O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Gaz quduqlarini sinash va tadqiq etish (o‘rganish)



Download 1.42 Mb.
Page54/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
15.3. Gaz quduqlarini sinash va tadqiq etish (o‘rganish)
Uzoq vaqt konservatsiyada bo‘lgan suvli qatlamlar va suvlangan uyumlarda qidiruv ishlarini olib borishda (qatlamga doir dastlabki kon-geologiya ma’lumotlari GEOSIni loyihalash uchun yetarli bo‘lmasa) tegishli yo‘riqnomalarga rioya qilgan holda suv quduqlari sinovdan o‘tkaziladi.
Suv quduqlarini sinovdan o‘tkazish usullari va vositalari qidiruv yoki loyiha tashkiloti tomonidan geologik, seysmik qidiruvlar materiallarini oldindan o‘rganish, shuningdek konni ishlatish, strukturaviy va chuqur burg‘ilash, burg‘ilangan quduqlarni o‘zlashtirish hamda quriladigan GEOSI maydonida qidiruv va geofizik tashkilotlar tomonidan bajarilgan boshqa ish turlari ma’lumotlari asosida tuzilgan dasturda ko‘rsatiladi.
Suvli qatlamlar va suvlangan uyumlarning qidiruv davomida aniqlanishi zarur bo‘lgan asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi:
a) yer osti suvlarining statik sathlari, qatlam bosimlari va ularning maydon, kesim va vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlari;
b) qatlam va o‘rganilayotgan quduqlarning mahsuldorlik va hajmiy tavsifi, o‘rganilayotgan maydon doirasida gidroo‘tkazuvchanlik, samarali qalinlik va g‘ovaklikning taqsimlanishi, quduqlar tub oldi zonasining filtrlanish qarshiligi koeffitsiyentlari;
v) qatlam suvlarining gidrogeokimyoviy ko‘rsatkichlari;
g) qatlamning o‘rtacha harorati va quduq tanasi bo‘ylab haroratning taqsimlanishi;
d) kollektor-qatlam yoki suv bosgan qatlam mahsuldor gorizontini tashkil etuvchi jinslarning o‘rganilayotgan quduqlar tub oldi zonasida mustahkamlik darajasi;
e) suvlangan uyumning qoldiq (joriy) gazga to‘yinganligi (geofizik, shuningdek olingan suv va ajratilgan gaz miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida gidrodinamik usullar bilan aniqlanadi).

Agar suv qudug‘i og‘zida ortiqcha bosim mavjud bo‘lsa, statsionar filtrlanish rejimlarida sinovlar, hosil bo‘lgan suv sarfi va ustki bosimni qayd etgan holda, o‘z holicha oqizish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda o‘z holicha oqizishnint 4-5 rejimida ko‘rsatkichlarni olish zaruriy shart hisoblanadi. Oxirgi ko‘rsatkich boshqariladigan yoki almashtiriladigan shtutserni o‘rnatish orqali olinadi.


Suvlangan qatlamlarning mahsuldor gorizontlarini sinovdan o‘tkazishdan oldin quduqlarning texnik holatiga, ayniqsa ular uzoq vaqt konservatsiyada turgan bo‘lsa, tekshirilayotgan gorizontda depressiya hosil qilishda texnogen (ikkilamchi) uyumlarni ishga solish imkoniyatiga, shuningdek gorizontning mahsuldor qismini perforatsiyalanmagan oraliqlarida to‘planishi mumkin bo‘lgan neft, gaz va kondensatning qoldiq zaxiralariga e’tibor beriladi.
Sinash boshlangunga qadar quduqda gazga to‘yingan oraliqlar va sement toshining holatini baholash bo‘yicha geofizik o‘lchovlar, quduq tanasini andozalash va tanani qisqa muddatli produvka qilish orqali oldindan tozalash ishlari bajarilgan bo‘lishi kerak.
Ortiqcha bosim bo‘lmagan hollarda ko‘chma kompressor yordamida suvni rejim bilan haydaladi. Rejimni o‘rnatish uchun lift quvurlarining osmalari almashtirilishi yoki quduq og‘zida qarshi bosim hosil qilinishi kerak. Haydash rejimini havo yuborilishini rostlash yo‘li bilan o‘zgartirishga ruxsat beriladi.
Qatlam suvini utilizatsiya qilgan holda o‘z holicha oqizish yoki rejimli haydash yo‘li bilan bajariladigan sinovlar tugagandan so‘ng, nostandart filtrlanish rejimida sinovlar o‘tkaziladi. Ularda quduq o‘z holicha oqizish yo‘li bilan sinalgandan so‘ng bosimning tiklanish egri chiziqlari, rejimli haydash amalga oshirilgandan keyin esa suv sathini tiklanish egri chiziqlari aniqlanadi.
Quduqni rejimli haydash yo‘li bilan sinash imkoni bo‘lmagan hollarda qatlamga suv haydash yo‘li bilan sinov o‘tkazilishi lozim. Suv haydash usuli, agar quduqdagi suv ustuni tozaligi aniq bo‘lsa va suvni bosim bilan haydash quduq tub oldi zonasini ifloslantirmasa, istisno hollardagina tavsiya etiladi. O‘tkazilgan sinov natijalari quduq jurnalida qayd etiladi.
Suvli qatlamlarda sun’iy gaz uyumlarini yaratish va ularni ishlatish jarayonida ishlatib bo‘lingan konlarda qo‘shimcha qidiruv ishlarini bajarishda quyidagilar gaz quduqlarini o‘rganishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) gaz uyumlarini ishlatish, gaz haydash va olish, uzoq vaqt turib qolish va boshqa holatlar tufayli yuzaga kelgan o‘zgaruvchan gidrodinamik sharoitlarda quduqlarning mahsuldorlik tavsiflarini aniqlash;
b) gazga to‘yingan qatlamlarning qabul qiluvchanlik qobiliyati va quduq tub oldi zonasining filtrlanish qarshiligi koeffitsiyentini baholash;
v) qatlamning tub oldi zonasidagi jinslarning mustahkamlik darajasini baholash va jins skeletining buzilishi ro‘y bermaydigan depressiya chegarasini belgilash;
g) quduqlarning suv, mexanik aralashmalar chiqishi va yo‘l qo‘yiladigan bosim yo‘qotilishi sharoitlari bo‘yicha chegaraviy debitini aniqlash;
d) quduqda o‘rnatilgan tub uskunalari va filtrning ish qobiliyatini baholash.
Gaz quduqlarini o‘rganishni boshlashdan oldin perforatsiya oraliqlarining texnik holatini baholash, gamma karotaj – GK, neytron gamma karotaj – NGK va termometriya bo‘yicha fon olishga doir kompleks geofizik o‘lchovlar (akustik sementomer – AKS, sement toshni aniqlash – OTSK, muftali bog‘lanishlar lokatsiyasi) o‘tkaziladi.
Qabul qiluvchanlik qobiliyati va mahsuldorlik tavsiflarini aniqlash maqsadida quduqlarni o‘rganish ishlari gaz haydash va olish paytida gazning sarfi va tegishli bosim farqini o‘lchash orqali amalga oshiriladi.
Tub oldi zonasining filtrlanish qarshiligi koeffitsiyentini aniqlash uchun quduqlar 4-5 xil rejimda tekshiriladi. Bunda individual shleyf, boshqaruvchi shtutser, sarf o‘lchagich, separator yoki maxsus jinstutgichdan foydalaniladi.
Kollektor-qatlamdagi jinslarning mustahkamligi va chegaraviy debitni baholash maqsadida o‘tkaziladigan quduqlarni tekshirish ishlarini sanoat sanitariya qoidalariga qatiy amal qilgan holda gazni atmosferaga chiqarib bajarishga istisno hollardagina ruxsat etiladi. Bunda tekshirish davomiyligini imkon qadar chegaralashga harakat kilish kerak.
Gaz oqimidagi qumni tezkor aniqlash va qayd etish uchun quduqlarni tekshirishda qumni indikatsiyalash tizimidan foydalanish tavsiya etiladi. Gaz okimi bilan chiqayotgan mexanik aralashmalarni nazorat qilishda jinstutgich yoki separatorlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Chegaraviy debitni aniqlashda quduq og‘zidagi bosim va harorat o‘lchovlari, gaz sarfi va suv omilini qayd etish debitometriya va qatlam bosimini o‘lchash bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak.
Gaz quduqlarini tadqiqotlash ketma-ketligi va davriyligi GEOSIni ishlatish ustidan tezkor nazorat va mualliflik nazoratini olib boruvchi loyiha tashkilotlarining takliflarini hisobga olgan holda ularni o‘tkazish grafigida belgilanadi, GEOSI ning tezkor ishlab chikarish xizmati tomonidan bajariladi va stansiyaning geologiya xizmati yoki gaz transporti tashkilotining GEOSI bo‘limi tomonidan nazorat kilinadi.
Gaz, gaz-kondensat va gaz-suvli quduqlarni tadqiq etishda chuqurlik asboblari yordamida tub bosimi, sarf, harorat o‘lchanishi kerak. Saqlash inshootidagi qatlam bosimi sun’iy gaz qatlami maydoni bo‘yicha o‘rtacha bosim sifatida aniqlanishi kerak.



Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page