2. O‘zbekiston respublikasidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining energetik potensiali. O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarining katta salohiyatiga ega. Bu qariyb 51.0 milliard t.n.e. iqdorida baholanmoqda. Bugungi kunda dunyodagi mavjud texnika va texnologiyalar 179,0 million t.n.e. foydalanish imkonini beradi. Bu esa mamlakatda qazilma yoqilg‘ini qazib olish bo‘yicha yillik joriy miqdordan uch marta ko‘pdir. Ayni paytda, qayta tiklanadigan energiya manbalarining iqtisodiy salohiyati baholanmagan. Texnik salohiyat biomassa resurslari - o‘simlikshunoslik, chorvachilik, sanoat va maishiy chiqindilar hisobga olinmasdan baholangan. Aslida bu salohiyat yaqin kelajakda baholanishi lozim. Masalan, paxta ekilgan bir gektar maydondan 2 tonnadan 4 tonnagacha g‘o‘zapoya yig‘ishtirib olish mumkin, bu esa faqat g‘o‘zapoya resurslari 1-2 million t.n.e. tashkil etishi mumkin. Qayta tiklanadigan barcha energiya manbalarining katta miqdordagi salohiyatining mavjudligi qayta tiklanadigan energetikani muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun muhim asos hisoblanadi. O‘zbekistonda qulay iqtisodiy muhitning yaratilishi esa ushbu texnik salohiyatning sezilarli qismini o‘zlashtirish imkonini beradi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM)dan foydalanish ahamiyati roli baholaganda ma’lum haqiqat – Yerdagi organik yoqilg‘ilar zaxirasining tugallanishini, ularning hamma tezlashadigan sarflash sur’atlarini oshishi va shuning bilan birga alternativ energiya manbalarini izlash zaruratini, shuningdek, yoqilg‘ienergetik resurslar tejashning qattiq tartibini amalga oshirishni hisobga olish zarur. Bir qator ilmiy va texnik isbotlangan va qandaydir darajada bu muammoni echishning raqobatlashuvchi yo‘nalishlari mavjud. Kelajak nuqtai nazaridan ma’lum rivojlanish bosqichida hozir eng iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydigan yo‘nalishni ma’qul ko‘rib, yangi energiya manbalarini izlashning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish zarurati bor. U yoki bu darajada energetika bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish yo‘llaridan biri mahalliy energiya resurslari (rivojlangan infrastrukturali tumanlardagi ko‘mir, gaz, neft kichik zaxiralari)ni aktiv o‘zlashtirish shuningdek, O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan ekologik havfsiz tiklanuvchi energiya manbalaridan masshtabli foydalanish hisoblanadi. Tiklanuvchi energiya manbalari tushunchasiga quyidagi energiya shakllari kiradi: quyosh, geotermal, shamol, dengiz to‘lqinlari energiyasi, oqimlar, bo‘g‘ozlar va okean, biomassa energiyasi, gidroenergiya, past potensialli issiqlik energiyasi va tiklanuvchi energiyaning boshqa «yangi» turlari. Shartli ravishda QTEMlarni ikki guruhga ajratish qabul qilingan: - Odatiy: 30 MVt dan ko‘proq quvvatga ega gidroelektrostansiyalar yordamida elektr energiyaga aylantiriladigan gidravlik energiya, odatiy yondirish usullari bilan (o‘tin, torf va pech yoqilg‘isining boshqa turlari issiqlik olish uchun ishlatiladigan biomassa energiyasi hamda geotermal energiya. Noodatiy: quyosh energiyasi, shamol energiyasi, dengiz to‘lqinlari, oqimlar, bo‘g‘ozlar energiyasi, kichik va mikroGESlar tomonidan ishlatiladigan energiya turiga aylanadigan gidravlik energiya, odatiy usullar bilan issiqliq olish uchun ishlatilmaydigan biomassa energiyasi, past potensial issiqlik energiyasi va tiklanuvchi energiyaning boshqa «yangi» turlari. QTEMlarning potensial zaxiralari valli, texnik va iqtisodiyga bo‘linadi. QTEMning valli potensiali – berilgan QTEM turi tarkibidagi foydali ishlatilayotgan energiyaga to‘la aylantirib borganda tarkibidagi o‘rtacha yillik energiya hajmi. QTEMning texnik potensiali – valli potensialning bir qismi bo‘lib, uni foydali energiyaga aylanishi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablarga amal qilishda texnik vositalarni berilgan rivojlanish darajasida mumkin bo‘ladi. QTEMning iqtisodiy potensiali-texnik potensialning bir qismi bo‘lib, uni foydalaniladigan energiya aylanishiga berilgan narx, qazib olinayotgan yoqilg‘i, issiqlik va elektr energiyasi, jihozlar, materiallar va transport xizmatlari hamda mehnat narxi darajasida iqtisodiy tarafdan maqsadga muvofiq bo‘ladi va h.k. Respublikamiz Oliy va O‘rta maxsus ta’lim, tashkilotlari va korxonalarning loyihaviy-tekshiruv, ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari asosida o‘rnatilgan O‘zbekistonning tiklanuvchi energiya manbalarining umumiy va texnik potensiali haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar tiklanuvchi energiya manbalari resurslaridan masshtabli foydalanish hamda yoqilg‘i xom-ashyosidan foydalanish ulushining astasekin kamaytirish natijasida issiqlik va elektr energiyasini iste’mol qilish va ishlab chiqarishda ham respublikamizning birlamchi energiya tashuvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishining prinspial-texnik imkoniyatini ko‘rsatadi. Tiklanuvchi energiya manbalarining potensial zaxiralarini baholashning ko‘rsatishicha, ular respublikada juda yaxshi. Respublika hududiga quyosh nurining, kichik daryolar, shamol oqimlari energiyasi va boshqa manbalarning yillik kelib tushadigan valli potensiali, O‘zbekistonning 55-60 mln. tonna shartli yoqilg‘iga baholanadigan yoqilg‘ienergetik resurslarga bo‘lgan yillik ehtiyojidan bir necha barobar va uglevodorod xom-ashyosining topilgan zaxiralaridan ko‘p bora ortiq hisoblanadi.