O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Quduqlarning debitlari, miqdori va joylashish o‘rinlarini belgilash



Download 1.42 Mb.
Page57/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
16.2. Quduqlarning debitlari, miqdori va joylashish o‘rinlarini belgilash
Ishlatish quduqlarining o‘rtacha (ishchi) debitlari suvli strukturada qidiruv ishlarini o‘tkazish yoki konni ishlash jarayonida olingan ma’lumotlar asosida belgilanadi.
O‘rtacha gaz olish debiti (haydash unumdorligi)ni belgilashda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
a) GEOSIning holati va uni jihozlash istiqbollari;
b) kollektor-qatlam jinslarining fizik-kimyoviy tarkibi, jinslar, qatlam suyuqligi, quduqqa kiritiladigan ingibitorlar va boshqa moddalar o‘rtasida o‘zaro kimyoviy ta’sirlar yuzaga kelishi va buning oqibatida quduq tanasida tuz va har xil tiqinlar hosil bo‘lishi mumkinligi;
v) quduqlarning termobarik ish sharoitlari, kondensatsion suvni hosil bo‘lishi, qatlam suvlarining olib chiqilishi va gidratlar hosil bo‘lishi jadalligiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar.
Quduqlarning ruxsat etiladigan maksimal debiti quyidagi asosiy omillarga qarab belgilanadi:
a) kollektor-qatlamning mustahkamligi va qum, yuvilma shag‘al va gaz oqimidagi miqdori tiqin hosil bo‘lishiga hamda yer osti va yer usti uskunalarining yemirilishiga olib kelmaydigan darajada bo‘lgan boshqa zarralar chiqishiga sabab bo‘ladigan yoki bunga yo‘l ko‘ymaydigan sharoitlar;
b) suvlanish konuslari hosil bo‘lishi, qatlam suvlarining o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan qatlamlar bo‘ylab tanlama tortilishi, suvlarning pastda joylashgan qatlamlardan litologik darchalar orqali kirish sharoitlari;
v) quduq og‘zida ishchi bosimni ushlab turish sharoitlari, gaz yig‘ish tizimining imkoniyatlari va texnik holati;
g) quduq va uning uskunalari (tub va og‘iz filtri, boshqarish tizimi) konstruksiyasining imkoniyatlari.
Ishlatish quduqdari ishchi debitlarining rejalashtirilgan faol gaz hajmi doirasida vaqt bo‘yicha o‘zgarishi saqlash inshootidagi bosimning hamda gaz olish sharoitlarining o‘zgarishlarini xisobga olgan holda belgilanadi.
Quduqlar va umuman saqlash inshooti mahsuldorligining o‘zgarishi kollektor-qatlamning gazga to‘yinishi, qatlam suvlarining siqib chiqarilishi, berilgan haydash bosimining ushlab turilishi sharoitlari va boshqa ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi. Bu sharoitlar butunlay saqlash inshooti va alohida quduqlar bo‘yicha gaz haydash va olishning texnologik rejimlarini tuzishda hisobga olinadi.
Ishlatish quduqlarining umumiy soni texnologik sxemada belgilanadi. Zahiradagi ishlatish quduqlarining miqdori har bir konkret holat uchun individual tarzda, GEOSIning geologik-texnologik xususiyatlari va muayyan gaz transporgi tizimi doirasida uni ishlatish sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Kuzatuv, nazorat, geofizik, yutuvchi quduqlarning soni va joylashishi ham texnologik sxemada belgilanadi va kollektor-qatlam (uyum)ning geologik tuzilishiga, nazorat (kuzatuv) gorizontlarining ajratilish darajasiga, gazga to‘yingan qatlam maydoni (uyumning tarqalishi) o‘lchamlariga, asosiy tutgichdan birmuncha miqdor gaz oqib o‘tishi mumkin bo‘lgan tutash strukturaviy ko‘tarilmalarning mavjudligiga, shuningdek GEOSIni barpo etishda aniqlangan bir qator boshqa o‘ziga xos omillarga qarab tayinlanadi.
Quduqlarning o‘rtacha va maksimal debitini saqlab turish uchun GEOSIni ishlatuvchi korxona o‘z vaktida profilaktik, joriy va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirilishi, filtrlarning almashtirilishi va qayta tiklanishi, quduqlarning tanasi va shleyflarni tozalanishi, alohida tugun va detallarni rekonstruksiya kilinishini ta’minlashi kerak.
Ishlatish quduqlari sonini tasdiqlangan sxemadagiga nisbatan o‘zgartirishni GEOSIni ishlatish ustidan tezkor nazorat ishlarini bajaradigan ilmiy tashkilotlar bilan birgalikda kabul kilingan qaror bo‘yicha amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page