RA`NODOSHLAR OILASINING SISTEMATIKASI.
Bu olila o`simliklarni sistemalash yani ularni siniflashning eng birinchi o`rinda o`simliklarni o`rganishga eng katta yordam beradi. Oila vakillarni qo`sh nomlash ham muhim ahamiyatga ega. Ya`ni tur va turkumni birgalikda aytish demakdir.
O`rta osiyoda oilaning 32 ta turkumga mansub 266 ta turi, o`zbekistonda 11 ta turkumga oid 96 ta turi o`sadi.
Olmalar olma turkumiga mansub daraxtlar bo’lib, O’zbekistonda ularning 5 ta turi bor. Shulardan 2 tasi yovvoyi, 3 tasi esa madaniy turlardir.
Nok guli va mevalari bilan olmaga o’xshaydi. Lekin mevasining etida tosh hujayralari borligi bilan olmadan farq qiladi. O’zbekistonda nok turkumiga oid 7 ta tur bor.
Yovvoyi olma, nok, olcha va boshqa mevali o’simliklar qurg’oqchilik, sovuq va zararkunandalarga chidamliligi tufayli yangi navlar yaratishda, chatishtirish yoki payvandtag qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
Ra’nodoshlar oilasiga tegishli o’simliklar respublikamizda madaniy holda ham ko’p tarqalgan. Ularga o’rik, shaftoli, gilos va olxo’ri, qulupnay, malina kabilar kiradi va ular xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Oila vakillaridan ikkitasi (o’rta Osiyo noki, Olga sorbariyasi) O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. Olmani misol qilamiz. 2-rasmda olma o`simligi misolida oilaning sistematikasi keltirigan.
Olma
Olma daraxti (Malus domestica)
|
Share with your friends: |