Fan Tarixdan hikoyalar I. Mavzu



Download 4.89 Mb.
Page82/156
Date11.01.2023
Size4.89 Mb.
#60342
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   156
5 синф тарих
DARSNING BOSQICHLARI

T.r.

Bosqichlar

Mazmuni

Uslublar

Vaqti

I.

Tashkiliy
Ishlar

Salomlashuv.
Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash

og‘zaki
muloqot

3
Daqiqa




II.

Dars
mazmunini tushuntirish

Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi
mavzuni tushuntirish.

tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.

25 daqiqa




III.

O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash

Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.

Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi

12
Daqiqa

IV.

Dars
yakunlarini chiqarish

Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.

O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.

5
Daqiqa

O‘quv mashg‘ulotining borishi


I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni
O‘zbekistonning g‘alla mustaqilligi. G'alla (bug'doy) xalqi- mizning rizq-ro'zi. O'zbekiston
mustamlaka bo'lgan davrlarda sobiq SSSRni paxta bilan ta’minlab kelgan. O'zbekistonning paxtasisiz SSSRning to'qimachilik korxonalari faoliyat ko'rsata olmagan. O'zbekiston o'z aholisi uchun zarur g'allaning asosiy qismini SSSRdan o'z paxtasi evaziga olgan. Bu ko'rsatkich yiliga salkam 3 million tonnani tashkil etgan. SSSR parchalangach g'allani chet ellardan sotib olishimizga to'g'ri kelgan. Biroq o'zaro aloqalarning buzilishi natijasida Respublikamiz atigi 3 kunga yetadigan g'alla zaxirasi qolgan kunlarni ham G‘alla o‘rimi. boshidan kechirgan. Bunday og'ir sharoitdan chiqish uchun Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatning g‘alla mustaqilligiga erishishi haqida qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra Respublikada paxta ekiladigan yer maydonlari qisqartirildi. Paxtadan bo‘shagan yerlarda g‘alla yetishtirila boshlandi. Ayni paytda har gektar yerdan olinadigan don hosildorligini oshirish choralari ko‘rildi. Bu harakat tez orada o‘z samarasini berdi.
2003-yilda O‘zbekiston g'alla mustaqilligiga erishdi. Shu yili O‘zbekiston dchqonlarining fidokorona mchnati tufayli mamlakatimizda 5 mln. 100 ming tonna g'allayetishtirildi. Bu 1991-yilganisbatan 5,5 marta ko‘p edi.
Mchnatsevar dchqonlarimizning mehnat jasoratlari tufayli 2010-yilda Respublikamizda 7 mln. tonnadan ortiq g‘alla yetishtirildi. Bugun O‘zbekiston g‘allasi hatto chet elga ham sotilmoqda.
Neft mustaqilligi. Siz neft nimaligini yaxshi bilasiz. Uning kishilikjamiyati barqarorligi uchun ahamiyati nihoyatda ulkandir. Shuning uchun ham u qora oltin deb ham yuritiladi. Neftdan olinadigan mahsulotlarni ko‘z oldingizga keltiring-a. Bular benzin, kerosin, solarka va boshqa yonilg‘ilardir. Bularsiz xalq xo‘- jaligining hech bir sohasi bir maromda faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Chunonchi, kerosinsiz samolyotlar ucha olmaydi. Solarkasiz qishloq xo‘jalik texnikalari yurmaydi. Benzinsiz transport vositalari harakatlana olmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, neftni xalq xo‘jaligining tomirlarida oqayotgan qonga qiyos qilish mumkin. Shuning uchun ham neft mahsulotlariga bo‘lgan chtiyoj yildan yilga ortib bormoqda.
Dunyoda neft zaxiralariga boy davlatlar ham talaygina. Biroq neftning jahon bozoridagi narxi yildan yilga ortib borayotir. Shunday sharoitda о‘zini o‘zi neft mahsulotlari bilan ta’minlashjuda muhimdir. Shundagina o‘zgalarqo‘ligaqarab qolinmaydi. O‘zbekiston neft zaxirasigaboy o‘lkalardan biri. О‘ zbekistonda AQS H va Yaponiya bilan hamkorlikda qator neft konlari ishga tushirildi. Natijada neft qazib olish yildan yilga ortib bordi.
1995-yildan O‘zbekiston chetdan neft sotib olishni to'xtatdi. Respublikamiz neft mustaqilligigaerishdi.
Farg'ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari Respublikaning neft mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirib kelmoqda.
O‘zbekiston paxtasining dunyodagi o‘rni. O'zbekiston dunyoda o'zining paxtasi bilan ham mashhur. Respublikamiz dunyoda paxta yetishtirish bo'yicha oltinchi, uni chet davlatlarga sotish bo'yicha esa uchinchi o'rinda turadi. Paxta qimmatbaho xomashyodir.
Bir tonna paxta xomashyosidan o‘rtacha 320 -350 kg tola olinadi. Bu toladan esa 3500 kvadrat metr gazlama to‘qish mumkin. Shuningdek,620kgchigitham olinadi. Bu chigitdan esa 110 kg paxta moyi, 225 kg kunjara va 175 kg sheluxa va boshqa mahsulotlar olinadi.
Yoki mashinasozlik sanoatini olaylik.
Zamonaviy sanoat. Zamonaviy qishloq xo'jalik texnikalarisiz qanday qilib qishloq xo'jaligida ish yuritish mumkin? Mashinasozlik sanoatisiz O'zbekiston zamonaviy yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi mamlakatga aylana olarmidi? Bir-biridan ajoyib yengil mashinalar ishlab chiqarilayotganiigiga o'zingiz hamguvohsiz.
Kimyo sanoatisiz ham qishloq xo'jaligining rivojlanishini tasawur etib bo'lmaydi. Axir mineral o'g'itlarsiz qanday qilib ekinlaming hosildorligini oshirish mumkin? Yoki qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kimyoviy vositalarsiz qanday kurashish mumkin?
Yoinki oziq-ovqat sanoatisiz aholini turli xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab bo'ladimi? Shunday ekan, Respublikamizda sanoatni rivojlantirish masalasiga bundan keyin ham katta e’ tabor
berilaveradi.

Download 4.89 Mb.

Share with your friends:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   156




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page