Iqtisodiyot va menejment


Qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi



Download 1.47 Mb.
Page212/491
Date16.05.2021
Size1.47 Mb.
#56636
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   491
Iqtisodiyot va menejment
4. Qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Yirik miqyosdagi ishlab chiqarishning tashkilotchisi qo‘shimcha mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun kichik firmaga qaraganda kengroq imkoniyatga ega bo‘ladi. Go‘shtni qadoqlash bo‘yicha yirik fabrika ishlab chiqarish chiqindisidan elim, o‘g‘itlar, dorivor mahsulotlar va boshqa Shu kabi qo‘shimcha mahsulotlarni tauyorlaydiki, kichik firma bu chiqindilarni zarur bo‘lmaganligi uchun Shunchaki tashlab yuborishi mumkin edi.

Ishchi va boshqaruvchilar mehnatini ixtisoslashtirish darajasini oshirish, nisbatan samarali asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyati, chiqindilardan samarali foydalanish kabi barcha texnologik omillar o‘z ishlab chiqarish miqyosini kengaytirishga layoqatli bo‘lgan tadbirkor tomonidan mahsulot birligini ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarishga jalb etilgan barcha resurslar miqdorining 10%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmining nisbatan ko‘proq, masalan 20%ga oshishiga olib keladi, natijada o‘rtacha umumiy xarajatlar pasayadi.



Download 1.47 Mb.

Share with your friends:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   491




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page