O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 1.42 Mb.
Page10/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
2-masala. Gaz rezervuaridagi bosim 0,12 MPa, harorat +150C ni tashkil etadi. Agar harorat 150C ga ko’tarilsa, rezervuardagi bosimni aniqlang.
Klapeyron-Mendeleyev qonuniga asosan

Bu yerda: V, m, Mar kattaliklar o’zgarmas bo’lganligi uchun:

Bu yerda 1 indeks gazning boshlang’ich holatiga, 2 indeks esa keyingi holatga tegishli bo’lganligi uchun



Nazorat savollari

  1. Gazlar qazib olinishiga va fizik-kimyoviy xossalariga qarab nechta turga bo’linadi?

  2. Zichlik yoki hajm massasi deb nimaga aytiladi?

  3. Gazlar va suyuqliklarning qovushqoqligi deb nimaga aytiladi?

  4. Tabiiy gazlarning issiqlik xossalari haqida gapirib bering.

  5. Entropiya qanday so‘zdan olinggan?



GAZ ISTE’MOLI NOTEKISLIKLARI VA ULARNI ME’YORLASH
Reja
3.1.Gaz iste’moli notekisliklari
3.2. Gaz iste’moli notekisligi koeffitsienti
3.3. Gaz istе’moli notеkisliklarini mе'yorlash
3.4. Gaz iste’moli normalari va gaz sarfi hisobi


Adabiyotlar (3,8,14,13)


3.1.Gaz iste’moli notekisliklari
Shaxar va axoli yashash punktlarida gaz axolining maishiy talablarini qondirish, shu bilan birga maishiy-kommunal va madaniy xizmat ko'rsatish korxona va tashkilotlari uchun uzatiladi. Tabiiy gaz kimyo sanoatida xom ash'yo sifatida, metallurgiya, mashinasozlik, energetika va boshqa soxalarda yoqilg'i sifatida ishlatiladi. Gaz iste’molchilari quyidagi guruxlarga bo'linadi: sanoat korxonalari; issiqlik-elekt markazi va qozonxonalar; kommunal va jamoat tashkilotlari; maishiy gaz iste’molchilari.
Tabiiy gaz maishiy, kommunal va sanoat iste’molchilari tomonidan notekis iste’mol qilinadi. Gaz iste’moli notekisligini quyidagilarga bo'lish qabul qilingan:



  1. mavsumiy - yil oylari bo'yicha;

  2. oylik va xaftalik - oy va xaftaning ishchi kunlari bo'yicha;

  3. sutkalik va soatlik - sutka soatlari bo'yicha.

Bular ichidan mavsumiy notekislik ko'rsatgichlarini me'yorlash asosiy vazifalardan biridir. Notekisliklarning kelib chiqishi gaz iste’molning sutka, xafta, oy va yil davomida bir xil emasligidan kelib chiqadi. Magistral gaz quvuridan kelayotgan gazning miqdori hisoblanganda sutkalik o'tqazuvchanlik qobiliyati aniqlanadi.

Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page