2. PAROKANDA ALLALAR ham o’zbek onalari repertuarida serob bo’lib, ayni zamonda nisbatan faol yaratilmoqda. Ularning muhim xususiyati-yaxlit va izchil syujet negizida qurilmaganligidir. Bunday allalarda har bir band o’zicha mustaqil, tugal motiv yo mazmunga ega. Lekin mustaqillik boshqa belgi, xolos. Chunki mazmun mantiqi, baribir, bolaga qaratilganiligi tufayli bir necha bayt yoki band yagona bir ipga tizilgan bo’ladi. Buni vazn, qofiya, radif va naqarot singari badiiy-tasviriy hamda kompozicion-struktural uzvlar kuchaytiradi. Allada parokandalikning yuzaga kelishida uni kuylayotgan ona kayfiyatidagi beqarorlik, aniqrog’i, sarguzashtlari, hayotiy tashvishlaridagi omad va omadsizliklari, o’kinchlari, armonlari girdobiga nechog’lik chuqur kira borishi, mutaassirligi asosiy rol oynaydi. Bunday vaziyatlarda «...o’z mulohazalariga kuchli g’arq bo’lib ketish oqibatida ona chaqalog’ining kelajak taqdirini va hayotining barcha davrlarini oylay boshlaydi. Fikri bola atrofida aylanadi-yu, biroq qo’shiqqa ozmi-ko’pmi miqdorda onalik hislari va istaklarini singdirayotganini o’zi sezmay qoladi» (A.Vetuxov). Natijada onaning oy-mulohazalari ikki yo’nalishga bo’linadi: ham bolani, ham o’zini oylashga moyillasha boradi, oqibatda esa, ona oy-mulohazalarida parishonlik-tarqoqlik yuzaga kela boshlaydi. Biroq onaning o’zi haqidagi oy-mulohazalari aslida bolasi atrofidagi oy-mulohazalar zamirida kechadi. Bu esa alladagi sirtdan parokandaday tuyulayotgan motivga bir butunlik bag’ishlab turadi:
AYTIM-OLQISHLAR erkalovchi motivdagi rasm-rusum qo’shiqlari bo’lib, asosan, bolalarning beshik davriga oid turli-tuman marosimlarda ijro etiladi: chaqaloq besh va to’qqiz kunga to’lganda, ilk bor cho’miltirilganda, beshikka ilk bor va har gal bog’langanda, yana qayta ochib olinganda, ilk bor tish yoriganida, birinchi marta mustaqil o’tirganida, ilk bor oyog’ida tikka turganida, birinchi marta odimlaganida, toy-toylaganida, har gal yangi kiyim kiygizganda, ilk bor ovqat eganida, qizaloq sochini ilk bor yuvganda-taraganda, o’g’il bola sochi ilk bor olinganda, chaqaloq tirnog’i ilk bor qirqilganda, bolalar sha’niga har gal isiriq tutatilganda, xullas, urfiyatga aylangan va e’tiqod bilan amal qilinadigan shu xildagi rasm-rusumlarning har biri mazmuniga yarasha aytim-olqishlar mavjud. Aytaylik, chaqaloq 7-9 oyligida ilk bor qadam tashlab mustaqil yurishga intila boshlaydi. Shunda uning qadami qutlug’ va ravon bo’lishi uchun oyog’i chigilini echish rusumini bajarish an’anaga aylangan. Dastavval bolakayning oyoqlariga ipak chilvir solib tushovlaganlar, so’ngra u yura boshlaganda boshida bir juft kulcha ushatila turib, orqa tarafidan bola oyog’idagi chilvirni qaychilab kesa turib:
Adoq-adoq yurisin,
Tikan shunga kirmasin.
Ko’zi qattiq bandalar,
Ko’zi shunga tegmasin,-
deya alqaganlar. Ehtiyot chorasi sifatida darhol is chiqarilib, isiriq tutatilgan. Kulchalar marosim ishtirokchilariga taqsimlab berilgan. Odatda bu marosim haftaning xosiyatli kunlari sanalgan chorshanba yo juma kunlarida nishonlangan.
Bunday marosimlarning ma’lum qismi ijtimoiy taraqqiyot tufayli endilikda so’nishga yuz tutgan esa-da, ma’lum qismi xalq an’analarining poetik uzvi sifatida hamon yashamoqda. Aytaylik, bolalarning yangi kiyim kiyishiga oid aytim-olqishlar yangi ijtimoiy munosabatlar ta’sirida transformaciyaga uchrab, tug’ilgan kunni nishonlash jarayonida bolaga yangi kiyim kiydirish qutloviga aylangan:
San bir yillik,
Man ming yillik.
Kiya-kiya to’zdiraylik,
Dugonalarimdan o’zdiraylik.
Bu xildagi aytim-olqishlarning ijrosidagi o’ziga xoslik shundaki, ularni avval bolaga kiyim kiydiruvchining o’zi aytadi, so’ngra kiyim kiyayotgan boladan uni takrorlash talab qilinadi. Bola shu talabni ado etadi, xolos.
Aytim-olqishlar xalqimizda bolaparvarlik tuyg’usining e’tiqod darajasiga ko’tarilganligini ko’rsatuvchi marosimiy qo’shiqlardir.
ERKALAMAVA OVUTMACHOQlar-ham suyish qo’shiqlarining bir-biridan farq qiluvchi mustaqil janrlari sanaladi. Ovutmachoqlar kichkintoylar g’ashlanganda, chinqirib yig’laganda, ehtiyojga aylanish oqibatida yuzaga kelsa, erkalamalar uchun esa, kayfiyatning ko’tarinkiligi muhimdir. Erkalamalar mehr xuruji jarayonida yuzaga keluvchi badihalardir. Ovutmachoqlar vaziyat taqozosi tufayli ehtiyojga aylansa, erkalamalar kayfiyat taqozosi tufayli ehtiyojga aylanadi. Ovutmachoqlarda ijrochi kayfiyatining qay holatdaligi ahamiyatsiz, erkalamalarda ijrochi kayfiyatining xushligi, ko’tarinkiligi muhim; xafalikda, ehtiroslar sovugan paytda bolani erkalash mayli tug’ilmaydi. Bolani erkalash uchun kayfiyat behad chog’ bo’lmog’i shart. Ekstaz ruhiy holati erkalamalar tabiatini belgilovchi etakchi xususiyatdir. Erkalamalarning aksariyati «O...shugina» yoki to’ppadan to’g’ri «Shugina» va «Shuginagina» kabi hayajonga yo’g’rilgan so’zlar bilan boshlanib, ko’pincha 4 yoki 6, ayrim hollardagina 10 va undan ortiqroq satrlardan iborat bo’ladi. Hajman bunday cheklanishining asosiy sababi mehr xuruji (ekstaz)ning cho’ziluvchanlik darajasiga, aniqrog’i, uzoq cho’zila olmaslikdan iborat ruhiy holat bilan bog’liq. Chunki mehr xuruji soniyaviy bo’lib, tezda pasayishi yoki so’nishi tabiiydir. Binobarin, erkalama hajman mehr xurujining nechog’lik kuchga egaligi va qay darajada cho’ziluvchanlikda namoyon bo’lishi oqibatidir.
ERKALAMALAR xalqning o’z farzandlariga beqiyos mehr tovlanishlarini aks ettiradi. Ularda xalqimizning bolaparvar siymosi nurlanib turadi:
O..shugina, shuginagina,
Munchagina tunchagina.
Shunchagina-kunchagina.
Yashnab turgan g’unchagina.
Mehr xuruji ona qalbini tugyonga keltirganidan u shu so’zlar tizimi ritmida arzandasini ardoqlash, erkalash ohangini chuqur toygan. Erkalamalarda «-gina», «-ginagina» qo’shimchalari faol, ularda kichraytirishdan ko’ra erkalash ma’nosi bo’rtibroq tovlanadi.
Erkalamalarning «Ha, lo’tti-lo’tti», «Ha, do’rsa-do’rsa», «Ha, kishta-kishta-kishta», «Kishtala-kishtal» singari taqlidiy va so’qma so’zlar tizimidan iborat an’anaviy qolipga aylangan satrlar bilan boshlanuvchi qator turkumlari borki, faqat 2-3 yashar bolalarga mo’ljallangan. Buning sababi-shu yoshdagi bolalar vaznining engilligi, ularni havolata-havolata ko’tarib tushirish o’ngg’ayligidir. Erkalama ham xuddi shu harakat ravishiga mutanosib ohangda shovqin solingan holda aytiladi:
Ha, do’rsa-do’rsa-do’rsa..
Bozorga otasi borsa,
Go’shtu birinch ketarsa,
Onasi pazanda bo’lsa.
Bolasi xo’randa bo’lsa..
Erkalamalarda kichkintoylar kelajagiga daxldor orzularni kuylash-yetakchi motivdir. Ular, asosan, etti yoshgacha bo’lgan bolalarga aytilsalar-da, aslda bolalarni faol erkalash jarayoni 11-13-yoshga to’lganlaridagina va hatto undan keyin ham davom etishi mumkin. Biroq bu davrda erkalash poetik shaklda kechmay, maqtash, xatti-harakatni ma’qullash va minnatdorchilik izhoridan iborat obrazli iboralar («Yasha!», «Balli!», «Ofarin!», «Rahmat», «Barakalla!», «Baraka top!» va hokazo) va olqishlar vositasida amalga oshadi. Erkalamalar bolalarda samimiylik tuyg’usini tarbiyalaydi.
Share with your friends: |