I bob. Magnoliyatoifa (Magnoliophyta). Gulli yoki yopiq urug`li o`simliklar


I.BOB. MAGNOLIYATOIFA (Magnoliophyta). GULLI YOKI YOPIQ URUG`LI O`SIMLIKLAR



Download 2.25 Mb.
Page5/13
Date09.05.2022
Size2.25 Mb.
#58711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
attachment
I.BOB. MAGNOLIYATOIFA (Magnoliophyta). GULLI YOKI YOPIQ URUG`LI O`SIMLIKLAR.

Ba`zi o`simliklar ilmiy adabiyotlarda va darsliklarda bu bo`lim urug`chili yoki ginetseyli o`simliklar deb ham yuritiladi. Magnoliyatoifalar deb atalishi esa so`nggi yillarda A.L.Taxtadjan qabul etilgan gulli o`simliklarning kelib chiqishi va klassifikatsiyasi sohasidagi yangi ilmiy dalillarga asoslangan.

Magnoliyatoifalar urug`li o`simliklarning ikkinchi bo`limi bo`lib, tanasining murakkab tuzilganligi,jinsiy ko`payishning o`ziga hosligi turlar sonining va turlicha muhit sharoitiga moslashuvchanlik imkoniyatlari juda katta bo`lganligi tufayli yer sharida keng tarqalganligi bilan yuksak sporali va ochiqurug`li o`simliklardan keskin farq qiladi. Ular barcha yuksak o`simliklar orasida filogenetik jihatdan eng yoshi hisoblanib, barq urib rivojlanishida mezazoy erasining bo`r davrining ikkinchi yarim yillikkato`g`ri keladi. XX asr o`simliklarning turlarr soni 160 mingtagacha deb hisoblangan, asr o`rtalarida 200 mingdan ko`proq va hozirgi kunda esa 533 ta oila, 13000 tagacha turkumning 250000 ta atrofida turlar mavjudligi aniqlanga.

Magnoliyatoifalarning muhim belgilari. Magnoliyatoifa yoki gulli o`simliklardan vegetativ a`zolarining o`ta murakkab tuzilganligi bilan ajralib turadi. Ildizlari o`q ildiz, qo`shimcha ildizlardan shakillangan popuk ildiz sistemasi,havodan nafas oluvchi va tayanch ildizlari bo`ladi. Ayrim hollarda ildizlarni tuganak bakteriyalari bilan birlashib yashashi ham kuzatiladi (burchoqdoshlarda). Ildiz sistemasi o`zining asosiy funksiyasi- o`simlik yer ustki qisimlarini tuproqqa birlashtirish, suv va mineralli moddalarni so`rishdan tashqari ortiqcha zaxira moddalarni to`plash vazifasini ham bajaradi (ildizmevalarda).

Novdalari juda hilma xil tuzilishga ega yog`ochlashgan o`t, ko`p yillik, bir yillik, o`sish shakillariga ko`ra tik, yotib o`suvchi, sudralib, chirmashib, ilashuvchi, o`raluvchi; ko`ndalang kesimi –doira, to`rt qirrali, uch qirrali, yassi va hakazo. Poya va novdalari turli shakl o`zgarishlari kuzatiladi (tikanli, ildizpoyali, tugunakli, piyozboshli). Ba`zan poyalari rivojlanmagan va barglari ildiz bo`g`zi atrofida g`uj bo`lib o`rnashgan (qoqio`t, zubturum).

Barglarning tuzilishi va shakillari nihoyatda xilma-xil. Ular bandli, o`troq, qinli, onbargchali, oddiy, murakkab, butun, turli darajada kesilgan, bo`lakli; tomirlanishi patsimon, to`rsimon, parallel, yoysimon; siliq, tukli tikanchalarga aylangan (zirk, bo`ztikan, kaktuslar). Ba`zan barglari juda qisqargan tangachalar ko`rinishida yoki butunlay yo`q (saksovul, qandim va zag`oza). Bularning barchasi o`simlik turlarining yashash muhitiga moslashishi uchun korinishning natijasi bo`lib, evalutsion jarayonda paydo bo`lgan hususiyatlardir. Magnoliyatoifalarning boshqa yuksak o`simliklardan farq qiladigan eng asosiy belgisi ulardan maxsus jinsiy (generativ) ko`payish gulining bo`lishidir. Barcha yuksak o`simliklarnikidek ularning taraqqiyot siklida ham ikki faza (bosqich) mavjud: sporafit (diploid, jinssiz) va gametafit (gaploid, jinsiy). Tomchi suvli muhitga bog`liq bo`lmagan tarzda bu ikkala bosqich almashinib, gallanib sodir bo`ladi.

Gul – metamarfozlashgan poya va barglar kombinatsiyalaridan iborat bo`lib, poyaning kurtagi – g`unchadan rivojlanadigan generative organdir. Gul tuzilishidagi quydagi o`ziga xos belgilar magnoliyatoifalarni boshqa yuksak o`simliklardan keskin ajralib turadi:



  1. Ug`kurtaklari bir necha mevabarg (karpella)iardan iborat bo`lib,

urug`chi tugunchasining ichida yopiq holda joylashgan.

  1. Chang donachalari to`g`ridan-to`g`ri urug`kurtak mikropilesiga emas, bolki urug`chining tumshuqchasiga tushadi va o`rnashadi.

  2. Gametofitlar juda qisqargan, gametangiysi yo`q va gametofit bir necha marta bo`linish natijasida shakillangan.

  3. Qo`shaloq urug`lanish sodir bo`ladi, spermilardan biri urug`kurtak murtak xaltasi ichidagi tuhum hujayra bilan, ikkinchisi esa diploid xromosomali markaziy hujayra bilan qo`shiladi, natijada murtak va uni oziqlantiruvchi triploid enosperim to`qimasi hosil bo`ladi. Aksaryat hollarda gul huddi novda kabi qoplagich barg qo`ltig`ida hasil bo`lib, uning gulbandi, gulyonbarglari, gulo`rni mavjud. Gulo`rniga gulkosachabarglar (kosacha), gultojibarglar (gultoj), changchilar va urug`chi (urug`chilar) joylashadi.

Yopiq urug`li o`simliklar uchun hos bo`lgan muhim belgilardan biri – bu qo`sh urug`lanishning hosil bo`lishi, y`ni qo`sh urug`lanish (otalanish) natijasida 2 ta zigota hosil bo`lib, ulardan biri rivojlanib, deyarli bir vaqitda murtak (embrion) va ikkinchisidan endosperm vujudga keladi. Qo`sh urug`lanishda ikkita otalik gametalariikkita onalik gametalari bilan qo`shiladi. Murtakni oziqlantruvchi to`qima endosperm bilan moddaga boy bo`lgan to`qima hisoblanadi.

Gulli o`simliklarning har xil sharoitga moslashib o`sishi va hozirgi geologik davirning hukumron o`simligi bo`lib qolishi sabablaridan biri ham – murtakni to`qimadan tashkil topgan endosperm bilan oziiqlanishidir. Gulli o`simliklar ikkita sinfga, bir va ikki urug`pallalilarga bo`lib o`rganiladi.

Magnoliyatoifa o`simliklari – hozir yer yuzasida o`simliklar orasida ustunlik qilayotgan eng katta bo`lim. Ular bir qancha aniq belgilari bilan o`simliklar dunyasining boshqa vakillaridan farq qiladi.


  1. Yopiq urug`lilarning urug`i meva ichida bo`ladi, shuning uchun bu o`simliklar ,,yopiq urug`lilar” deb ataladi.

  2. Gullari changchi va urug`chilardan tashkil topgan. Gullari juda ham hilma-xil bo`ladi. Golqo`rg`oni bor.

  3. Changlanishi hamda urug` va mevalarning tarqalishi turli usullar va shamol, hashorotlar, qushlar, suv yordamida tarqatadi.

  4. Qo`sh urug`lanish sodir bo`lishi buning natijasida murtak (embrion) va endosperm hosil bo`ladi.

  5. Yopiq urug`lilarning urug`kurtagi urug`cha, tugunchasi mevaga aylanadi. Mevalar mevacha barglarining himoyasida yetishadi.

  6. Ular morfologik, anatomik jihatdan boshqa tipdagi o`simliklarga nisbatan juda murakkab tuzilgan.

  7. Hayotiy shakli bo`yicha ham hilma xildir.

Yopiq urug`lilarningkelib chiqishi haqida aniq bir ma`lumotlar, yagona fikirlar yo`q. Gulli o`simliklar hozirgi zamon filogenetik sistemalari orasida rus olimi akademik A.L.Taxtadjiyanning sistemasi o`zining mukammalligi, ixchamligi, sistematika fanining eng so`ngi yutuqlarini hisobga olib turkumlargacha aniqlik bilan tuzulganligi jihatdan alohida ajralib turadi. Bu sistemada magnoliyatoifalarning 533 ta oila, 13 ming turkum va 250000 ta atrofida turdan iborat ekanligi ko`rsatilgan.

Hozirgi vaqtda ko`pchilik sistematikalar ikki urug`pallalilar birlamchi hisoblashib, bir urug`pallalilarni ularning ayrim qabilalardan kelib chiqqan deya fikr yuritishadi.




Download 2.25 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page