Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
5 daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa). Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi. IX.Yangi mavzu bayoni Piza minorasi.Piza minorasi jahon madaniyatining mashhur namunalaridan biri sanaladi. U XII-XIV asrlarda Italiyaning Piza shahridagi sobor maydonida qurilgan.
Minora 8 qavatli bo‘lib, oq marmardan ishlangan. Minora silindrsimon shaklga ega, balandligi 54,5 metrni tashkil etadi. Sirt qismi oltita belbog ‘ bilan o‘ralgan. Minoraning tepasiga 300 tapillapoyali zinapoyadan chiqilgan.
Piza minorasi «Qulayotgan minora» deb ham ataladi. Bunga u qurilgan joyning cho'kishi oqibatida minoraning bir tomonga og'ganligi sabab bolgan. Og'ishni to'xtatish choralari ko'rilgan, albatta. Shunday bolsa-da, o‘tgan bir necha asr davomida bu og‘ish 5 metrga yaqinlashib qoldi. Keyingi 100 yil ichida esa bu ko‘rsatkich 30 sm ni tashkil etdi.
Tauer ko‘prigi.Dunyoning mashhur tarixiy obidalaridan yana biri Angliyaning poytaxti London shahrini kesib o‘tuvchi Temzadaryosi ustiga qurilgan Tauer ко‘prigidir. Ko‘prikni muhandis G. Jons loyihalashtirgan edi. Ko'prikni qurish 1894-yilda tugallangan. Shu yili ko'prikning tantanali ochilish marosimi o'tkazilgan.
Dunyoning bu nodir tarixiy obidasi Temza daryosi ustiga qurilgan boshqa ko'priklardan ikki qavatli qilib qurilganligi bilan farq qiladi. Ko'prikning umumiy balandligi suv ustidan 45 metrni tashkil etadi.
Temza daryosidan kemalar qatnayot- ganida birinchi qavat balandga qarab ikki tabaqaga ajraladi. Ikkinchi qavat piyodalar qatnaydigan ikki yo‘lakdan iborat. Bino- barin, kemaqatnovi davrida ham ko‘prik- dan yo‘lovchilarning o‘tishi to‘xtab qolmaydi.
Ko‘prikning ikki boshiga ikkita minora qurilgan. Minoraning tepasiga 40 kishi sig‘adigan lift orqali chiqiladi va lift orqali pastga tushiladi.
Tauer ko‘prigi o‘zining go‘zalligi, London shahrining chiroyiga chiroy qo‘- shishi bilan ham ajralib turadi.
Tojmahal maqbarasi.Hindistonning Agra shahri yaqinidagi Tojmahal maqbarasi jahon me’morchiligining betakror namunasidir. Shuning uchun ham unga dunyo mo‘jizalaridan biri, deb baho berilgan.
Maqbarani boburiy hukmdor Shoh Jahon vafot etgan vafodor xotini Mumtoz Mahalbegim xotirasiga bag‘ishlab qurdirgan. Maqbara 1647-yilda qurib bit- kazilgan. Tojmahal maqbarasi bugungi kunda ham o‘zining go‘zal salobatini ko‘z- ko‘z qilib turibdi.
Eyfel minorasi.Eyfel minorasi Siz bilgan boshqa minoralardan farqli o‘laroq metalldan ishlangan. U 1889-yildaFran- siyaning quruvchi- muhandisi Aleksandr Eyfel tomonidan Parij shahrida bunyod etilgan. Muhandis uni XIX asr texnikasi yutug ‘ining ramzi sifatida qurgan edi. Metalldan ishlangan vao'sha davrdajahonda tengi bo'lmagan bu minora Jahon ko'Tgazmasida namoyish etilgan. Minoraning balandligi 300 metrga yaqin bo‘lib, og'irligi 9 ming tonnani tashkil etgan. Minoraning quyi qismi kvadrat piramida ko'rinishigaega.
Minoraning tepasida mayoq ham qurilgan. Kuchli shamol turganida minoraning og'ishi 15 metrni tashkil etadi. Biroq u o‘ta mustahkam bo‘lganligi uchun qulamaydi.
Ozodlik haykali.Ozodlik haykali ham dunyoning mashhur tarixiy obidalaridan biri. U Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH)ning Nyu-York shahrida qad ko'tarib turibdi. Haykalni Fransiya haykaltaroshi F. Bartoldi yaratgan. Fransiyadayaratilgan, og‘irligi 113 tonnadanortiq, balandligi esa 46 metr bo‘lgan bu haykal po'latdan tayyorlanib, sirti mis bilan qoplangan.
Tagkursisi bilan qo‘shib hisoblanganda haykalning uzunligi 93 metrni tashkil etadi. Haykalni yaratish uchun ketgan xarajatni Fransiya xalqi, og'Migi yigirma to'rt yarim tonna borgan tagkursining xarajatini esa Amerika xalqi to'plagan.
1886-yilda Ozodlik haykali tayyor bo‘lgach, qismlarga bo‘linib AQSHga olib kelingan. Haykal fransuz xalqining Amerika xalqiga AQSH tashkil topganligining 100 yilligiga ikki xalq do‘stligining ramzi sifatida qilgan tuhfasi edi.
1886-yilning 28-oktabrida Ozodlik haykalining ochilish marosimi o‘tkazilgan.
Amerika Qo'shma Shtatlari 1776-yilda tashkil topgan. Ungacha Angliya
mustamlakasi bo'lgan edi.
Ozodlik haykali o‘zida Ozodlik ma’budasini aks ettirib turibdi. Ozodlik ma’budasining boshiga 7 nur taratayotgan toj kiydirilgan. Bu 7 nur Yevropa geografik an’analariga ko‘ra 7 dengiz va7 qit’aning ramzi hisoblanadi.
Ozodlik raa’ budasi o‘ng qolida olovni ko‘tarib turibdi. Chap qolida ushlab turgan taxtachaga «4-iyul 1776-yil» deb yozilgan. Bu sana AQSHda «Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilingan kunni anglatib turadi.