1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi.
Iqtisodiy o‘sishning jadallaShuvida ilmiy-texnika inqilobi (ITI) hal qiluvchi rol o‘ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib yangi texnika va texnologiyalarga “sakrab” o‘tilishi o‘ziga xos “tutash zanjir” hosil qildi. Global miqyosdagi axborotlashtirish natijasida turli mamlakatlarning texnologik jihatdan baravarlaShuvi tendensiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari rivojlanishidagi texnikaviy to‘ntarish er sharining barcha mintaqalarida ITI yutuqlarini tezlik bilan o‘zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda yaratilgan yangi texnika va texnologiyalar, sun’iy to‘siqlarni bartaraf etgan holda, jahon bo‘yicha tezlik bilan tarqalmoqda.
Biroq, XX asrning oxiriga kelib, jahon xo‘jaligidagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarida jiddiy tafovutlar sezilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko‘payishi tezligi juda o‘sib ketdi. Aholi jon boshiga YAIM o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni ko‘paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi tafovutlar natijasida g‘arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq muntazam ravishdagi nisbatan pasayishi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Ba’zi mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng Yuqori darajasiga erishiga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980 yillarda yangi industrial mamlakatlarning “dastlabki avlodi” – Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong ancha tez sur’atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga kelib yangi industrial mamlakatlarning “ikkinchi avlodi” – Indoneziya, Filippin, Malayziya, Tayland jadal sur’atda taraqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari, jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori bo‘yicha raqobatlasha boshladilar.
Biroq, hali jahon xo‘jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlaShuvi darajasiga etmagan, taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga etib olish uchun zarur resurslarga ega bo‘lmagan ko‘plab mamlakatlar ham mavjud.
Share with your friends: |