Bodom mag'zi tarkibida ko'p miqdorda moy emulsin fermenti, B1 va B2 vitaminlari qand, oqsil va boshqa moddalar bor. Xalq medetsinasida shirin bodom mag'zining qand bilan aralashtirilgani darmonsizlik, nafas qisish, bosh aylanish va yo'talga davo sifatida ishlatiladi. Achchiq bodomning musallas bilan qo'shilgani eshakemini davolashda, asal bilan aralashtirilgani esa toshma yaralarini quritishda davodir. Bodomning sirka bilan omixta qilingani zamburug'li kasalliklarga qarshi vosita hisoblanadi. Qariqiz o'simligining ildizini bodom moyiga qo'shib damlab, so'ngra boshqa surtilsa, sochning to'kilishi anchagina kamayadi. Moyi ajratib olingan shirin bodomning turupi teriga qo'yilsa, uning rangi tiniqlashib, latif va chiroyli bo'ladi. Shirin bodom moyi yoki mag'zi suvga obdon ezib aralashtirilsa, bodom «suti» hosil bo'ladi. Tayyorlangan bodom «suti»dan ichilsa, beozor siydik haydovchi omil bo'lib xizmat qiladi. Shirin bodom moyidan bolalarga surgi dori qilingan. Qizamiq chiqqan bolalarga chuchuk bodom urug'i po'chog'ining qaynatmasi ichirilgan. Chidamli navi sovuqqa anchagina chidamli. Kech gullaydi. Bu esa o'simlik gullarini sovuq urib ketishidan saqlaydi.