O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


GEOSIni ishlatishda yer osti boyliklarini muhofaza qilish



Download 1.42 Mb.
Page62/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
18.2. GEOSIni ishlatishda yer osti boyliklarini muhofaza qilish
GEOSIni barpo etish va ishlatish jarayoni gazni majburan haydash va olish bosimlarida darzlarning ochilishi, quduqlarning tub oldi zonasidagi jinslarning skeletini buzilishi, suv tili va konuslarining ishlayotgan quduqlar tomonga cho‘zilishi, birikma ortidagi sement toshining yemirilishiga yo‘l qo‘ymaydigan darajada bo‘lganda amalga oshiriladi.
Quduqlar va GEOSIni to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat muayyan saqlash inshooti uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturlarga muvofiq muntazam o‘tkaziladigan kuzatuvlarga asoslanadi.
Gazni haydash va olish jarayonida quduq birikmalari orasida bosim yoki quduqlarning og‘zi atrofida gaz chiqishi aniqlanganda ushbu holatlarning sababi o‘rganiladi va zudlik bilan ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi. Har bir muayyan holatda nuqsonli (ishlatish birikmasi va flanetsli bog‘lanishlarning germetikligi buzilgan) quduqlarni ishlatishga ruxsat etilmaydi.
Gazning sizib chiqishi va qatlamlararo oqib o‘tishi aniqlangan quduqlarda bu holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi. Agar bunday holatlarni bartaraf etish imkoniyati bo‘lmasa, gazga to‘yingan gorizontlarni izolyatsiyalash tadbirlarini bajargan holda quduqni tugatiladi. Tugatish ishlari quduqlarni tugatish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuqorida joylashgan gorizont (qatlam)larda gaz to‘planishi, yuzada gaz (grifonlar) paydo bo‘lishi, haydash bosimining oshishi, berkitib turuvchi jinslarning, ishlatish birikmalarining germetikligini buzilishi va boshqa sabablar natijasida gazning oxirgi izogipsalar chegarasidan chetga oqib o‘tishi aniqlanganda:
a) gaz haydashni to‘xtatilishi;
b) gorizont (qatlam)lardagi bosimni pasaytirilishi;
v) gaz chiqishini bartaraf etish rejasi tuzilishi kerak. GEOSIning keyingi ishlatilishi "Sanoatgeokontexnazorat" DI bilan kelishilishi kerak.
Gazning sizib chiqib ketishi va qatlamlararo gaz oqib o‘tishini nazorat qilish va o‘z vaqtida aniqlash uchun gaz haydashning boshlang‘ich paytdan boshlab quduqlardagi bosimni o‘lchash bilan bir vaqtda quyidagilar bajarilishi lozim:
a) soni texnologik sxemada belgilangan yuqorida joylashgan gorizontlarni ochgan quduqlarni kuzatish;
b) gaz ajralib chiqishini aniqlash uchun ishlatish quduqlari va saqlash inshooti maydonini tekshirish.
Gaz bilan birga suv ham chiqadigan barcha ishlatish quduqlari bo‘yicha sutkalik chiqayotgan suyuqlik hisobi yuritilishi kerak. Suyuqlik tarkibi muntazam ravishda tahlil qilinishi, kimyoviy tahlil natijalari esa kimyoviy laboratoriyaning maxsus jurnalida qayd etilishi lozim.
Ishlatish quduqlarining xizmat muddati ularning ish sharoitlari va mahkamlanish sifatiga qarab mos ravishda texnologik sxema muallifi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan belgilanadi.
Ushbu muddat tugagandan keyin quduq tekshiruvdan o‘tkaziladi, ko‘p taraflama dalolatnoma tuziladi va uni ishlatish muddatini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Bunda yuzaga kelgan muayyan vaziyatga qarab tugatilgan quduqlar o‘rniga yangilari burg‘ilanadi yoki quduqlar fondi qisqartiriladi.
Quduqlar ma’lum muddat ishlatilgandan keyin ularni bosim bilan qayta sinovdan o‘tkazish tartibi texnologik sxema muallifi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan mualliflik nazoratiga doir ishlarni bajarishda ishlab chiqiladigan tegishli tavsiyalarda belgilanadi.
Tub oldi zonaga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan quduqlarning unumdorligini oshirishga yo‘naltirilgan turli tadbirlarni tadbiq etishda yer osti boyliklarini muhofaza qilishning asosiy shartlariga quyidagilar kiradi:
a) mustaxkamlovchi birikmalarning saqlanishi va sementlangan oraliqdagi sement halqaning butunligi;
b) tub oldi zonada qatlamning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
v) qatlamni tanlab ishlash natijasida quduqlar va sun’iy gaz qatlamining barvaqt suvlanishini oldini olish.



Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page