Atrof-olam-majmua



Download 1.38 Mb.
Page36/62
Date21.11.2023
Size1.38 Mb.
#62660
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
MAJMUA-(T.F)MAKTABGACHA YOSHDAGI-2023-24
4-seminar mashg‘uloti
Mavzu: Ta’limning amaliy usullari.
Reja:
1. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda amaliy metodning ahamiyati.
2. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda amaliy metoddan foydalanish.
3. Texnik vositalarning ahamiyati.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Ta’limning amaliy usullari, vizual va texnik o‘quv vositalaridan foydalanishni o‘rgatish.
Ta’lim metodlari: Venn diagrammasi, klaster, blits so‘rov.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, o‘quv qo‘llanmalar, ekspert topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: Ta’limning amaliy usullari, vizual va texnik o‘quv vositalaridan foydalanish haqidagi bilimlarga ega bo‘ladilar.
Tabiatning oddiy hodisa va tasavvurlarini kengaytirish maqsadida o‘tkaziladigan kuzatishlar bilan bir qatorda xilma-xil o‘yinlardan keng foydalaniladi. Bu o‘yinlarda bolalar sezuvchanlik tajribasini orttiradilar, egallagan bilimlarini ijodiy o‘zlashtiradilar. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o‘yinlardan foydalaniladi.
Didaktik o‘yinlar. Didaktik o‘yinlarda bolalar o‘zlarida tabiatdagi narsa va hodisalar, hayvonlar va o‘simliklar haqida mavjud bo‘lgan bilimlarni aniqlaydilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar. Ko‘pginao‘yinlar bolalarni umumlashtirish hamda turkumlashga o‘rgatadi.
Didaktik o‘yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanlikning o‘sishiga yordam beradi, yangi sharoitlarda bolalarni mavjud bilimlardan foydalanishga o‘rgatadi, turli aqliy jarayonlarni faollashtiradi, lug‘atni boyitadi, bolalarda birgalikda o‘ynash ko‘nikmasini tarbiyalashga yordam beradi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda predmetli, stol-bosma va og‘zaki didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Predmetli o‘yinlar — barglar, urug‘lar, gullar, mevalar, sabzavotlar bilan o‘ynaladigan «Ajoyib qopcha», «Mevalar va ildizlar», «Bu butoqda kimning bolakaylari» va shu kabi o‘yinlardir. Bu o‘yinlar yordamida bolalar faol muloqotda bo‘ladigan predmetlarning xususiyat hamda belgilari haqidagi tasavvurlari aniqlanib, boyitiladi. Predmetli o‘yinlar, ayniqsa, kichik vao‘rta yosh guruhlarda keng qo‘llaniladi. Bu o‘yinlar bolalarga tabiat jismlarining o‘zidan foydalanish, ularni qiyoslash hamda ularda sodir bo‘ladigan ayrim tashqi belgilaridagi o‘zgarishlarni qayd qilish imkonini beradi. Predmetli o‘yinlar barcha yoshdagi guruhlarning biroz murakkablashtirilgan bilimlarini kengaytirish, tafakkurlarini kuchaytirish hamda harakatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.

Download 1.38 Mb.

Share with your friends:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page