Iqtisodiyot va menejment


-chizma. Laffer egri chizig‘i



Download 1.47 Mb.
Page393/491
Date16.05.2021
Size1.47 Mb.
#56636
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   491
Iqtisodiyot va menejment
3-chizma. Laffer egri chizig‘i.
Laffer nazariyasining haqiqatga yaqinligi Shundaki, soliq stavkasining oshishi yoki pasayishi Shubhasiz kapital qo‘yilmalar o‘sish sur’atiga to‘siq bo‘luvchi yoki aksincha rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ammo, umuman bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarga soliq stavkasidan tashqari ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillar ichida muhim o‘rinni siklning xususiyatlari, u yoki bu korxona mahsulotiga talab va taklif nisbati, ular foydasining darajasi egallaydi.

Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida soliq yukining bir xil darajada bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan taqqoslama usullardan foydalaniladi. Soliq yuki darajasini miqdoran aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi soliqlar miqdorini to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati yoki soliq to‘langandan keyingi daromad miqdorini to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati sifatida ifodalash mumkin:


,

bu erda: Nx aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi soliqlarning o‘rtacha miqdori; DN – axolining soliklar to‘langandan keyingi daromadi; PN – aholining to‘lovga layoqatliligi.

Soliq yuki darajasini soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i bo‘yicha ham aniqlash mumkin:

,

bu erda: N – soliqlar miqdori;

YAIM – yalpi ichki mahsulot hajmi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, Shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo‘lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o‘z ichiga oladi.

Shunga muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o‘zgarishlarni o‘tkazish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish va iqtisodiy o‘sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi. Shu sababli keyingi yillarda ishlab chiqarishning orqaga ketishi tamoyillari ijobiy tavsif kasb etib, butunlay barham topdi. Respublikada yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning oldingi yillarga nisbatan pasayishi 1992 yil 11,1 foiz, 1993 yil 2,4 foiz, 1994 yil 3,5 foiz, 1995 yil 4,0 foizni tashkil qildi. 1996 yildan boshlab dastlab 1,6 foiz, 1998 yil 4,4 foiz, 2000 yil 4,0 foiz, 2004 yil yilda esa 7,7 foiz o‘sishga erishildi.1

Moliyaviy ahvolni mustahkamlash orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu vazifalarni real bajarish uchun amaldagi soliq tizimini sezilarli darajada isloh qilish talab qilinadi. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan soliq siyosatining yanada takomillashtirilishini 2005 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab berilishi ham buning yaqqol dalilidir.97

Eng avvalo Shuni qayd etish lozimki, 1997 yilda ishlab chiqilgan va qabul qilingan Soliq kodeksi iqtisodiy islohotlar sohasida bugungi kunning yangi va ustuvor vazifalari talablariga javob bermaydi. Faqat so‘nggi ikki yil davomida Soliq kodeksi va soliq qonunchiligiga yuzdan ortiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani ham Shundan dalolat beradi.

Bunda soliq tizimi o‘ziga xos vazifalarni – xazinani to‘ldirish, qayta taqsimlash va rag‘batlantirish vazifalarini to‘la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat, xalq xo‘jalik vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi vazifasi, YAIMning bir qismini qayta taqsimlash va Shu orqali iqtisodiyot tuzilishini o‘zgartirish, aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishdir. Soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan prinsip va yondaShuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalanish o‘ta muhim ahamiyatga ega. Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim.

Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil – korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o‘z mablag‘larini ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag‘larni to‘ldirishga sarflash imkoniyatini beradi. Bu esa oqibat natijada ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi.

Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig‘idan foydadan undirilgan soliqqa o‘tish ko‘zda tutiladiki, bu ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko‘payishi bilan birga, ayni vaqtda mehnatkashlar ish haqini ko‘paytirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol mehnatni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy muhit yaratiladi.

Korxonalar zimmasidagi soliq yukini engillashtirishga erishishda qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e’tibor qaratiladi. Shunga erishmog‘imiz kerakki, har bir soliq to‘lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo‘lsin, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin.

Respublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, molg‘mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo‘yiladi.

Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun er, er osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to‘lov o‘rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo‘nalishidir.

Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan soliqlar bilan mahalliy soliq o‘rtasida aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishidir.

Bunda davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi.

Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to‘lov majburiyatlarini bir me’yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Soliq organlarini tashkil etishning butun tizimida ham tub o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur. Bu idoralarning bosh vazifasi soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta’minlashgina emas, balki, eng muhimi, soliqqa doir jinoyatlarning oldini olish maqsadida soliq to‘lovchilarga yordam berish va ularning bu boradagi bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, ular bilan muntazam ish olib borishdan iboratdir.



Download 1.47 Mb.

Share with your friends:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   491




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page