3.2. Smola hosil qiluvchi erituvchilar va ularga quyiladigan talablar
O’lchamlari 10-5-10-7 sm bo’lgan kolloid zarrachani eritsh qobilyatiga ega bo’lgan eng yaxshi erituvcha tanlash maqsadida quyidagi talablar qo’yiladi.
Erituvchiga qo’yiladigan talablar:
- Polikondensatsiya jarayonida komponent bilan ta’sirlashmaydigan.
- Olingan smola erituvchida yaxshi diffuziyalanadigan bo’lishi kerak.
- Erituvchining uchuvchanligi plyonka hosil qilish vaqtida yaxshi bo’lishi kerak.
- Smolaning erituvchida erishi yuqori darajada bo’lishi kerak bo’ladi.
Polikondensatsiya jarayonida erituvchi smolani qovushqoqlik darajasini ta’minlaydigan bo’lishi kerak bo’ladi. Bundan tashqari eterifikatsiya mahsuloti mochevina formaldegid smolasi ham erituvchida eriydigan bo’lishi kerak.
Erituvchi bilan smola orasidagi miqdoriy nisbatlar ham amaliy ahamiyatga egadir.
7-jadval
Melamin-formaldegid va melamin-furfurol smolalarini turli erituvchilardagi unumi
Smolalarning
nomi
|
Smolalarni turli erituvchilardagi unumi
|
Izopropil spirti
|
Izobo’til spirti
|
Bo’til spirti
|
Smola va
izopropil
spirti
1:2
|
Smola, izopropil
spirti va GK eri
tuvchisi
1:1:1
|
Smola va
izobo’til
spirti
1:2
|
Smola, izobo’til
spirti va GK eri
tuvchisi
1:1:2
|
Smola va
bo’til spirti
1:2
|
Smola, bo’til spirti va GK eri-
tuvchisi
1:1:1
|
1. Melamin-formaldegid
2. Melamin- furfurol
|
67,4
84,8
|
58,2
74,2
|
69,7
87,4
|
60,8
76,8
|
92,4
96,2
|
89,9
90,1
|
Olingan natijalardan shuni ko’rish mumkinki, erituvchilardan butanol eng yaxshi talabga javob beradigan erituvchi ekanligi aniqlandi.
Mochevina va melamin-formaldegid smolalari olishda eng sifatli erituvchilardan biri furil spirti hisoblanadi.
Furfurolli smola Farg’ona viloyati smola ishlab chiqarish korxonasida olinadi.
Melamin-formaldegid smolasi 1997-yildan boshlab, Chirchiq O’z. kimyo sanoati akseonerlik korxonasida ishlab chiqarilmoqda.
Mochevina:formaldegid:furil spirti 1:2:2 nisbatlarda polikondensatsiya reaksiyalari tezligi o’rganilganda uning tezligini o’zgarishi erituvchi bilan bir qatorda formaldegidning miqdoriga hamda vaqtga bog’liqligini ko’rish mumkin.
Mochevina-formaldegid furil spirti smolasini polikondensatlab hamda eterifikatsiyalab olishning reaksiya knetikasi natijalari quyidagi 8-jadvalda keltirilgan.
Share with your friends: |