Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
5 Daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa). Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi. IX.Yangi mavzu bayoni O‘zbekistonning birinchi Prezidenti. O'zbekiston sobiq SSSR tarkibidagi mustamlaka edi. XX
asrning 80-yillariga kelganda SSSRning inqirozga yuz tutayotganligi yaqqol namoyon bo’ldi. Mustamlaka xalqlaming, jumladan, o'zbek xalqining mustaqillik uchun kurashi bu inqirozni yanada kuchaytirdi.
Shunday sharoitda, O‘zbekistonni mustaqillik sari dadil yetaklashga qodir, kerak bo'lsa, jonini ham fido qilishga tayyor turadigan yo'lboshchi - rahbar zarur edi.Shunday bir sharoitda Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston rahbari etib saylandi. U bunga qadar qator yuqori davlat rahbarlik lavozimlarida ishlab katta tajriba to'plagan edi.
1990- yilning 24-martida O'zbekiston tarixida birinchi bor Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Bu hodisa O'zbekistonning mustaqilligi uchun kurash yo'lida muhim tarixiy voqea bo'ldi. Shu kuni kelajakni oldindan ko'ra oluvchi va donishmand rahbar, o'zbek xalqining vatanparvar farzandi, yo'lboshchisi Islom Karimov O'zbekiston Prezidenti etib saylandi.
Prezident — ma’lum muddatga saylab qo'yiladigan davlat boshlig'idir. Prezidentlik davlatdagi eng oliy lavozim. «Prezident» atamasi lotincha so‘z bo'lib, o'zbek tilida «oldinda o'timvchi» degan ma’noni anglatadi.
O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi.Prezident Islom Karimov О'zbeki storming mustaqilligini ta’minlashni o'zining asosiy vazifasi deb e’lon qildi. Ayni paytda O'zbekistonni davlat mustaqilligiga olib keladigan tadbirlami izchillik bilan amalga oshira boshladi. Ularning orasida 1990-yilda qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiyasi» katta tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi.
Qulayotgan SSSRning rahbarlari 1991-yilning avgnst oyida kuch ishlatish yo'li bilan SSSRni saqlab qolishga urindilar. Biroq bu urinish halokatga uchradi. Bu hodisa SSSRning qulashijarayoniniyanadatezlashtiribyubordi. Shunday sharoitda Islom Karimovning tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 31- avgust kuni «O'zbekiston Respublikasining DavlatMustaqilligi asoslari to'g'risida» Qonun qabul qildi. 1-sentabr esa O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi.
Xalqimiz bu ulkan tarixiy hodisani zo'r shod-u xuiramlik bilan kutib oldi. Shu tariqa dunyo siyosiy xaritasida yangi davlat - O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi.
yilning 29-dekabrida Islom Abdug 'aniyevich Karimov muqobillik asosida mustaqil O'zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.
O’zbekiston Respublikasining davlat ramzlari.O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o'z qiyofasini xalqaro me’yorlardoirasida namoyon qilishi lozim edi. Davlatning qiyofasi esa uning ramzlari da aks etadi. Ramzlar davlatning, xalqning o'ziga xos jihatlarini ifodalovchi timsollardir. Ramzlar davlatni xalqaro miqyosda tanituvchi, uning mustaqil ekanligini anglatib, davlatlarni bir-biridan farqlantirib turuvchi belgilardir. Ramzlar xalqning o'z taqdirini bundan buyon o'zi belgilash huquqiga ega bo'lganligini ham anglatib turadi. O'zida xalqning o'tmishi, buguni va kelajagini, orzu-maqsadlarini aks ettiradi. Shuning uchun O'zbekiston ham qisqa vaqt ichida o'z davlat ramzlarini qabul qilishga kirishdi.
O'zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o'z davlat ramzlari-bayrog'i, gerbi va madhiyasiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 5-modda Chunonchi, О‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i 1991-yilning 18-noyabrida, Davlat gerbi
yil 2-iyulda, Davlat madhiyasi esa 1992-yil 10-dekabrda tasdiqlandi.Siz davlatimiz ramz- larining mazmuni, ularda aks etgan har bir tasvirning qanday ma’noni anglatishini «Konstitutsiya olamiga sayohat» darslarida bilib olgansiz.
Qoraqalpog’iston Respublikasi.О‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, uning tarkibidagi Qomqalpog‘istonga О‘zbekiston tarkibidagi musta- qil Respublika maqomi berildi. 0‘zbeklar va qoraqalpoqlar asrlar davomida yonma-yon, og‘a- inilardek yashab kelganlar. Ularning munosabatlari do‘stlik vaqardoshlikka asoslangan. Ularning tillari ham bir-birigayaqin.
О‘zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining Konstitutsiyasiga, davlat ramzlariga, qonun chiqaruvchi hokimiyatiga va hukumatigaega. Qoraqalpog‘iston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyatni Jo‘qorg‘i Kenges amalga oshiradi