Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi


Tijorat banklari tomonidan 2018 yil davomida ajratilgan investitsion kreditlar to’g’risida ma’lumota18



Download 0.57 Mb.
Page13/15
Date28.03.2024
Size0.57 Mb.
#63948
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1 Bulutli va blokcheyn texnologiyalari bilan ishlash
Tijorat banklari tomonidan 2018 yil davomida ajratilgan investitsion kreditlar to’g’risida ma’lumota18
Xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, zamonaviy texnologiya asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan 2018 yilda 38,8 trln. so’m yoki 2017 yilga nisbatan 2,4 barobarga ko’p investitsion kreditlar ajratildi (4-rasm).
Bunda banklarning investitsiyaviy faoliyati ustuvor ravishda tarmoqlarni rivojlantirish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish Dasturlariga kiritilgan loyihalarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirishni ta'minlashga qaratildi.
Bu ham o’z navbatida tijorat banklarining kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini rivojlantirishga ko’maklashishga qaratilgan muhim iqtisodiy va moliyavi y strategiyalarining samarali tatbiq etilayotganligidan dalolat beradi. Biroq, eksport va importda, xususan eksport yo’nalishida xususiy sektorning ulushi kichik raqamlarni ko’rsatib turibdi. Aynan ana shu masalada, ya'ni kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatiga bank xizmatlari ko’rsatish borasida tijorat banklari ma'lum darajada oqsoqlanib borayotgan bo’lib, ularning bu boradagi faoliyatini takomillashtirishga davlat tomonidan muhim darajada e'tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda banklar faoliyatining asosiy yo’nalishlarini rivojlantirishda asosan quyidagi muammolarni hal qilishga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Chunki ushbu holatlar bank tizimining rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi.
I. Banklar. Hozirgi kunda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan banklar soni 30 tani tashkil etadi hamda ulardan 13 tasi davlat kapitali ishtirokidagi, 17 tasi davlat kapitali qatnashmagan banklar hisoblanadi. O’zbekiston Banklar Assosatsiyasining rasmiy saytida (uba.uz) Ahbor Reyting tomonidan tuzilgan reytingda faqatgina 22 ta bank reyting ma’lumotlari keltirilgan hamda ular uzB reytingidan uzA+ reyting natijasigacha baholangan. Bunda 2 ta uzB, 1 ta uzB+, 1 ta uzB++, 8 ta uzA, 10 ta uzA+ baholar qayd etilgan. Ro’yhatga kiritilmagan banklar (Milliy bank, O’zAgroEksport bank, Madad Invest bank, Davr bank, Hamkorbank, Saderat bank) faoliyati haqida hech qanday ma’lumotlar keltirilmagan. Banklarga nisbatan ishonchni oshirish uchun barcha banklar uchun reyting natijalarini hamda qaysi nisbatlarga ko’ra reyting tuzilishi haqida ma’lumot (bunday ma’lumotni assosatsiya saytidan topa olmadim) berib borilsa, maqsadga muvofiq bo’lmasmidi?
II. Banklarning veb saytlari. Faoliyat yuritayotgan 30 ta bankning har biri o’z rasmiy veb saytiga ega. Saytlarda asosan 3 tilda ma’lumotlar berib boriladi, ammo aholining asosiy qismi o’zbek tilida so’zlashuvchi davlatda faoliyatini olib borayotgan ko’p banklar saytlarida o’zbek tilidagi kontentga e’tibor ikkinchi o’rinda qolib ketmoqda. Axborot asri deb atayotganimiz XXI asrda har kim bank haqidagi ma’lumotlarni bemalol internet orqali olish imkoniyatini yaratish mijozlar va investorlar uchun qulaylik yaratadi. Saytlarda berilgan ma’lumotlarni o’rganish davomida ma’lum bo’ldiki, 80% saytlarda “Bank Nizomi” joylashtirilgan, nizomda bank kapitali, aksiyalar soni va aksiyadorlar haqida ma’lumot berilgan. Saytlardagi aksiyadorlarga degan bo’limda esa qiziq bir holatga duch keldik. Ba’zi saytlarni hisobga olmaganda 90% saytlarda yaqin yillarda aksiyaga to’langan divedent haqida ma’lumotlar mavjud emas. Ochiq va aniq ma’lumotlarni saytga joylashtirish, bo’lajak investorlar uchun sarmoya kiritishga turtki bo’lishi hamda bank kapitalini oshishiga olib kelishi mumkin edi deb hisoblayman. Ishonasizmi, yo’qmi, saytlarda “Ochiq ma’lumotlar” bo’limi bor, ammo bu yerdagi ahvol ham qoniqarli darajada emas. Hukumatning “Ochiq ma’lumotlar” portalidagi (data.gov.uz) holat esa, banklar oshkoralikdan qo’rqadi degan taassurot uyg’otadi. Bu borada O’zR Markaziy banki ham qolgan banklarga ibrat bo’la olmaydi. Demak, “Baliq boshidan” degani ayni haqiqat deb qo’ya qolamiz.
III. Omonotlar. Banklar tomonidan taqdim etilayotgan omonat turlari o’rganilganda, omonotlardan o’rtacha daromad miqdori yillik 10-17%ni tashkil etmoqda. Ravnaq bank va Invest Finance Bank (Infinbank)da esa 20%gacha taklif etishmoqda. Kelajak avlodni o’ylab qilinayotgan ishlarni ham unutishmagan, yosh avlod uchun 14-16 yoshga kirguncha maxsus omonat turlari yillik 12-14%lik daromad bilan taklif etilmoqa. Ammo ipoteka kreditlari uchun kiritilgan badal pullariga hisoblanadigan daromadlarni (ba’zi banklarni hisobga olmasa, asosiy qismi yillik 5% daromad taklif etmoqda) ko’rib, jimgina yoqangizni tishlab qo’ya qoling. Omonatlarning asosiy qismi qisqa muddatli ya’ni 1 oydan 12 oygacha bo’lgan muddatli omonatlar hisoblanadi. Banklar tomonidan ayrim omonat turlari uchun mablag’ qabul qilishda naqd va plastik shaklida cheklovlar mavjud. Uzoq muddatli omonatlar (jamg’arma) uchun esa yillik daromad stavkasi odatda 0.01%ni tashkil etmoqda. Bunday antiqa takliflar tufayli xalq o’z mablag’ini banklarga omonatga qo’yadi deb o’ylay olasizmi?
IV. Kreditlar. Banklar tomonidan asosan 4 turdagi kredit xizmatlari ko’rsatilmoqda. Jismoniy shaxslar uchun 1. Iste’mol krediti 2. Ipoteka krediti 3. Avtokredit 4. Ta’lim krediti. Iste’mol kreditlari uchun yillik ustamalar 20-24%ni, beriladigan kredit summasi eng kam ish haqining (EKIH) 100 barobarigacha bo’lgan miqdorni tashkil etmoqda. Ta’limni rag’batlantirish uchun ta’lim kreditlari taklif etayotgan banklar, kredit muddatini bakalavr uchun 5-10 yil, magistr uchun esa 3-5 yil chegarasida, kredit ustamasini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi miqdorida (hozirgi vaqtda 16%) belgilashgan. Ipoteka kreditlari 10 yildan 15-yilgacha bo’lgan muddatda berilmoqda. Kredit sohasida o’zbek banklari uchun yangilik bo’lgan avtokreditlar ham banklar tomonidan yo’lga qo’yilgan. Ayrim banklar sotib olinayotgan avtomobilning o’zini garov sifatida olsa, ayrim banklar esa qo’shimcha garov manbalarini ham so’rashmoqda. Avtokreditlar uchun boshlang’ich badal miqdori o’rtacha 25-40%ni, yillik ustama esa 20%dan 28%gacha tashkil etmoqda. Hukumat tomonidan aholining kam ta’minlangan qatlamining iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan, xalq tilida “imtiyozli kredit” deb atalayotgan, miqdori EKIHning 100 barobarigacha hamda yillik ustamasi 8%ni tashkil etadigan kredit borasida olib borilgan surishtiruvlar shuni ko’rsatdiki, Mikrokreditbank xodimining aytishicha “Bu kredit hozirgi vaqtda test rejimida amalga oshirilmoqda va har bir mahalladan 2 kishi olishi mumkin. Kafil bo’lganda kredit miqdori EKIHning 50 barobarigacha, garov ta’minoti taqdim etilsa, 9200000 so’mgacha berilmoqda. Ayni damda EKIHning 100 barobarigacha bo’lgan yillik 7% ustamali kredit taqdim etilmayabdi”. Bank xodimi nima sababdan EKIHning 100 barobarigacha bo’lgan miqdordagi kredit berilmayotganligi sababini ochiqlamadi.
V. Xizmat ko’rsatish. Banklarning xizmat ko’rsatish tartibiga alohida e’tibor berib o’tsak. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yaqinda qabul qilingan qaroriga asosan, hozirgi kunda banklarga kirishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni talab etish hollariga chek qo’yildi. Bir necha marotaba banklarda plastik kartalar orqali to’lov qilganimda pasportim nusxasini hamda plastik egasi kimligini ham so’rashmadi. Bu o’z navbatida bank mijozlari uchun qulaylik hisoblanadi. Xorijiy valyutalarni almashtirish shahobchasi ish kunlarining va ish vaqtining ko’paytirilishi ham bank muassasalari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Banklar tomonidan o’z mobil ilovasining ishlab chiqarilishi va turli to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatining berilishi banklarning yutuqlari deb bemalol aytishimiz mumkin. To’lov borasida plastik va naqd shakl uchun ba’zi holatlarni e’tiborga olmaganda, tavofutlar, cheklovlar kuzatilmayabdi. Ammo ayrim banklarda to’lov topshiroqnomalarini bajarish hamda to’lovchiga to’lov qaydnomasi berishda hali hanuz kamchiliklar uchrab turibdi. Shaxsan guvohi bo’lganim, Mikrokreditbank, Agrobanklarning ayrim hududiy filiallari tomonidan to’lov qaydnomalari 1 ish kunidan keyin berilmoqda. Natijada mijoz yana qimmatli vaqtini yo’qotib, to’lov qaydnomasini olish uchun borishga majbur bo’lmoqda. Ushbu holat, Xalq banki, Ipak Yo’li banklarida yaxshi yo’lga qo’yilgan, to’lov amalga oshirilgan zahoti, to’lov qaydnomasi mijozga taqdim etiladi. Yana bir og’riqli tomoni, mijoz to’lov topshiroqnomasi uchun maxsus blankani ko’p hollarda qo’shimcha mablag’ evaziga sotib olmoqda, xolbuki, bank o’z mijozlarini tekinga to’lov topshiroqnomalari bilan ta’minlasa, mijoz uchun qo’shimcha qulaylik yaratgan bo’lmaydimi? Xorijiy davlatlardan xalqaro pul o’tkazish xizmatlari orqali yurtimizga jo’natilgan mablag’larni olishda bank xodimlari tomonidan “ustama haqlar” o’rnatilish holatlari ham bank xizmatlaridan foydalanishga teskari ta’sir ko’rsatmoqda.
Bugungi kunda O’zbekiston bank tizimi yuqori konsentratsiyasi bilan ajralib turadi: barcha bank aktivlarining 86% hali davlatga, 70% esa 5 ta davlat banklari (Milliy bank, Asaka bank, Sanoat qurilish bank, Ipoteka bank va Agro bank) ga qarashli. Shuningdek, kreditlarga nisbatan davlat ulushi bo’lgan bank omonatlarining ulushi 31,5 foizni tashkil etishi qayd etildi. Taqqoslash uchun, xususiy banklarda bu ko’rsatkich 100% ga teng19.
Markaziy Bank va Moliya vazirligi Jahon banki bilan birgalikda bank sektorini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqmoqda. Bundan tashqari, Moliya vazirligi huzurida tijorat banklarini davlat ishtirokida isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi. O’zbekistondagi ko’plab tijorat banklari 2020 yilda transformatsiya jarayonidan o’tishlari tavsiya etiladi.



Download 0.57 Mb.

Share with your friends:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page