Differensial renta II xo‘jaliklarni intensiv rivojlantirish, erning hosildorligini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, Ya’ni qishloq xo‘jaligida kimyoviy o‘g‘itlarni qo‘llash, erlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog‘liq holda vujudga keladi.
Qaysi xo‘jalik o‘z ishlab chiqarishida bu ko‘rsatilgan omillardan yaxshi foydalansa va xo‘jaligini intensiv rivojlantirsa, differensial renta II ni olishga muvaffaq bo‘ladi. Chunki yaxshi rivojlanmagan xo‘jalikka nisbatan yaxshi rivojlangan xo‘jaliklar er hosildorligini, chorva mollari mahsuldorligini oshirishga erishganliklari uchun mahsulot birligiga sarf qilingan xarajatlarni bir muncha kamaytirishga erishadi. Natijada bu xo‘jaliklar differensial renta II ni olishga muvaffaq bo‘ladilar.
Bu holni biz 2-jadvalda shartli misol bilan ifoda etishimiz mumkin.