Ipoteka banklar – bu ko‘chmas mulk (er va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muasasalar. Ipoteka bankning resurslari o‘zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun foydalaniladi.
Barcha tijorat banklari zahira (rezerv)larining hajmi va tarkibi bo‘yicha Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladigan ma’lum talablarga javob berishi zarur.
2005 yil yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonning bank tizimi O‘zbekiston Markaziy banki va respublika bo‘yicha 805 ta bo‘limlariga ega bo‘lgan 32 tijorat banklari tashkil etildi. Tijorat banklari tarkibiga 11ta xususiy banklar, 5 ta xorijiy kapital ishtirokidagi banklar, 13 ta turli mulk shakllari birlashgan banklar kiradi. 2005 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra mini banklar soni 1122 taga etdi.
Xukumat va O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan davlat ehtiyojlari uchun fermer xo‘jaliklardan paxta va bug‘doy etishtirish harajatlarini maksadli kreditlashga bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2005 yildan tijorat banklari tomonidan respublikaning barcha hududlarida mazkur tizim joriy qilina boshladi. Bunga qo‘shimcha ravishda tijorat banklari tomonidan fermer xujaliklarini kelasi yil hosili va er uchastkasi hukuqini garovga qo‘yish bo‘yicha kreditlash mexanizmi ishlab chiqilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, kreditlarni ta’minlashning yangi garov mexanizmi fermer xo‘jaliklarini qarz mablag‘laridan keng foydalanishga imkoniyat yaratadi.
Qarzdorlarning kreditlari haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish maksadida O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan Kredit ma’lumotlari milliy institutini (KMMI) tashkil etish bo‘yicha nizom qabul qilinib, kredit ma’lumotlari Banklararo kredit byurosiga (BKB) va tijorat banklariga taqdim etildi. Kredit ma’lumotlarining yagona reestri tijorat banklarining kredit, lizing va faktoringli shartnomalari, garovga qo‘yilgan mol-mulk va kafolatlar hamda davlat statistika idoralari, nodavlat tashkilotlar va xo‘jalik sub’ektlaridan olingan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi. Qarz oluvchilarning krediti haqidagi ma’lumotlardan samarali foydalanish bank nazorati sifatini oshirishga va kredit hatarlarining kamayishiga olib keladi.
2005 yil 1 yanvar holatiga tijorat banklarining jami aktivlari summasi 5,4 trln.so‘mni tashkil etdi, bu banklarni kredit qo‘yilmalarining sezilarli darajada ortganligi bilan bog‘liq. 2004 yilda aktivlar 22 % o‘sgan, bu esa aksariyat jixatdan banklarning kreditlar berishga qo‘yilmalarning oshganligi bilan izohlanadi. 2004 yilda kredit qo‘yilmalarning umumiy qoldig‘i 751 mlrd.sumga yoki 13,4%ga, Shu jumladan milliy valyutada 320,4 mlrd.so‘m yoki 22,3%ga o‘sdi. 2004 yil mobaynida milliy valyutada jismoniy shaxslar mablag‘larini depozit hisoblarga jalb etish 32%ga ortib, 323 mlrd.so‘mni tashkil etdi.106
Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so‘mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to‘ldirish va zarur ehtiyotlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to‘ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki Shu orqali iste’mol mollari sotishining umumiy hajmida milliy mahsulotlar xissasi oshirib boriladi. Bu erda Shuni ta’kidlash lozimki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so‘mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag‘batlantirib boriladi.
So‘mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi etarli valyuta zaxirasi bo‘lishiga bog‘liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub’ektlarining, jaxon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan rag‘batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega.
So‘mning barqarorligini ta’minlashda undan extiyotkorona va tejab tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larning eng ko‘p samara berishiga, olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o‘rin tutadi.
Inflyasiyaga qarshi aniq o‘ylangan siyosat o‘tkazish milliy valyutani mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyasiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan kat’iy nazorat o‘rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo‘llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishda maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
Inflyasiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o‘sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun mollar etarli bo‘lmagan xolda aholi qo‘lida pulnipg ortiqcha ko‘payib ketishi inflyasiyaning yanada avj olib ketishiga sabab bo‘ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o‘sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan giper inflyasiyani keltirib chiqaradi. Bu o‘z navbatida, milliy ishlab chiqarishning izidan chiqishi aholi keng tabaqalarning qashshoqlashishi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi.
Tovarlar taqchilligi mavjud bo‘lib turgan hozirgi bosqichda geperinflyasiyani oldini olish uchun aholi iste’mol fondining o‘sishini ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko‘payishita bevosita bog‘liq qilib qo‘yish zarur bo‘ladi. Ichki bozorni mollar va xizmatlar bilan to‘ldirish, muomalaga o‘rinsiz ortiqcha pul chiqarilishiga yul qo‘ymaslik, milliy valyuta barqarorligi ta’minlash va xalq turmush darajasini o‘stirishning muhim shartidir.
So‘mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yul qo‘ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o‘z vaqtida qaytarilishiga erishishi, mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi kerak.
Inflyasiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valyuta almashuv kursining barqarorlaShuviga erishishdir. Bu o‘z navbatida import narxlarning barqarorlaShuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi.
Valyuta birjalarida valyuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valyuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir.
Milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatidagi sharti daslabki bosqichda valyutani nakd pulsiz almashtirish hajmini ko‘paytirishga ustunlik berishidir. Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish, naqd pullarni bankdan tashqarida aylanishini qisqaritirish va ulardan chakana savdoda foydalanish maksadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrida «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Shunga binoan, 2007 yilda muomalaga 3 mln. dona plastik kartochkalar kiritish va plastik kartochkalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha 10 ming dona terminallar o‘rnatish bashorat qilinmoqda.
Istiqbolda esa bu sohadagi siyosat banklararo valyuta birjasidagi oborot mikdorini korxona va fuqarolar o‘z pulini xohlagan miqdorda xohlagan valyutaga erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga etkazishga qaratiladi. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek «... milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashuvini, Ya’ni konvertatsiyasini ta’minlash uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish»1 alohida ahamiyatga ega.
Shunday qilib, Yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlaShuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Share with your friends: |