplari orasidan o‘zi o‘tkazib turishga majbur bo‘layotgan edi. Ixtirodan so‘ng esa to‘- quvchi bu ishni oyoq qurilmasini bosib turish orqali bajaradigan bo‘ldi.
Bu davrda Angliyada yigirilgan ipga ham talab oshib borgan. Bu esa, o‘z navbatida, JeymsXargrivs tomonidan bir vaqtning o‘zida 18-20 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq ixtiro qilinishigaolib kelgan. U o‘z ixtirosini qizining nomi bilan «Jenni» deb atagan. Yigirilgan iplardan ko‘plab miqdorda mato to4 qi у dig an to‘quvchilik texnikasi ham kerakedi. Bu muammoni Edvard Kartrayt hal etgan. U mexanik to‘quv texnikasini ixtiro qilgan. Bu texnika to‘quvchining mehnat unumdorligini 40 baravar oshirgan.
Bug‘ mashinasining ixtiro qilinishi. Ishlab chiqarishning yanada unumliroq bolishi uchun faqat suv bor joydaemas, istagan joyda ishlatish mumkin borgan texnika kerak edi. Tez orada bunday texnikani angliyalik Uatt Jeyms ixtiro qilgan. Bu birinchi dvigatel (motor), ya’ni harakatga keltiruvchi texnika edi. Ixtirochi dvigatelni o‘n yil mobaynida takomillashtirib borgan.
Hozirgi zamon yengil avtomobili dvigateli (motori)ni ko‘z oldingizgakeltiring. Dvigatel benzin yoki gaz bilan harakatga keladi. Uatt Jeyms yashagan davrda benzin yoki gazdan foydalanish hali kashf etilmagan edi. Dastlabki dvigatel bug’ bilan harakatga keltirilgan.
Shuning uchun ham u bug’ mashinasi deb atalgan. Bug’ suvni qaynatish yo‘li bilan hosil qilingan.
Ip yigiruvchi va yigiiilgan iplardan mato to‘quvchi texnikalar shu bug’ mashinasi bilan harakatga keltirilgan. Bu hodisa o‘sha davr uchun nihoyatda katta muvaffaqiyat edi. Bug’ mashinasining ixtiro qilinishi keyinchalik transport texnikalari uchun ham dvigatel yaratilishiga olib keldi.
XVIII asrda amalga oshirilgan bu kabi ixtirolar Angliyani dunyoning eng rivoj langan davlatiga aylanishiga olib kelgan.


Download 4.89 Mb.

Share with your friends:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   156




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page