I bob. Rus davlatining siyosiy taraqqiyoti va markazlashuvi



Download 60.63 Kb.
Page1/4
Date24.03.2024
Size60.63 Kb.
#63923
  1   2   3   4
12333333

I.BOB. RUS DAVLATINING SIYOSIY TARAQQIYOTI VA MARKAZLASHUVI
1.1. Rusda feodal tarqoqlikning boshlanishi va markazlashuv jarayonlari
Rossiya-federativ (lot.birlashma,uyushma-davlat tuzilish shakli, yuridik jihatdan muayyan siyosiy mustaqilligi bо‘lgan davlat tuzilmalaridan tashkil topgan murakkab davlat, 2005 yil ma’lumotlariga qaraganda jahonda 21 ta federativ davlat bor) davlat tuzilishidagi mamlakat hisoblanadi. Rossiyaning umumiy maydoni 17,075 mln.km.kv.bо‘lib, u dunyoda maydoniga kо‘ra 1 о‘rinda turadi, maydoni jihatdan ikkinchi о‘rinda turuvchi Kanadadan qariyb ikki baravar katta. Mamlakat dunyodagi quruqlik yuzasining 11,46 foizini, Yer kurrasida aholi yashaydigan hududning 12,65 foizini tashkil etadi. Qirg‘oqlarini Tinch, Shimoliy Muz va Atlantika okeani dengizlari yuvib turadi. Hududining kattaligi bois, dunyoning 16 ta mamlakati bilan chegaradosh va bu kо‘rsatkich bо‘yicha dunyoda birinchi о‘rinda turadi. Rossiya federatsiyasi tarkibida 21 ta respublika, 7 ta о‘lka, 48 ta viloyat, 2 ta federal ahamiyatidagi shahar, 1 ta avtonom (mamlakat tarkibidagi biror hududning Konstitusiya bilan kafolatlangan о‘z-о‘zini boshqarish huquqi) oblast va 9 ta avtonom okruglar mavjud.
Rus yerlarida XI asr oxiri –XII asr boshlarida feodal jamiyat uzil-kesil barqarorlashdi. Mamlakatda boshlangan iqtisodiy taraqqiyot yirik yer egalari, knyaz va boyarlar (turk. vajar.amaldor-IX-XVII asrlarda rus davlatida mulkdorlarning oliy tabaqasi) ning kuchayishiga olib keldi. Novgorod, Polotsk, Smolensk, Rostov, Suzdal, Ryazan kabi yirik shaharlar о‘z viloyatlarining mustaqil markazlari bо‘lishga intilardi.
Bundan tashqari Rus yerlarining fojiasi о‘zaro qonli urushlar bilan ham bog‘liq edi. Bundan foydalangan qipchoqlarning hujumi 1054 yilda rus yerlariga hujumi mamlakatdagi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Ayrim knyazlar qipchoqlar bilan ittifoq tuzib, qо‘shni knyazliklarga qarshi yurish qilganlar. Rusdagi kо‘pgina knyazlar bu vaziyatdan chiqishni, nizolarga chek qо‘yishni о‘ylay boshladilar. Kiyev knyazi Yaroslav Mudriyning о‘g‘li Vladimir Monamax 1097 yili Lyubechda knyazlarning birinchi sezd (yunon.majlis) ini chaqiradi. Bu sezd “Har kim о‘z yurtiga ega bо‘lsin” deb qaror chiqardi. Bu esa feodal tarqoqlikning boshlanishini tantanali e’lon qilinishi edi. Solnomachi Nestor 1132 yili “Butun Rus yeri bо‘linib ketdi” deb yozgan edi. Rusda feodal tarqoqlik davri boshlandi.
Ayni paytda Kiyev knyazining mavqei pasaydi. Kiyev Rusidan mustaqil bо‘lgan yerlar: Chernigov, Polotsk, Pereyaslav, Galich, Volin, Smolensk, Ryazan, Rostov-Suzdal, Novgorod yeri, Kiyev kabi bir qator mayda knyazliklar tashkil topdi. Kiyev knyazligi 15 ta mustaqil knyazlikka bо‘linib ketib, ularning har qaysisida knyazlik sulolasi qaror topdi va hokimiyat endi boyarlarning ixtiyorsiz merosi tariqasida avloddan-avlodga о‘tib turdi.
Ushbu alohida knyazliklarning iqtisodiy va madaniy rivojlanishi ancha tez muvaffaqiyatli borayotgan edi-yu, lekin bu tuzumning 4 ta salbiy jihati bor edi, bular quyidagilar :
1.Knyazliklarga bо‘linish knyazlar о‘rtasidagi о‘zaro urushlar va janjallarni tо‘xtatmadi.
2. Rusning mudofaa qobiliyatini zaiflashtirdi.
3. Knyazliklar vorislar orasida maydalashib ketdi va XIII asrning boshiga kelib Botuxon bosqini arafasida 50 ta knyazlik tashkil topdi.
4. Juda tez orada knyazlar bilan mahalliy boyarlar о‘rtasida nizolar kelib chiqishga olib keldi.
XII asrga kelib joylarda feodallar juda boyib ketdi. Ular о‘zlarining drujinachi (knyaz yoki qirol atrofida birlashgan va jamiyatning imtiyozli qatlamini tashkil etgan jangchilar otryadi)lariga ega bо‘lib, ekspluatatsiya qilinuvchilarni bostirib turish uchun yetarlicha kuchga ega bо‘ldilar. Markazdan qochish jarayoni kelib chiqdi va XII asrda (1132 yilda ) Qadimgi Rus davlati inqirozga uchrab, 15 ta mustaqil knyazlik va о‘lkalarga bо‘linib ketdi: 1) Vladimir, 2) Suzdal, 3) Polotsk-Minsk, 4) Turov-Minsk, 5) Smolensk, 6) Muran, 7) Ryazan, 8) Chernigov, 9) Kiyev, 10) Pereyaslavl, 11) Galich, 12) Volin, 13) Tmutarakan knyazliklari, 14) Novgorod respublikasi va undan keyinchalik ajralib chiqqan 15) Pskov knyazligi bо‘lgan. Bulardan eng yiriklari: Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklari va Novgorod respublikasi bо‘lgan.
Vladimir-Suzdal knyazligi hududida о‘rmonlar kо‘p bо‘lib, XII asrda Moskva о‘rmoni yonida joylashgan. XI asr oxiridan bu hududga Novgorod va Smolensk yerlaridan aholi kelib joylashadi. Bu yerda Zvenigorod, Galich, Vishgorod, Starodub, Moskva, Nijniy Novgorod, Dmitrev, Kostroma, Buyuk Ustyug, Gorodets kabi shaharlar vujudga keladi. О‘lkada XIII asrga kelib 80 ga yaqin shaharlar bо‘lgan. 1097 yilda Lyubekda bо‘lib о‘tgan о‘lka feodallar sezdining qarori bilan Kiyev Rusining bо‘linishi natijasida Suzdal yerlari Vladimir Monomaxga о‘tadi. Lekin u bu yerlarni boshqarishni о‘z о‘g‘li Yuriy Dolgorukiyga (1125-1157 yillar) beradi. Yuriy Dolgorukiy Kiyevdan mustaqil birinchi knyaz edi. U Suzdalda yashab, katta yerlarni egallab oladi, knyazlik markazi qilib Suzdal shahrini tanlaydi. Knyazlik yerlaridagi Kuchkov qishlog‘ida 1147 yil bahorida Yuriy Dolgorukiy Kiyev ustidan erishilgan g‘alabalardan birini nishonlagan. U kо‘p shaharlarga, jumladan 1147 yilda Moskvaga asos soladi. Moskva deb atala boshlagan bu joyda birinchi yog‘och qal’a 1156 yilda qurildi.
U о‘lgandan keyin о‘g‘li Andrey Bogolyubskiy (1157-1174 yillar) Rostov-Suzdal knyazi bо‘lib qoldi. U poytaxtni Vladimir-Klyazma shahriga kо‘chiradi. Shundan sо‘ng bu davlat Vladimir-Suzdal knyazligi degan nom oladi. U 1169 yili Kiyevni egallashga intilgan knyazlarga zarba beradi. Knyaz Andrey Novgorodda о‘zini kishisini qо‘yadi. Rostov-Suzdalda boyarlarga qarshi kurashdi. Andreyni Vladimir shahri qо‘llaydi. Natijada u poytaxtni Vladimirga kо‘chirib, uning yaqinidagi Bogolyubovoda о‘z qarorgohini bunyod etgan, unga Bogolyubskiy laqabi ham shu joy nomidan olingan.
Andrey Bogolyubskiy о‘z hokimiyatini har tomonlama mustahkamlash choralarini kо‘rib, boyarlarni terror qiladi. Natijada boyarlar fitna uyushtirib uni 1174 yilda о‘ldiradilar. Shundan keyin ukasi Vsevolod Yurevich Bolshoye Gnezdo (Katta Uya), chunki uning о‘g‘illari kо‘p edi (1176-1212 yillarda boshqargan) boyarlarning chiqishlarini shafqatsiz bostirdi, boyarlarning fitnalarida qatnashganlarni ayovsiz jazoladi, Chernigov va Smolensk knyazliklarini о‘ziga bо‘ysundirdi.
Vsevolod boyarlarga qarshi kurashgan knyaz, savdogar va boy hunarmandlarga imtiyozlar beradi. Vsevolod Novgorodga о‘zi yuborgan knyaz, amaldor va noiblarni qabul qilishga majbur qiladi. Kiyev knyazi Vsevolodning hokimiyatini tan oladi. Sharqda Vsevolod lashkari bolgarlarga qarshi yurish qiladi. Vladimir shahri Volga daryosi orqali Kavkaz va Xorazm bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Vsevolod vafotidan keyin knyazlikda feodal urushlar boshlandi.
Vsevolodning о‘g‘illaridan biri Konstantin 1216 yili buyuk knyaz bо‘ladi. Ammo knyazlik mustaqil mulklarga bо‘linib, ularni Vsevolod о‘g‘illari boshqarishgan. Faqat Yuriy Vsevolodovich davrida (1219-1238) knyazlik kuchayib sharq tomonga kengaygan. Bolgarlarga qarshi yurishdan sо‘ng, 1226 yili Volga sohilida yangi Nijniy Novgorod shahriga asos solinadi. Yuriy va boshqa mahalliy knyazlar buyuk Novgorodda hamda Ryazan va Smolensk knyazliklarini bо‘ysundirishga kirishadi. Suzdal knyazi Yaroslav Vsevolodovich 1236 yil Kiyev knyazligini olsa, uning о‘g‘li Aleksandr (Nevskiy) buyuk Novgorod knyazi bо‘lgan.
Novgorod yerlarining markazi buyuk Novgorod Volxov daryosining sohilida bо‘lgan. Novgorod aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bо‘lgan, bundan tashqari, ovchilik, baliqchilik, tuz tayyorlash, asalarichilik bilan ham shug‘ullanishgan. Bu yerda hunarmandchilikning duradgorlik, kulolchilik, kо‘nchilik, temirchilik kabi sohalari rivojlangan. Novgorod savdogarlari Shvetsiya, Daniyagacha borgan. XII asrning II yarmidan ular Ganza shaharlari bilan savdo ishlarini olib borishgan. Bu yerdan G‘arbiy Yevropaga mо‘yna, sham, zig‘ir, yog‘, tyulen yog‘i, morj tishlari, hunarmandchilik buyumlari olib borilgan. Bu yerga g‘arbdan movut, vino, ziravorlar keltirilgan.
XI –XII asrlarda Novgoroddagi feodallarga qarshi chiqishlar bо‘ldi. Novgorod 1015 yildayoq buyuk knyazga boj tо‘lashdan bosh tortadi. 1102 yildan esa Novgorod buyuk knyazni о‘g‘lini qabul qilmay о‘z knyazini saylay boshlaydi. Shu tariqa Novgorodda feodal respublikasi turidagi davlat tuzumi shakllanadi. 1136 yili Vsevolod boshqaruvidagi kamchiliklar uchun Novgorod boyarlari Kiyev knyazining noibi knyaz Vsevolod Mstislavichni haydab yuboradilar va mustaqillikni qо‘lga kiritadilar. Novgorod boyarlar respublikasi - «Buyuk Novgorod» bо‘lib qoladi.
XIII asrdan Novgorod uchun yangi dushman nemis knyazlari, ritsarlari bо‘linmalari va Litva paydo bо‘ldi.
1323 yilda nemislar Pskovga hujum qiladi. Pskov Novgoroddan yordam sо‘raydi. Lekin Novgorod yordam bermaydi. Shunga qaramay nemislar pskovliklar tomonidan haydab yuboriladi. Shu vaqtdan boshlab Pskov mustaqil ichki va tashqi siyosat yurita boshlaydi. Novgoroddan boshqa qо‘shni davlatlar uning mustaqilligini tan oladi. 1348 yilda shvedlar Novgorodga hujum qiladi. Novgorod Pskovdan yordam sо‘raydi va evaziga uning mustaqilligini tan olishga va’da beradi. Shvedlar mag‘lubiyatga uchratilib, Pskov va Novgorod о‘rtasida Bolotovo qishlog‘ida bitim tuziladi va Pskov respublikasi mustaqil davlat bо‘lib qoladi. Keyinchalik, markazlashgan Rus davlatining tashkil topishi jarayonida 1510 yilda Pskov siyosiy mustaqillikni yо‘qotadi.
Novgorod va Pskovda rasman oliy hokimiyat organi Veche hisoblanardi. Unda faqat erkin va mulkdor kishilar qatnashar, boyarlar rahbarlik rolini о‘ynardilar. Vecheda barcha mansabdor shaxslar saylangan, urush va tinchlik, elchilar qabul qilish, soliqlar miqdorini belgilash, shahar, cherkov qurilishi, og‘irlik, uzunlik о‘lchov birliklarini о‘rnatish, oliy mansabdorlarni sud qilish, shuningdek, eng muhim jinoyat ishlarini kо‘rish kabi masalalar hal qilingan.
Knyazlik XII asr oxirida Galich va Volin knyazliklarining birlashishidan vujudga kelgan. Ular dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanishgan. Galich yerlarida tuz tayyorlanib, Rusning boshqa hududlariga chiqarilgan. Hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, kо‘nchilik, kulochilik sohalari rivojlangan. XII asrda о‘lkada 80 ga yaqin shaharlar bо‘lib, ulardan Vladimir, Galich, Lusk, Bereste, Dorogichin shaharlari taraqqiy qilgan. Volinning Kiyevdan ajralib chiqish harakati XI asrning о‘rtalaridan boshlangan.
Galich knyazlari aka-uka Volodar va Vasilko Rostislavichlar (1084-1124) kuchayishi, ularga Kiyev va Volin knyazlari ittifoqi, sо‘ngra Vengriyani qarshi qо‘yadi. Galich knyazligi Yaroslav Vladimirovich davrida (1153-1187) kuchaygan. Uning buyuk knyazlik hokimiyatini о‘rnatishga intilishi boyarlar qarshiligiga uchraydi. Yaroslav vafotidan keyin Galiya knyazligi Volin knyazi Roman Mstislavich (1199-1205) tomonidan qо‘shib olinadi. Roman boyarlarga qarshi kurashadi. U vafot etgandan sо‘ng, uning vorisi Daniil va Vasilning yoshligidan foydalangan boyarlar Galichda hokimiyatni oladilar. Yillar о‘tgach Daniil Romanovich shaharliklar va о‘zining xizmatidagi feodallar madadiga tayanib, 1229 yilga kelib Volinning mustaqilligini ta’minlaydi, 1239 yili u Galich knyazi etib saylanadi va yagona Galich-Volin knyazligi tashkil etiladi. Roman «buyuk knyaz» unvonini oldi.
Galich-Volin knyazligida Galich boyarlari muhim rol о‘ynardi. Ular yirik votchinalarga va qaram dehqonlarga ega edi. Boyarlar ichida yer uchun, hokimiyat uchun kurash doimo bо‘lib turgan. Feodallarning boshqa guruhini xizmatchi feodallar tashkil etdi. Bular knyazlik mukofotlari evaziga yer olib turardi. Kо‘pincha ular yerga xizmat davrida shartli egalik qilardilar. Xizmatchi feodallar knyazga qо‘shin berib turishlari lozim edi. Galich knyazlari boyarlarga qarshi kurashda xizmatchi feodallarga tayanardi.
Cherkovning yirik zodagonlari ham hukmron tabaqa edi. Cherkov va monastirlar knyazlarning in’omi va mukofoti hisobiga yerga egalik qilardi. Galich-Volin knyazligida qishloq aholisining asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan. Ozod dehqonlar ham, qaram dehqonlar ham smerdlar deb atalardi. Jamoa yerlari asta-sekin shaxsiy tomorqalarga bо‘linib ketdi.
Xoloplik saqlanib qoldi, lekin ularning soni kamayib ketdi. Xoloplarning kо‘pchiligi yerga biriktirib qо‘yildi. Shaharlarda eng kо‘p aholini hunarmandlar tashkil etdi.
Davlat tuzumining hususiyati shunda ediki, Galich-Volin knyazligi uzoq vaqt udellarga bо‘linmagan edi. Roman Mstislavichning о‘g‘li Daniil Romanovich о‘lganidan (1264 yilda) keyin u Galich va Volin yerlariga ajraldi, keyin ular ham udellarga bо‘linib ketdi. Bu davrda hokimiyat amalda yirik boyarlar qо‘lida edi. Galich-Volin knyazlari keng iqtisodiy va ijtimoiy asosga ega bо‘lmay, ularning hokimiyati mustahkam emas edi. Knyazlik hokimiyati katta о‘g‘ilga meros bо‘lib о‘tardi.
Knyaz hokimiyati uncha kuchli emasdi. Galich boyarlari siyosiy hayotda muhim rol о‘ynardi. Ular hatto knyazlarni saylashi, о‘zlariga yoqmagan knyazlarni haydab yuborishlari mumkin edi. Knyazlarning asosiy tayanchi о‘rta va mayda feodallar, shaharliklarning yuqori qismi edi.
Galich-Volin knyazlari ma’lum ma’muriy, harbiy, sud va qonun chiqarish vakolatlariga ega edi. Jumladan, ular shaharlar va viloyatlarda mansabdor shaxslarni tayinlar, xizmatlar evaziga yer berar, rasman qurolli kuchlar bosh qо‘mondoni hisoblanardi. Lekin har bir boyar о‘zining harbiy qо‘shiniga ega edi. Galich boyarlari polkining soni knyazlarnikidan kо‘proq edi. Knyazlar boshqarishga oid yorliqlar chiqarardi. Lekin ularni kо‘pincha boyarlar tan olmasdilar.
Galich-Volin knyazlari о‘zlarining qonunlarini ham chiqarganlar. Bularning ichida 1134 yilgi knyaz Ivan Rostislavich Berladnikning yorlig‘i muhim о‘rin tutadi. Unda chet el savdogarlariga qator imtiyozlar berilgan edi. 1287 yilda knyaz Vladimir Vasilkovich tomonidan chiqarilgan «Rukopisaniye» (qо‘lyozma)da meros huquqi normalari belgilandi. Unda merosxо‘rlar ham dehqonlarni ekspluatatsiya qilishlari mumkinligi kо‘rsatilgan, shuningdek, shahar va qishloqlarni boshqarish haqida ma’lumotlar ham mavjud. 1289 yilda Volin knyazi Mstislav Romanovichning Ustav yorlig‘i chiqariladi. Unda feodallarga qaram aholining majburiyatlari kо‘rsatilgandi.



Download 60.63 Kb.

Share with your friends:
  1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page