10-Jadval
Smolalar olishda ishlatiladigan reagentlarning fizik konstantalri
Reagent-
ning nomi
|
Struktura
formulasi
|
Mole-
kulyar massa
si
|
Zich-
ligi
kg/m3
|
Suyuqla-
nish tempe
raturasi
0C
|
Qaynash
temperatu
rasi 0C
|
Eruvchan
ligi
gr.
|
Mochevina (karbamid)
Melamin
Furfurol
Formal’
degid
Fenol
|
|
60,05
126,12
96,09
30,03
94
|
1330
1660
1161
815
1657
|
133
350
-36,5
-92
43
|
Parchala-
nadi
-
162
-12
183
|
78
0,3
8,3
40
4,8
|
Labaratoriya sharoitida butanollangan melamin furfurol smolasini olishning muqobil sharoitlari o’rganildi. Reaksiyaga kirishayotgan monomerlar va erituvchilar (melamin, furfurol, butanol) ning mol nisbatlari 1:6:2 bo’lganda, monomerlarning polikondensatlanish reaksiyasining davomiyligi 90 minut bo’lganda, reaksiya 850C temperaturada olib borilganda smola yuqori 94% unum bilan hosil bo’ladi.
Hosil bo’lgan smolaning eterifikatsiyalash reaksiyasi o’tkazib, reaksiyaning muqobil sharoitlari o’rganildi, melamin-furfurol smolasini eterifikatsiyalash reaksiyasi 950C haroratda olib boriladi. Reaksiya davomiyligi esa 120 minutni tashkil etishi o’rganildi.
Ma’lumki, mebel laki yoki avtomobil emali ishlab chiqarishda asosan erituvchilarning kompozitsion aralashmalari ishlatiladi. Masalan, melomen-formaldegid smolasining asosiy kompozitsion erituvchisi P-651 erituvchisining aralashmasi tarkibi o’rganilganda 90% etanol, 10% butanol ekanligi aniqlangan.
2-grafik. Smolaning unumini vaqtga va haroratga bog’liqlik grafigi.
1. T = 600C, 2. T = 850C melamin:furfurol:butanol 1:6:2 nisbatda.
XULOSA
Olingan natijalarga asoslanib, quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Melamin furfurol bilan polikondensatsiyalanishi natijasida dastlab 65-700C da, chiziqsimon tuzilishli; 85-900C da esa, narvonsimon tuzilishga ega bo’lgan melamin-furfurol smolasi hosil bo’lishi aniqlandi.
2. Melamin-furfurol smolasini hosil bo’lish reaksiyasining muqobil sharoitlari (melamin:furfurol:butanol=1:6:2 mol nisbatlarda, 850C haroratda, polikondensatsiyalanish reaksiyasining davomiyligi 90 minut ekanligi) o’rganildi.
3. Melamin-furfurol smolasining butanolli eritmada eterifikatsiyalanish reaksiyasining muqobil sharoitlari (90-950C haroratda, reaksiya davomiyligi 120 minut ekanligi) aniqlandi.
4. Polikondensatsiya hamda eterifikatsiya reaksiyalari ishqoriy sharoitlarda olib borilib, katalizator sifatida NaOH qo’llanilganda, reaksiya unumi 94% ga oshishi kuzatildi.
5. Melamin-furfurol smolasining eruvchanligi o’rganilib, asosan ko’pgina organik erituvchilarda, propil, izopropil butil va furil spirtlarida yaxshi erishi, tetragidro furan, ksilol, atseton va suvda erimasligi o’rganildi.
6. Polikondensatsiya reaksiyasi natijasida olingan melomen-furfurol smolasi liofob kolloid zarracha xususiyatiga ega bo’lganligi uchun organik eruvchilarda yomon erishi, butanol bilan eterifikatsiyalangandan so’ng liofil kolloid zarrachalar hosil bo’lishi va eruvchanligi yaxshilanishi kuzatildi.
7. Smolaning xossalari (uglerod, selyuloza, sulfed) yordamida yaxshilanib, quyi molekulyar spirtlar bilan modifikatsiyalab, samaliyotsozlik va avtomobilsozlikda,mebel ishlab chiqarishda, elektr asboblari tayyorlashda lak, emal, bo’yoqlar hamda yelimlar sifatida ishlatish mumkin degan xulosalarga kelindi.
Share with your friends: |