Atrof-olam-majmua



Download 1.38 Mb.
Page10/62
Date21.11.2023
Size1.38 Mb.
#62660
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
MAJMUA-(T.F)MAKTABGACHA YOSHDAGI-2023-24
Katta guruh. Bu guruh bilan olib boriladigan kuzatishlar jarayonida bolalar ob‘ektlarning xarakterli va muhim belgilari bilan tanishadilar, o‘simlik hamda hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar ustida uzoq muddatli kuzatishlar olib boradilar. Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, bolalarni ma‘lum usullardan foydalanishga, re‘jaga rioya qilishga, mustaqil ravishda murakkab bo‘lmagan xulosalar chiqarishga o‘rgatishda davom etadi.
Bunda kuzatilayotgan jism va hodisalarda u yoki bu faoliyat uchun ahamiyatli yoki butun bir ob‘ektlar guruhining umumiy belgilari ajratib ko‘rsatiladi, jismlarning tevarak-atrof bilan aloqasi va munosabati aniqlanadi. O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi hamda rivojlanishi, mavsumiy o‘zgarishlar ustida olib borilgan kuzatishlarda bolalarning davr (fazo), bosqich yoki holatlarni ko‘ra bilish xususiyatlari shakllantiriladi. Masalan, ular o‘sayotgan no‘xat novdalari, poyasi, barglari, gajaklar, g‘unchalar, gul va meva (qo‘zoq)larning paydo bo‘lishini sinchkovlik bilan kuzatadilar. Bolalarni jism va hodisalarni ko‘ra olish, eshitish va qabul qilib olishga o‘rgatish tarbiyachining eng muhim vazifalaridan biridir.
Bolalar ko‘pincha ikkita tanish jismga qaraydilar-u, ularni bir-biridan ajrata olmaydilar. Shuning uchun tarbiyachi kuzatishni tashkil qilar ekan, aniq ob‘ektlarni topishi, ularni ta‘riflashi, savollarga javob berishga oid muayyan vazifalar qo‘yishi kerak. Kuzatishlarda qo‘llaniladigan qiyoslash usullari borgan sari xilma-xillashadi: kuzatilayotgan ob‘ekt rasmda tasvirlangani yoki tasavvurdagisi bilan qiyoslanadi. Faqat ayrim jismlargina emas, balki tabiat hodisalari ham (masalan, bog‘ning bahor va qishdagi ko‘rinishi) qiyoslanadi.
Jismlarni taqqoslashda tarbiyachi bolalarning diqqatini bir necha umumiy bo‘lgan belgilarga, ayniqsa ularning muhim tomonlarini aks ettirgan belgilariga qaratadi.
Masalan, bolalar turli hasharotlarni kuzatar ekanlar, ularning oltitadan oyoqchasi borligini bilib oladilar. Tarbiyachi kuzatilayotgan jism va hodisalarni qiyoslash uchun vazifa topshirar ekan, bolalarning mustaqil ishlashga qiynalib qolgan hollaridagina yordam berishga harakat qiladi. Xuddi o‘rta guruhdagidek kuzatish natijalari haqidagi og‘zaki hisobot iloji boricha mustaqil bo‘lishi lozim. Kuzatish natijalarini bolalar rasmlarda, yasagan buyumlarida aks ettirishlari mumkin.

Download 1.38 Mb.

Share with your friends:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page