Iqtisodiyot va menejment


Yerdan foydalanish huquqi



Download 1.47 Mb.
Page237/491
Date16.05.2021
Size1.47 Mb.
#56636
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   491
Iqtisodiyot va menejment
Yerdan foydalanish huquqi – bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Erdan foydalanuvchi er egasi bo‘lishi shart emas. Real xo‘jalik hayotida erga egalik qilish va erdan foydalanishni ko‘pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo‘jaliklari amalga oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ham to‘rt omil – er, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda er muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek, ishlab chikarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, erni harakatga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil - inson omili, Ya’ni tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchidir.

Agrar munosabatlarni o‘rganishda ham ishchi kuchining, jonli mehnatning faol rol o‘ynashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga keltiruvchi rolini tuShunmaslik go‘yo kapital foyda yoki foiz, er esa renta yaratadi, degan ko‘pgina xato fikr-mulohazalarga, yolg‘on tasavvurlarga olib keladi. Bu masalalarni to‘g‘ri tuShunishda renta munosabatlarini o‘rganish muhim rol o‘ynaydi.

Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi hozirgacha to‘liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o‘rtasida uning mohiyatini tuShuntirish bo‘yicha turlicha yondoShuv va qarashlar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari noaniqligicha qolmoqda. Shu sababga ko‘ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tuShuntirish bo‘yicha asosiy va ko‘pincha bir–biriga qarama–qarshi bo‘lgan nazariyalarga duch kelamiz.

Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida ko‘rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, erning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, erning qo‘shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo‘shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko‘rsatishga harakat qilganlar.

Keyinchalik renta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.Petti, J.Anderson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqotlarida turli darajada takomillashtirilgan. Jumladan, Anderson differensial renta to‘g‘risidagi qarashlarni ilgari surgan, biroq rentaning tovar qiymatining bir qismi ekanligini tuShuntirib berolmagan. Rikardo esa, fiziokratlardan farqli o‘laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o‘rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan bog‘lagan.

Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.CHernishevskiy va N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo‘shganlar.

Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha chop etilgan qator o‘quv qo‘llanma va darsliklarda ham er rentasi munosabatlari keng bayon etilmoqda.

D.D.Moskvin tahriri ostida tauyorlangan darslikda yozilishicha, resurslarning turli-tumanligi natijasida ulardan foydalanish chog‘ida renta daromadlarining turli ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, jumladan: qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda vujudga keluvchi er rentasi; foydali qazilmalarni qazib olish chog‘ida vujudga keluvchi renta; o‘rmon resurslaridan foydalanishda hosil bo‘luvchi renta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar er bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi sababli ulardan foydalanishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-biriga o‘xshash shart-sharoitlar mavjud bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan foydalanishning iqtisodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabatlarini tahlil qilish uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli bo‘ladi, Shunga ko‘ra ularni er rentasiga kiritish to‘g‘ri bo‘ladi. Haydaladigan er, qurilish uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, o‘rmon va boshqalardan to‘lanishidan qat’iy nazar, renta ko‘rinishidagi mazkur pul summasi er rentasi deb ataladi.63

Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Er rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal rentalari Shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut er rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan erlardan olinadigan renta.

Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan erlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – erga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo‘jalik yuritish ob’ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, Ya’ni doimiy va o‘zgaruvchi kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.

Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi.

Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi –erning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas.

Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor er uchastkalarida to‘plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, erning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi erlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo‘shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar.

Bu foyda qisqa muddatli emas, balki ozmi-ko‘pmi doimiy xususiyatga ega. Barcha erlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi sababli, bu ishlab chiqaruvchilar erga xo‘jalik ob’ekti sifatidagi monopoliya vujudga keladi. Bu hol differensial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratadi.



Shunday qilib, differensial renta hosil bo‘lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan erning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan erlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir.

Differensial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I va differensial renta II ga bo‘linadi.


Download 1.47 Mb.

Share with your friends:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   491




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page