1 Bulutli va blokcheyn texnologiyalari bilan ishlash
Bank tizimi faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida MA'LUMOT (mlrd. so’m)17
tashkil etadi. Xo’jalik yurituvchi subektlar depozitlari va aholi omonatlari, shuningdek, moliyalashtirishning boshqa manbalari kelgusida bank tizimi likvidliligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Jumladan tijorat banklaridagi depozitlarning umumiy hajmi 2020 yil 1 yanvarda 51,0 trln so’mni tashkil qildi, uning 305 mlrd. so’mi yoki 0,6 foizi xorijiy valyutada. Shu ko’rsatkichning o’ziyoq aholining banklarga ishonchi o’tib borayotganligi yaqqol isboti bo’la oladi (5-jadval).
«Moody’s» agentligi tomonidan prognoz davrida tijorat banklari likvidliligi va daromadlilik ko’rsatkichlarining barqaror darajada saqlanib turishi kutilmoqda. Umumiy xulosa o’rnida «Moody’s» agentligi 12-18 oyni tashkil etuvchi prognoz davrida mamlakat iqtisodiyotining yuqori o’sish sur’ati banklar uchun qulay amaliyot muhitini ta’minlaydi.
“Fitch Ratings” agentligi tahlilchilari mamlakatimiz bank tizimining rivojlanishi va baholanishi bo’yicha o’zlarining xulosalarini shu yilning 20 may kuni O’zbekiston Respublikasi va “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlikda O’zbekiston bank tizimining rivojlanishini baholash va tijorat banklarining xalqaro reyting olish masalalariga bag’ishlangan navbatdagi yillik konfrensiyada taqdimot qilishdi. unda ta’kidlanishicha, makroiqtisodiy muhitning qulayligi, yalpi ichki mahsulotning barqaror o’sishi, davlat budjeti profitsit bilan bajarilishi, davlat budjetining past darajasi bank tizimi rivojlanishining «barqaror» darajada baholanishi uchun asos bo’lmoqda. “Fitch Ratings” banklarning respublika iqtisodiyotini kreditlashning barqaror o’sishini ta’minlamoqda. Kreditlashning kengayishi iqtisodiyotning real tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning o’sishiga sharoit yaratmoqda.
Bank tizimi majburiyatlarining 10 foizini tashqi qarzlar tashkil etadi va ular asosan moliya bozoridagi tebranishlarga bardoshli bo’lgan Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Xalqaro moliya korporatsiyalari (XMK) va Jahon banki kabi xalqaro moliya institutlarining investitsiyalaridan tashkil topgan. Xalqaro agentlik tahlilchilari keyingi yillarda respublikamizda moliya – bank tizimining barqarorligini oshirish bo’yicha katta ishlar amalgam oshirilganligini, bank tizimining ko’rsatkichlari nafaqat xalqaro standartlarga javob beradi, balki ba’zi me’yorlar bo’yicha yanada mustahkamroq mavqega ega ekanligini ta’kidlab o’tdilar.