|
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
|
Page | 13/62 | Date | 15.02.2024 | Size | 347.46 Kb. | | #63511 |
| Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi ШНК 2 08 02 09 ЖАМОАТ БИНОЛАРИ ВА ИНШООТЛАРИ (1)MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
Bolalar adabiyoti istilohi dastlab qaerda va qachon qo’llanila boshlandi? Fan sifatida-chi?
O’zbek bolalar adabiyotiga oid darsliklar haqida fikr yuriting.?
O’zbek bolalar adabiyotining paydo bo’lish omillarini bosqichma-bosqich tavsiflang?
Bolalar adabiyotining paydo bo’lishidagi ijtimoiy voqelikning roli deganda nimani tushunasiz? Genezis , deganda-chi?
Bolalar adabiyoti va kitobxonligi tushunchalari haqida nimalarni bilasiz?
Bolalar kitobxonligiga doir keng va tor ma’nolar mohiyati nimalarda zuhur topgan?
Ulug’ munaqqid V.G.Belinskiy quruq pand-nasihatdan iborat didaktik adabiyotga qanday munosabat bildiradi?
Bolalar adabiyotining asosiy maqsad va vazifalari haqida nimalarni bilsiz?
Bolalar adabiyoti va umumbadiiy adabiyot o’rtasidagi farqli va mushtarak xususiyatlar nimalardan iborat?
Bolalar adabiyotining ikki yo’nalishdaligi nimada ko’rinadi?
Bolalar adabiyotidagi tasvirning o’ziga xosligini qanday izohlaysiz?
Korney Chukovskiyning «Ikkidan beshgacha» asari qanday munosabat bilan yozilgan? Asar g’oyaviy mundarijasi haqida fikr yuriting?
Lirik yoxud komik maylning kuchliligi asarlarda qanday ko’rinadi?
Bolalarbop asarlardagi xarakter va hodisalar ifodasida dinamikaning yorqinligini misollar asosida tushuntiring?
Bolalar kitobatchiligi haqida nimalarni bilasiz?
Animal kitob nima? Komikslar-chi?
Bolalar kitoblarini bezashda musavvir qanday mas’uliyatga ega? Noshir va adiblarchi?
Bolalar adabiyoti boshqa fanlar bilan o’zaro qanday munosabatda bo’ladi?
Ilmiy-ma’rifiy adabiyot haqida nima deya olasiz?
Bolalar adabiyotidagi adreslilikni qanday izohlaysiz?
Pedagogika va psixologiyada bolalarning yosh xususiyatlariga ko’ra guruhlanishini tushuntiring?
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi haqida nimalarni bilasiz?
Kichik maktab yoshidagi bolalarga mo’ljallangan badiiy asarlar qanday specifik xarakterga ega?
O’smirlar kitobxonligida qaysi yo’nalishdagi asarlar yetakchi ahamiyat kasb etadi?
O’zbek bolalar adabiyotining yetuk nazariyotchilari, tadqiqotchi olimlaridan kimlarni bilasiz va ularning qanday asarlari sizga ma’lum?
O’zbek bolalar adabiyoti tarixi fanining dolzarb ahamiyati to’g’risida mulohaza yuriting?
Share with your friends: |
The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message
|
|