1-TAJRIBA ISHI FOYDALI QAZILMALARNI ELASH JARAYONINI O‘RGANISH
Ishning maqsadi va vazifalari: laboratoriya elaklarning tuzilishini o‘rganish va elash samaradorligini aniqlash.
Nazariy ma’lumotlar
Elash - foydali qazilmaning yirikligiga qarab, bir yoki bir necha elaklar orqali elab, sinflarga ajratish jarayonidir. Elashdan chiqqan mahsulot, elak usti - katta o‘lchamli elakda qolgan mahsulot va elak osti – elakdan o‘tgan mahsulotlarga bo‘linadi. Elash kerak bo‘lgan material iste’molchiga jo‘natiladigan tayyor mahsulot bo‘lsa, yakuniy elash jarayoni, material keyingi boyitish uchun yuborilganda esa tayyorlovchi elash jarayoni hisoblanadi. Foydali qazilmani maydalashdan oldin undan maydalarni ajratish uchun qo‘llanilganda, elash yordamchi operatsiya bo‘lishi mumkin.
Elash quruq, ho‘l va aralash usulda bo‘lishi mumkun. Amaliyotda qo‘llaniladigan g‘alvirlash qurilmalari kolsnikli g‘alvirlar, yoysimon qo‘zg‘almas g‘alvirlar, qo‘zg‘aluvchan konussimon g‘alvirlar, Qo‘zg‘aluvchan barabanli g‘alvirlar turlariga bo‘linadi.
G‘alvirlash natijalari ajratish mahsulotlarining sifati bo‘yicha baholanadi. Masalan, ko‘mirni tovar navlariga tasniflashda, ajratish sifatining ko‘rsatkichi – bu elak usti mahsulotdagi mayda materialning tarkibi: suvsizlanish paytida-elak osti mahsulotning namligi uning sifat ko‘rsatkichlari bo‘ladi. Kichik materialni katta materialdan ajratishning to‘liqligi darajasi, elash samaradorligi bilan tavsiflanadi. Materialni ikkita mahsulotga saralashda elash samaradorligini (E) aniqlash uchun quyidagi formuladan keng foydalaniladi:
(1.1)
Saralash natijalariga ko‘ra, quyi sinfning dastlabki mahsulotdagi miqdori, elak usti mahsuloti va g‘alvirning samaradorligi aniqlanadi.
Elash samaradorligi va elaklarning ommaviy ishlab chiqarish quvvati jarayonning asosiy texnologik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ular bir-biriga ma'lum bir bog'liqlikda va o‘z navbatida ko‘plab omillarga bog‘liq: dastlabki materialining namligi, sitalarga, “murakkab” zarralarning mavjudligi, elakdagi yuk. “Murakkab” zarralar o‘lchami elak teshiklarining o‘lchamiga yaqin bo‘lgan zarralardir.
Elaklarning unumdorligini taxminan quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin:
(1.2)
bu yerda В va h sitaning bo‘yi va eni, м; υ – materialning elak orqali to‘liq harakatlanish tezligi (mahsulot berish tezligi), м/с; μ – bo‘shoqlanganlik koeffitsenti (0,4 – 0.6); γ – materialning hajmiy og‘irligi, кг/м3.
Material berish tezligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
, м/с, (1.3)
bu yerda D – sita ko‘zlarining diametri, мм.